O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi andijon mashinasozlik instituti


Download 3.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet240/318
Sana12.08.2023
Hajmi3.89 Mb.
#1666689
1   ...   236   237   238   239   240   241   242   243   ...   318
Bog'liq
Andijon mashinasozlik instituti

Юсупов Э. Инсон камолотининг маънавий асослари. Т., Университет, 1998, 38-б. 


quyidagicha kengaytiribroq talqin etish mumkin. Ma‘lumki, falsafaning fanlar podshosi sifatidagi vazifasi barcha 
tabiiy va ijtimoiy ilmlar erishgan yutuqlardan umumiy xulosalar chiqarib, insoniyatni haqiqatga olib borishdir. 
SHundan kelib chiqqan holda, falsafaning predmetini tafakkur deb belgilash maqsadga muvofiq. Axloqshunoslik 
axloqiy tafakkur taraqqiyotini, uning nazariy muammolarini tadqiq etadi va amaliyotda insonni ezgulik orqali 
haqiqatga olib borishga xizmat qiladi. SHu bois uni axloq falsafasi yoxud ezgulik falsafasi deb ham atash mumkin. 
Bugungi kunda falsafiy fan sifatida uch yo‘nalishda ish olib boradi, ya‘ni axloqshunoslik axloqni: 1) bayon 
qiladi; 2) tushuntiradi; 3) o‘rgatadi. SHunga ko‘ra, u tajribaviy-bayoniy, falsafiy-nazariy va mezoniy-me‘yoriy 
tabiatga ega. Qadimgilar uni amaliy falsafa deb ataganlar. Zero, sof nazariy axloqshunoslikning bo‘lishi mumkin 
emas. U insoniyat o‘z tajribasi orqali erishgan donishmandlik namunalarini hikmatlar, naqllar, matal-maqollar 
tarzida bayon etadi, kishilarni axloqiy qonun-qoidalarga o‘rgatadi, ularga axloqning mohiyatini tushuntiradi va 
falsafiy xulosalar chiqaradi. Ya‘ni axloqshunoslik fanida Aflotun, Arastu, Epikur, TSitseron, Seneka, Avgustin
Forobiy, Ibn Sino, G‘azzoliy , Nasafiy, Spinoza, Kant, Hegel, SHopenhauer, Foyerbax, Kirkegaard, Nitsshe, Vl. 
Solovьyov, Losskiy singari buyuk faylasuflar yaratgan axloq nazariyasiga doir ta‘limotlar bilan birgalikda 
«Panchatantra», «Qutadg‘u bilik», «Qobusnoma», Sa‘diyning «Guliston», Jomiyning «Bahoriston», Navoiyning 
«Mahbub ul-qulub», Montenning «Tajribanoma», Laroshfukoning «Hikmatlar», Gulxaniyning «Zarbulmasal» kabi 
amaliy axloqqa bag‘ishlangan asarlari ham o‘z mustahkam o‘rniga ega. Axloqshunoslikning boshqa falsafiy 
fanlardan farqi ham, o‘ziga xosligi ham undagi nazariya bilan amaliyotning ana shunday omuxtaligidadir. 
Qadimiy ona sayyoramizdagi hayot odatda uch olamdan iborat deb qabul qilingan. Bular – nabotot, hayvonot 
va bashariyat olami; ularning o‘zaro munosabatlari zaminimizdagi hayotning asosiy omili hisoblanadi. Har 
uchalasiga ham paydo bo‘lish, rivojlanish, o‘zini muhofaza qilish, nasl qoldirishga intilish instinkti berilgan va 
hayotining bir kunmas–bir kun o‘lim bilan nihoya topish qismati belgilangan. CHunonchi, o‘simlik urug‘dan paydo 
bo‘ladi, rivojlanadi, singan shoxlari o‘rnini sirach chiqarib davolaydi – muhofaza qiladi, urug‘ini qoldirib, bir kun 
quriydi. Hayvon shu xususiyatlar bilan birgalikda sezish a‘zolari va qobiliyatiga hamda muayyan darajada idrok 
etish xislatiga ega. Insonda esa bulardan tashqari mulohaza qilish, fikrlash qobiliyati va uyat hissi, bir so‘z bilan 
aytganda, aql bor. Uni Imom G‘azzoliy oltinchi sezgi yoki ikkinchi yurak, yurak ichidagi yurak deb ataydi. Ana shu 
aql ixtiyor erkinligini, ixtiyor erkinligi esa axloqni taqozo etadi. 
Bu fikrni yoyibroq tushuntirish uchun insonning paydo bo‘lishi tarixiga nazar tashlamoq joiz. 
Avvalo, shuni aytish kerakki, insonning paydo bo‘lishi eng bahsli muammolardan biri hisoblanadi. Bu borada 
bir–biriga qarama–qarshi ikki qarash mavjud. Biri – diniy, ikkinchisi – dahriycha qarash. Diniy–e‘tiqodiy nuqtayi 
nazardan odamni Xudo yaratgan. Dahriycha qarash esa buni inkor etib, odamni tabiat yaratgan, u tabiatning bir 
qismi, degan g‘oyani ilgari suradi. Ular orasida ingliz tabiiyotshunosi CHarlz Darvin (1809– 1882) fikrlari alohida 
e‘tiborga molik. 
Darvin tabiiy turlarning tanlov yo‘li bilan kelib chiqishi haqidagi evolyutsion ta‘limotni yaratdi. U odam bilan 
odamsimon maymunlarning qardoshligini isbotlashga urindi, biroq u to‘g‘ridan–to‘g‘ri odam maymundan tarqalgan 
jonzot, degan fikrni aytgan emas. SHuningdek, Darvin dahriy bo‘lmagan, hamma qatori nasroniylik qonun–
qoidalariga amal qilib yashagan. Buning ustiga uning o‘zi Kembrij universiteti qoshidagi Iso kollejini tugatgan. 
Darvin tarjimai holi asosida roman yozgan ingliz yozuvchisi Irving Stoun uning Xudoni inkor etmaganini bir necha 
o‘rinda ta‘kidlaydi. Mana shulardan biri: «Mening nazariyam Xudoning borligini inkor etmaydi. Tabiat Uning 
qonunlariga bo‘ysunadi xolos».
111
Marks o‘zining dahriycha qarashlarini isbotlash uchun undan material so‘rab xat 
yozganida, Darvin unga rad javobini beradi.
112
SHunga qaramay markschilar, Darvinning mohiyatini 
tushunmaganlari holda, uning nomini bayroq qilib, ta‘limotini o‘z foydalariga soxtalashtirishga tinimsiz harakat 
qildilar. Dahriycha qarashni Darvin nomi bilan bog‘lab ish ko‘rish yaqin–yaqingacha «sotsialistik lager» hududiga 
kirgan mamlakatlarda rasmiy, davlat yondashuvi sifatida hukm surib keldi. Totalitar tuzumga asoslangan bu 
davlatlar tanazzulga uchragach, yana insonni Xudo yaratgan degan fikr ularda yetakchilik mavqeini egalladi. 
To‘g‘ri, bu o‘rinda Darvinning evolyutsiya nazariyasi va Xudoning olamni olti kunda yaratgani haqidagi 
diniy aqida bir–biri bilan qanday sig‘ishadi, degan savol tug‘iladi. Gap shundaki, makon va zamonda ro‘y bergan, 
milliardlab yil davom etgan evolyutsiya: nabotot – hayvonot – odamzod doirasi makon va zamondan tashqaridagi 
fazoviy, Ilohiy Vaqt nuqtayi nazaridan juda qisqa muddatda voqe bo‘lishi mumkin. Xudoning olti kuni o‘z ichiga 
makon va zamonni sig‘dirgan Mutlaq Vaqtga, evolyutsiya nazariyasiga asos qilib olingan milliardlab yillar esa – 
makon va zamon ichidagi nisbiy, insoniy vaqtga taalluqlidir. 
Umuman olganda, insoniyatning intellektual tarixida, hatto nisbatan dahriylik asri bo‘lmish XX asrda ham, 
insonni Xudo yaratgan, degan fikr kamida to‘qson foizni tashkil etadi. Biz ham ana shu ko‘pchilik tomonidamiz. 
Ayni paytda, kamchilik bildirgan va bildirayotgan aksilfikr ham yashash huquqiga ega ekanini tan olamiz. 
Respublikamiz Prezidenti Islom Karimovning mana bu gaplari bizning fikrlarimiz uchun e‘tiborli xulosa bo‘la oladi 
deb o‘ylaymiz: 
«SHu o‘rinda ta‘kidlamoqchi edimki, dunyoviylik, ayrim aqidaparast kimsalarning da‘volaridan farqli 
o‘laroq, aslo dahriylik emas. Biz bunday noto‘g‘ri va g‘arazli talqinlarga mutlaqo qarshimiz».
113
111

Download 3.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   236   237   238   239   240   241   242   243   ...   318




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling