O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi andijon mashinasozlik instituti
Abadiy harakat, o‟zgarish va harakatsizlikning o‟zaro nisbati
Download 3.89 Mb. Pdf ko'rish
|
Andijon mashinasozlik instituti
Abadiy harakat, o‟zgarish va harakatsizlikning o‟zaro nisbati. Falsafada harakat nafaqat turli
jismlarning makonda mexanik siljishi sifatida, balki tabiiy jarayonlar va hodisalar holatlarining har qanday o‘zgarishi sifatida ham tushuniladi. Kengayib borayotgan Metagalaktika ham, o‘zaro ta‘sirga kirishayotgan elementar zarralar ham, ko‘payayotgan, moddalar almashinuvini amalga oshirayotgan tirik hujayralar ham, ijtimoiy jarayonlar va hokazolar, shu jumladan fikrlash faoliyati jarayonlari ham harakatda bo‘ladi. Agar biz biron-bir tabiiy ob‘ekt yoki hodisani ularning tabiiy holatida anglab yetmoqchi bo‘lsak, «harakat» tushunchasini chetlab o‘tishimiz mumkin emas. Bir qarashda, oddiy ong nuqtayi nazaridan bu noto‘g‘ri, zero, Alp tog‘lari yoki Misr ehromlarini kuzatar ekanmiz, biz ular abadiy harakatsizlik holatida ekanligining guvohi bo‘lamiz. Ammo bu harakatsizlik nisbiydir. Umuman olganda, butun Koinot ulkan aylanma harakat holatida bo‘lib, bu yerda 34 Prоkl // Vsеmirnaya ensiklоpеdiya. –M.: Sоvrеmеnniy litеratоr, 2001.-S.236. 35 Чумаков А.Н. Буччило Е. Философия. -М.: Современний литератор, 2007.-С.54 bizning sayyoramiz Quyosh atrofida, u bilan birga – bizning galaktikamiz markazi atrofida, u bilan birga esa – galakatik sistema markazi atrofida aylanadigan kichik bir zarradir. Harakatsizlik holatidagi narsalar strukturasi ham tinimsiz o‘zgarish jarayonini boshdan kechiradi, chunki uzluksiz harakatda bo‘lgan elementar zarralardan tashkil to‘adi. Temperatura o‘zgarishlari, kimyoviy tarkib o‘zgarishlari va shu kabilar bunday harakatning tashqi ko‘rinishlari hisoblanadi. SHuningdek, atomlar va molekulalar ham Koinotda yuz bergan evolutsiya jarayonlari mahsulidir. Ular bizning Metagalaktikamiz mavjudligiga zamin hozirlagan Katta portlashdan keyingina vujudga kelgan. Buning ustiga hozirgi zamon geografiyasi qit‘alar bir-biriga nisbatan siljishini isbotladi. Ular ajralgan muz bo‘laklari kabi Yerning qaynoq magmasi bo‘ylab yiliga bir necha santimetr tezlikda harakatlanadi. SHunday qilib, harakat abadiy va yo‘q bo‘lmas, materiyadan ajralmas va mutlaqdir. Harakatsizlik esa nisbiy bo‘lib, o‘tkinchi xususiyatga ega. Harakat shuning uchun ham mutlaqki, u umumiy ahamiyat kasb etadi va (harakatsizlikdan farqli o‘laroq) biron-bir tashqi omilga bog‘liq bo‘lmaydi. Oqilonalik nuqtayi nazardan u boqiydir, chunki dunyoda uning boshi ham, oxiri ham ko‘rinmaydi va zamirida kamida ikki kuch – tortish va itarish yotuvchi har qanday borliqning o‘z-o‘zidan harakati sifatida amalga oshadi. Download 3.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling