O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi andijon mashinasozlik instituti


Download 3.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet241/318
Sana12.08.2023
Hajmi3.89 Mb.
#1666689
1   ...   237   238   239   240   241   242   243   244   ...   318
Bog'liq
Andijon mashinasozlik instituti

Стоун И. Происхождение. Роман – биография Чарлза Дарвина. М., Политиздат. 1983. С. 273. 
112
Қаранг: Аъзамов А. Фан ва дин: одамзоднинг пайдо бЎлиши. «Тафаккур» журнали, 1999, 4-сон, 32-б. 
113
Каримов И.А. Донишманд халқимизнинг мустаҳкам иродасига ишонаман. «Фидокор» газетаси, 2000, 8 
июн. 


XX asr buyuk olmon faylasufi Karl Yaspers, odamni boshqa jonzotdan keltirib chiqarishning nojoizligi 
haqida gapirib, inson transtendental bog‘liqlikka ega, uning imkoniyatlarini, erkini hech bir jonzotniki bilan qiyoslab 
bo‘lmaydi, inson hatto imkoniyatlari naqadar cheksiz ekanini o‘zi ham bilmaydi, deb uni ulug‘laganida, bizningcha, 
tamomila haq edi. Agar diqqat qilsak, asrimiz mutafakkirining fikri Qur‘oni karim «Baqara» surasida marhamat 
qilingan quyidagi oyatlarga hamohangdir: «30. Eslang (Ey Muhammad), Parvardigoringiz farishtalarga: «Men 
Yerda (Odamni) xalifa (yordamchi) qilmoqchiman», deganida, ular aytdilar: «U yerda buzg‘unchilik qiladigan
qonlar to‘kadigan kimsani (xalifa) qilasanmi? Holbuki, biz hamdu sano aytish bilan Seni ulug‘laymiz va Sening 
nomingni mudom pok tutamiz». (Alloh) aytdi: «Men sizlar bilmagan narsalarni bilaman». 31. Va U zot odamga 
barcha narsalarning ismlarini o‘rgatdi. So‘ngra ularni farishtalarga ro‘baro‘ qilib dedi: «Agar xalifalikka biz 
haqdormiz degan so‘zlaringiz rost bo‘lsa, mana bu narsalarning ismlarini Menga bildiring!». 32. Ular aytdilar: Ey 
pok Parvardigor, biz faqat Sen bildirgan narsalarnigina bilamiz. Albatta Sen o‘zing ilmu hikmat sohibisan». 33. 
(Alloh): «Ey Odam, bularga u narsalarning ismlarini bildir», dedi. (Odam) ularga barcha narsalarning ismlarini 
bildirganidan keyin (Alloh) aytdi: «Sizlarga, Men Yeru osmonlarning sirlarini va sizlar oshkor qilgan va yashirgan 
narsalarni bilaman, demaganmidim?». 34. Eslang (Ey Muhammad), Biz farishtalarga Odamga ta‘zim qiling, 
deyishimiz bilan sajdaga egildilar. Faqat Iblis kibr va or qilib – kofirlardan bo‘ldi». 
Vaholanki, sajda bungacha faqat Tangrigagina bajo keltirilar edi. Demak, Xudo bu bilan barcha 
mavjudotlardan oliy, daraja nuqtayi nazaridan o‘zidan keyin turadigan buyuk zotni yaratganini e‘lon etdi. Odam – 
Xudoning yerdagi xalifasi. 
SHu o‘rinda «xalifa» so‘zining amaliy ma‘nosi haqida to‘xtalmoq o‘rinli. Uni oddiy hayotiy misol bilan 
tushuntiradigan bo‘lsak, kosiblikka, hunarmandchilikka murojaat qilish maqbul. Ma‘lumki, qadimda kosib yoki 
hunarmand ustaning odatda bir necha shogirdi bo‘lgan. Ular orasidagi eng aqlli, tadbirkori, ustaning muhabbatini 
qozongani usta tomonidan xalifa etib tayinlangan. Xalifaga usta o‘zining bir qancha vakolatlarini, jumladan, biror 
yoqqa safarga ketsa, shu muddat mobaynida boshqa shogirdlarni boshqarib, rahbarlik qilib turishni topshiradi. 
SHunday qilib, usta qaytib kelgunga qadar xalifa uning aytganlari yoki ko‘rsatmalarini amalga oshirish bilan 
mashg‘ul bo‘ladi. Odam ham Allohga nisbatan ana shunday xalifadir: to u qiyomatga qadar, ya‘ni Tangri dargohiga 
borgungacha nabotot va hayvonot olami ustidan hukmronlik qilib turadi. 
Hukmronlik qilish uchun, tabiiyki, muayyan darajada erkinlikka, erkin harakatni ixtiyor etish huquqiga ega 
bo‘lish, falsafiy ibora bilan aytganda, ixtiyor erkinligi zarur. Ana shu ixtiyor erkinligi faqat insonga berilgan. 
Farishtalar bunday ma‘naviy ne‘matdan mahrum – ular faqat Allohning buyrug‘ini bajaradilar. Lekin insondagi 
ixtiyor qilish erkinligi ham cheklangan – u Alloh tomonidan Qur‘oni karimda umumiy tarzda belgilab berilgan 
doiradagina mavjud bo‘lishi kerak. SHu bois mutlaq erkinlik insonga emas, faqat Yaratganga xos. 
SHunday qilib, axloq – oliy mavjudotga ato etilgan oliy ne‘mat. Ya‘ni axloqning kelib chiqishi ilohiy 
manbadandir. Ana shu ilohiy asosni asrab–avaylab, taraqqiy toptirish har bir insonning asosiy vazifasi, burchi. SHu 
bois o‘z–o‘zini va, iloji bo‘lsa, o‘zgalarni axloqiy tarbiyalash barcha muqaddas kitoblarda savob sanaladi.
Bu o‘rinda shuni alohida ta‘kidlash kerakki, inson aynan hozirgi paytdagi ko‘rinishida yaratilgan degan gap 
haqiqatdan yiroq. U mohiyatan har tomonlama mukammallikka, komillikka qarab boruvchi, taraqqiyotining 
mohiyati tadrijiylik bilan belgilanadigan jonzotdir, uning jismoniy, aqliy va axloqiy taraqqiyoti o‘zaro bog‘liqlikda 
rivojlanadi: vaqt mobaynida insonning ham ko‘rinishi, ham tafakkuri, ham axloqiy xatti–harakati o‘zgarib boradi. 
SHu jihatdan olib qaraganda, odamzodning xunuklikdan chiroylilikka, nodonlikdan oqillikka, qo‘pollikdan 
noziklikka yo‘nalganligi tabiiy hol. Demak, uning axloqiy xatti–harakatlari tadrijiy tarzda noziklashib borgan. 
Biroq, bunday noziklashuv shaklan qo‘polroq bo‘lgan soddalikdan chekinib, botiniy qo‘pollikni zohiriy nazokat 
bilan yopishga, niqoblashga ham olib kelgan. Natijada insoniyat tarixi qanchalik ko‘p davrni o‘z ichiga olsa, 
axloqning xilma–xil ko‘rinishlari shuncha ko‘payib borgan. Lekin ularning hammasi, zamonaviy axloq nazariyasiga 
ko‘ra, ikki katta guruh ostida voqe bo‘ladi, ya‘ni axloqiy xatti–harakatlar asos–e‘tibori bilan ikki turga bo‘linadi. 
Ulardan biri – obro‘parvarlik (avtoritar) axloqi, ikkinchisi insonparvarlik – (humanitar) axloqi. Endi qisqacha 
ularning mohiyati va sifatlari bilan tanishib chiqamiz. 
«Obro‘parvarlik axloqiga ko‘ra, – deb yozadi Erix Fromm, – bir odam – obro‘ egasi inson uchun nima 
yaxshiligini belgilab beradi, o‘zni tutish qonun–qoidalari va me‘yorlarini ham o‘ylab topadi, o‘rnatadi. 
Insonparvarlik axloqi esa bu qonun – qoidalar va me‘yorlarni o‘zi yaratishi, o‘zi boshqarishi hamda ularga o‘zi amal 
qilishi bilan farqlanadi»
114
Fromm obro‘parvarlik axloqinining ikki asosini ko‘rsatib o‘tadi: birinchisi – ratsional obro‘parvarlik, unga 
ko‘ra, ratsional obro‘ egasi o‘ziga yuklangan vazifani omilkorlik vositasida bajarib, mazkur vazifani yuklaganlar 
tomonidan hurmatga sazovor bo‘ladi. Biroq ratsional obro‘parvarlik vaqtinchalik hodisa, u obro‘ egasi faoliyatining 
samaradorligi bilan bog‘liq. Ikkinchisi – noratsional obro‘parvarlik, u bir tomondan hukmronlikka, ikkinchi 
tomondan, qo‘rquvga asoslanadi va uzoq muddat davom etadi: muayyan tarixiy davrni o‘z ichiga oladi. Noratsional 
obro‘parvarlik tanqidni na faqat tan olmaydi, balki taqiqlaydi. Ratsional obro‘parvarlik obro‘ egasi tamonidan 
sub‘ektga nisbatan axloqiy tenglikni taqozo etsa, noratsional obro‘parvarlik aynan tengsizlik asosiga quriladi. Bunda 
obro‘ egasiga «gap qaytarmaslik», «quloq solish» – fazilat, «quloq solmaslik» – illat hisoblanadi. Odatda, 
obro‘parvarlik axloqi deganda, ko‘proq noratsional obro‘ egasi o‘rnatgan qonun–qoidalar, me‘yorlar nazarda 
tutiladi. 
114

Download 3.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   237   238   239   240   241   242   243   244   ...   318




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling