O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi andijon mashinasozlik instituti
Substantsiyaning asosiy xususiyatlari qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin
Download 3.89 Mb. Pdf ko'rish
|
Andijon mashinasozlik instituti
- Bu sahifa navigatsiya:
- Materiya tushunchasi va uning tashkillashuv darajalari.
Substantsiyaning asosiy xususiyatlari qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin:
- o‘z-o‘zini belgilash (o‘z-o‘zining sababchisi hisoblanadi, uni yaratib va yo‘q qilib bo‘lmaydi); - universallik (hech narsaga bog‘liq bo‘lmagan, barqaror, o‘zgarmas va mutlaq birinchi negizni ifodalaydi); - kauzallik (barcha hodisalarning umumiy sababiy bog‘liqligini o‘z ichiga oladi); - yagonalik (birinchi negizning yagonaligini nazarda tutadi); - yaxlitlik (mohiyat va mavjudlikning birligini ko‘rsatadi). Materiya tushunchasi va uning tashkillashuv darajalari. Materiya» tushunchasi qadimgi mutafakkirlar bizni qurshagan dunyoning barcha rang-barang narsalari yaratib va yo‘q qilib bo‘lmaydigan, odamlarga ham, xudolarga ham bog‘liq bo‘lmagan umumiy va yagona «birinchi asos»dan kelib chiqqani haqidagi g‘oyani ilgari surgan paytdan e‘tiboran falsafiy kategoriya sifatida ishlatila boshlagan. Bu «birinchi asos»ni ular barcha narsalarni yaratish uchun asosiy material bo‘lib xizmat qiluvchi qandaydir modda sifatida tasavvur qilgan. Ayni shu material materiya deb atalgan. «Materiya» atamasi lotincha materia so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, modda degan ma‘noni anglatadi. SHunga qaramay, falsafa tarixida «materiya» tushunchasining mazmuni bir necha marta o‘zgargan, tabiatshunoslikning va falsafaning rivojlanishiga muvofiq rivojlangan. Qadimgi yunon falsafasida materiyaning etimologik talqinidan keng foydalanilgan. «Materiya» tushunchasini asosiy falsafiy kategoriya sifatida ilk bor Platon ishlatgan. U hyle atamasini muomalaga kiritgan va u bilan kattaligi va shakl-shamoyili har xil jismlar paydobo‘lishiga asos bo‘lib xizmat qiladigan sifatlardan mahrum substrat (material)ni ifodalagan. Platon talqinida materiya shaklsiz va nomuayyan bo‘lib, har qanday geometrik shakl ko‘rinishini kasb etishi mumkin bo‘lgan makon bilan tenglashtiriladi. Darhaqiqat, hamma narsalarning asosi bo‘lgan birinchi modda haqidagi tasavvur materiya bilan bog‘langan. Materiya yuzaga keluvchi hamma narsalarning substrati sifatida namoyon bo‘lgan. Materiya haqidagi tasavvur shakllanishining quyidagi bosqichlari farqlanadi. I - bosqich Antik falsafa. Materiya birlamchi material (suv, olov, atom va sh.k.) sifatida. Falsafa tarixida materiya haqidagi tasavvurlarning shakllanishini «dastlabki stixiyali materializm»deb ataladi. Ushbu materializm o‘z rivojlanishining birinchi bosqichida tabiat hodisalarining cheksiz rang-barangligiga asoslangan birlikni tabiiy hol deb hisoblaydi va uning sabablarini muayyan moddiy, o‘ziga xos narsadan izlaydi (xuddi Fales bu asosni suv deb izohlaganidek). Antik qarashlarga ko‘ra materiya – jismlar va narsalarning o‘zagini belgilovchi birlamchi materialdir. Masalan, qadimgi yunon faylasufi Fales suv o‘simliklar, hayvonlar va odamlarga zarurligini qayd etib, suvni barcha narsalar asosi deb e‘lon qilgan. Geraklit quyosh, yulduzlar va boshqa jismlarni yaratuvchi olovni hamma narsaning asosi deb hisoblagan. Tabiatni ilmiy bilishning samarali dasturi yaratilishiga olib kelishga qodir bo‘lgan materiyaning birinchi kontseptsiyasini miloddan avvalgi V asrda qadimgi atomistlar (Demokrit va boshqalar) taklif qilgan. II - bosqich XVI-XVII asrlar metafizik materializmi. Materiya muayyan o‘zgarmas xossalar yig‘indisi sifatida tahlil qilingan. O‘sha davrda materiya tushunchasi fizikada qabul qilingan muayyan o‘zgarmas xossalar yig‘indisi sifatidagi «modda» tushunchasi bilan ayniylashtirilgan. Masalan, ingliz materialistlari F.Bekon va T.Gobbs bunday xossalar qatoriga ko‘lamlilik, shakl, og‘irlik va hokazolarni kiritgan. Ba‘zan materiya tushunchasi bitta muayyan «birlamchi» xossa, masalan ko‘lamlilik yoki massa bilan ayniylashtirilgan (R.Dekart, I.Nyuton ). |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling