«oldingi va keyingiga bog‘langan harakatlar soni»dir
37
. Aristotelda makon harakatsiz
yulduzlar sohasi bilan
cheklangan, ularning ortida – makon va vaqtdan tashqarida yotuvchi va hamma narsani harakatga keltiruvchi boqiy,
harakatsiz, ilohiy osmon joylashgan.
Mazkur nuqtayi nazardan ko‘rsatilgan munosabatlar doirasidan tashqarida makon va vaqt mavjud bo‘lmaydi.
Bu yo‘nalishning atoqli namoyandasi G.Leybnits (1646-1716) hisoblanadi.
Makon va vaqt talqinidagi bu ikki tendentsiya, ya‘ni makon
va vaqt borliqning mustaqil, ob‘ektiv hamda
moddiy mazmunga bog‘liq bo‘lmagan asoslari sifatida yoki harakatlanuvchi materiyaning
ajralmas qismi sifatida
talqin qilish keyinchalik o‘z rivojini to‘di. Birinchi substantsional kontseptsiya ayrim o‘zgarishlar bilan yigirma
asrdan ko‘proq davr amal qildi. Nyutonning materiya joylashadigan harakatsiz, uzluksiz va bir xil uch o‘lchovli joy
sifatidagi makon to‘g‘risidagi fikri o‘z mohiyatiga ko‘ra, Demokritning makon haqidagi g‘oyalari bilan bir edi.
Nyuton kontseptsiyasiga ko‘ra, makon absolyut bo‘lib, cheksiz ko‘lamga ega. SHuning uchun u o‘zida
barcha
materiyani sig‘dira oladi va turli jarayonlarga bog‘liq emas. Ushbu kontseptsiyaga ko‘ra, vaqt ham absolyut bo‘lib,
turli o‘zgarishlarga bog‘liq bo‘lmagan holda kechadigan teng davriylikdir. Unda barcha narsalar paydova yo‘q
bo‘lib turadi. Muxtasar qilib aytganda, Nyuton makon va vaqt bir-biridan ajralgan
va materiya bilan harakatga
bog‘liq bo‘lmagan mustaqil narsa, deb tushungan.
Do'stlaringiz bilan baham: