O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi andijon mashinasozlik instituti


Download 3.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet222/318
Sana12.08.2023
Hajmi3.89 Mb.
#1666689
1   ...   218   219   220   221   222   223   224   225   ...   318
Bog'liq
Andijon mashinasozlik instituti

Almashtirishga misol: 
 A.Hamma shifokorlar oliy ma‘lumotlidir. 
I. Ba‘zi oliy ma‘lumotlilar shifokorlardir. 
Demak, almashtirish usuli qo‘llanilganda mulohazadagi sub‘ekt va predikat hajmi aniqlanadi va shu asosda 
mulohazadagi terminlarning o‘rni almashtirilib, xulosa chiqariladi. Bu usul, ayniqsa, tushunchaga berilgan 
ta‘riflarning to‘g‘riligini aniqlashda muhim ahamiyatga ega. 
III. Predikatga qarama-qarshi qo‘yish (lot.– contrapositio) bevosita xulosa chiqarishning mantiqiy usullaridan 
biri bo‘lib, bu usul qo‘llanilganda berilgan mulohaza avval aylantiriladi, so‘ngra almashtiriladi. Natijada hosil 
qilingan mulohazaning (xulosaning) sub‘ekti asos mulohaza predikatiga zid, predikati esa uning sub‘ektiga mos 
bo‘ladi: 
S
P
P
S


Bunda, xulosada S ning inkor shaklida bo‘lishi xulosa bog‘lovchisining inkor etilishi natijasidir. Predikatga 
qarama-qarshi qo‘yishda A-E ga, Ye-I ga, 0-I ga o‘zgaradi. 
Turli mulohazalardan bu usul vositasida xulosa chiqarish quyidagi shaklda ko‘rsatilgan: 
Xulosa asosi 
Xulosa 


Hamma S-P 
Hech bir R emas S emas 


Hech bir S - P emas 
Ba‘zi R emas S dir 


Ba‘zi S - P emas 
Ba‘zi R emas S dir 
Masalan: 
1. A. Hamma musulmonlar Islom diniga e‘tiqod qiladilar.Islom diniga e‘tiqod qilmaydiganlar musulmon 
emas. 
Juz‘iy tasdiq (I) mulohazadan predikatga qarama-qarshi qo‘yish usuli bilan xulosa chiqarib bo‘lmaydi. 
CHunki, «Ba‘zi S-P mulohazani aylantirsak «Ba‘zi S-P mas emas», ya‘ni juz‘iy inkor hukm kelib chiqadi. Undan 
almashtirish orqali xulosa chiqarib bo‘lmaydi. 
IV. Mantiqiy kvadrat orqali xulosa chiqarish. 
Bunda oddiy qat‘iy mulohazalarning o‘zaro munosabatlarini (qarang: mantiqiy kvadrat) e‘tiborga olgan 
holda, mulohazalardan birining chin yoki xatoligi haqida xulosa chiqariladi. Bu xulosalar mulohazalar o‘rtasidagi 
zidlik, qarama-qarshilik, qisman moslik va bo‘ysunish munosabatlariga asoslanadi.Bu munosabatlarning taxliliga 
ko‘ra xulosa chin bo‘lgan quyidagi holatlarni ko‘rsatish mumkin. 
1.Asos mulohaza va xulosa chin bo‘lgan : A→I, Ye→0. 
2.Asos mulohaza xato va xulosa chin bo‘lgan:I→O, O→I 
Masalan: A. Hamma mustaqil davlatlar BMT ga a‘zo. 
I.Ba‘zi mustaqil davlatlar BMT ga a‘zo. 
Bevosita xulosa chiqarish usullari bilishda mavjud fikrni aniqlab olishga, uning mohiyatini to‘g‘ri 
tushunishga, shuningdek, bir fikrni turli xil ko‘rinishda bayon qilishga, Yangi bilimlar hosil qilishga imkoniyat 
beradi. 
Oddiy qat‘iy sillogizm 
Deduktiv xulosa chiqarish aslida sillogizm shaklida bo‘ladi. Sillogizm qo‘shib hisoblash, degan ma‘noni 
beradi. Bu munosabatlarning taxliliga ko‘ra i anglatadi. Bu termindan mantiqda, odatda, deduktiv xulosa 
chiqarishning ko‘proq ishlatiladigan turi hisoblangan oddiy qat‘iy sillogizmni ifoda qilish uchun foydalaniladi. 
Sillogizm xulosa chiqarishning shunday shakliki, unda o‘zaro mantiqiy bog‘langan ikki qat‘iy mulohazadan 
uchinchi – Yangi qat‘iy mulohaza zaruriy tarzda kelib chiqadi. Bunda dastlabki mulohazalardan biri, albatta, yo 
umumiy tasdiq, yoki umumiy inkor mulohaza bo‘ladi. Hosil qilingan Yangi mulohaza dastlabki mulohazalardan 
umumiyroq bo‘lmaydi. SHunga ko‘ra sillogizmni umumiylikka asoslangan xulosa chiqarish, deb atasa bo‘ladi. 
Masalan, quyidagi mulohazalar berilgan bo‘lsin: 
Hech bir xasis saxiy emas. 
Ba‘zi boylar xasisdir. 
Bu mulohazalardan zaruriy ravishda – «Ba‘zi boylar saxiy emas», degan uchinchi mulohaza kelib chiqadi. 
Sillogizmning tarkibi oddiy qat‘iy mulohazalardan tashkil topgani uchun u oddiy qat‘iy sillogizm deyiladi. 


Sillogizmning tarkibi xulosa asoslari (praemissae) va xulosa (conslusio)dan tashkil topgan. Xulosa asoslari va 
xulosadagi tushunchalar terminlar deb ataladi. Xulosaning mantiqiy egasi – S – kichik termin (terminus minor), 
mantiqiy kesimi – R – katta termin (terminus major), deb ataladi. Xulosa asoslari uchun umumiy bo‘lgan, lekin 
xulosada uchramaydigan tushuncha – M – (terminus medius) o‘rta termin deb ataladi. Asoslarda katta terminni o‘z 
ichiga olgan mulohaza katta asos, kichik terminni o‘z ichiga olgan mulohaza kichik asos deb ataladi. 
S – kichik termin; 
M – o‘rta termin; 
R – katta termin. 
O‘rta termin katta va kichik terminni bog‘lovchi mantiqiy element hisoblanadi. 

Download 3.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   218   219   220   221   222   223   224   225   ...   318




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling