O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi andijon mashinasozlik instituti


Download 3.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet244/318
Sana12.08.2023
Hajmi3.89 Mb.
#1666689
1   ...   240   241   242   243   244   245   246   247   ...   318
Bog'liq
Andijon mashinasozlik instituti

Фромм Э. Человек для себя. Минск, «Харвест», 2004. С. 18. 


SHunday qilib, insonparvarlik axloqi sub‘ektning o‘z insoniylik tabiatini, barcha fazilatlarini, ochiq–oydin 
namoyon etishini ta‘minlaydi. Obro‘parvarlik axloqida esa, aksincha, sub‘ektga, obro‘ egasiga bo‘ysunish, quloq 
qoqmaslik, o‘z individualligini yo‘qotish hodisalari ro‘y beradi. Lekin, fojea shundaki, buni insonning o‘zi 
anglamaydi: atrof–muhitdagi obro‘ egasining ulug‘ligi, bilimdonligi qahramonligi, muruvatliligi, xalqqa otalarcha 
g‘amxo‘rligi va zaruriy qatiqqo‘lligi haqida to‘qilgan miflar, uning shaxsiga sig‘inish bunga yo‘l bermaydi. Bunday 
odamlar jamiyatda asosiy ko‘pchilikni tashkil etadi, obro‘parvarlikning mohiyatini tushunib yetgan, ommaga 
qo‘shilmagan, o‘z individualligi va ichki erkinligini saqlab qolgan shaxslar esa juda kam bo‘ladi. Natijada 
jamiyatning asosiy ko‘pchiligi ezgulik deb hisoblagan narsa aslida yovuzlik bo‘lib chiqadi, xalq ommasi 
anglamasdan yovuzlikka xizmat qilganini keyin, obro‘ egasi shaxsiga sig‘inish fosh etilganidan so‘nggina tushunib 
yetadi. CHunonchi, Hitlerga ergashganlar o‘sha paytlar Olmoniyada ko‘pchilikni tashkil etardi, ular o‘zlarining yo‘li 
to‘g‘ri ekaniga qattiq ishongan edilar: «Fyurer adashmaydi!» Hozir esa Hitler kim–u, uning tutgan yo‘li qanday 
ekanini hamma yaxshi biladi, Olmoniya aholisining asosiy ko‘pchiligi fashizmga, uning obro‘parvarlik axloqiga 
qarshi. Bizning mamlakatimiz ham sobiq SHo‘rolar Ittifoqi tarkibida Lenin, Stalin va komunistik partiya o‘rnatgan 
obro‘parvarlik axloqini boshidan kechirdi, mustaqillik tufayligina xalqimiz insonparvarlik axloqi me‘yorlari bilan 
hayot kechirish yo‘liga kirdi. Jahon afkor emmasi, erkin, demokratik jamiyatlarining hammasi ana shu axloqiy 
yo‘ldan bormoqda. Aynan shunday axloq jamiyat va shaxsning erkinligidan, individning ixtiyor erkinligidan kelib 
chiqadi. SHu sababli ixtiyor erkinligi axloqshunoslikning eng muhim, eng dolzarb muammosi sifatida alohida 
e‘tiborga molik, unga to‘xtalib o‘tmaslikning iloji yo‘q. 
Axloqshunoslikda inson xatti–harakatining ikki qutbi – axloqiylik bilan axloqsizlik holatlari tahlil va 
tadqiq etiladi. Axloqiylik – fazilatlarda, axloqsizlik esa illatlarda namoyon bo‘ladi. Bu ikki qutb – tushuncha kun–
tun, oq–qora singari bir–birini inkor va ayni paytda, taqozo etgani holda mavjuddir. Zero, fazilat, Arastudan tortib 
Ibn Sinogacha bo‘lgan qadimgi faylasuflar ta‘kidlaganlaridek, ikki illat oralig‘ida ro‘y beradi. Boshqacha qilib 
aytganda, fazilat ikki manfiylik o‘rtalig‘ida yuzaga keladigan musbat hodisadir. CHunonchi, adolat – zulm bilan 
mazlumlikning, saxiylik – isrofgarchilik bilan baxillikning, iffat – qizg‘anchiqlik bilan rujuning o‘rtalig‘i sifatida 
voqe bo‘ladi. 
Fazilat va illat shunday yirik hamda qamrovli atamalarki, ularning har biri o‘z ichiga bir necha emas, o‘nlab 
emas, balki yuzlab tushunchalarni oladi. SHu jihatdan axloqshunoslik barcha falsafiy fanlar ichida tushunchalarining 
ko‘pligi va xilma–xilligi bilan alohida ajralib turadi. Ularni avvalgi ilmiy–uslubiy adabiyotlarda, xususan, 
lug‘atlarda axloqshunoslik mezoniy tushunchalari yoxud kategoriyalari, axloqiy mezoniy tushunchalar, axloqiy 
tamoyillar, axloqiy me‘yorlar, axloqiy munosabatlar, axloqiy hissiyotlar singari guruhlarga bo‘lib taqdim etilgan. 
Bunday «maydalashtirish», bizningcha, shart emas. CHunki u, birinchidan, tizimni murakkablashtiradi, ikkinchidan, 
muayyanlikdan yiroqlashtiradi, uchinchidan, tushunchalar bilan hissiyotlarni, me‘yorlar bilan tamoyillarni 
farqlashda chalkashliklarga olib keladi, ularni rosmana idrok qilishda qiyinchiliklar tug‘diradi. Zero, fan mazmunini 
taqdim etishdagi har qanday murakkablashtirishlar, chalkashliklar, tabiiyki, tushunmovchilikni keltirib chiqaradi. 
Natijada mazmun mo‘ljallangan «o‘z egasiga» risoladagidek yetib bormaydi. 
SHu sababli axloqshunoslik fanida qo‘llaniladigan barcha tushunchalarni uch guruhga bo‘lishni maqsadga 
muvofiq deb o‘ylaymiz. Bularning birinchisi – axloqiy bilish bilan real hayot o‘rtasidagi eng muhim aloqa va 
munosabatlarni in‘ikos ettiruvchi, axloq ilmining mezonini ifodalovchi tushunchalardir; ularni biz 
axloqshunoslikning mezoniy tushunchalari yoxud kategoriyalari sifatida olib qaraymiz. Nisbatan qamrovli ikkinchi 
guruh tushunchalarini – axloqiy tamoyillar, uchinchi guruhni esa axloqiy me‘yorlar deb taqdim etamiz. Birinchi 
guruh tushunchalari umumlashtiruvchilik, mushtaraklik xususiyatiga ega, ular faqat nazariyaga taalluqli. Ikkinchi va 
uchinchi guruh tushunchalari esa amaliy axloqqa tegishli bo‘lib, nisbatan muayyan, tor qamrovga ega; ular birinchi 
guruh uchun «moddiy asos» vazifasini o‘taydilar. 
SHu o‘rinda «tushuncha» atamasining mohiyatiga nazar tashlashni joiz deb o‘ylaymiz. Avvalroq biz axloqiy 
hissiyotlarning axloqiy onglash uchun ma‘lum ma‘noda material ekani to‘g‘risida birrov to‘xtalib o‘tgan edik. Bu 
haqda mumtoz faylasuflar ham e‘tiborga sazovor fikr bildirganlar. CHunonchi, buyuk ingliz mutafakkiri Jon Lokk, 
tushunchada nimaiki bor ekan, u bundan avval hissiyotda mavjud bo‘lgan, deb ta‘kidlaydi. «Tabiat qonuni 
borasidagi tajribalar» asarida u shunday deb yozadi: «Agar hissiyotdan aqlga narsalar qiyofasi yetkazib berilmasa, u 
holda tafakkur uchun hech qanday material berilmagan bo‘ladi va aql bilishni taraqqiy ettirishi borasida me‘mor 
bino qurishda tosh, yog‘och, qum va hokazo qurilish materiallarisiz qanchalik ish qila olsa, xuddi shuncha ish bajara 
biladi».
119
Aqlni ideallashtirish, hissiyotni ikkinchi darajali omil sifatida talqin etish, Lokk va unga o‘xshash ba‘zi 
mutafakkirlar fikrlarini hisobga olmaslik, afsuski, keyingi davrlarda ayniqsa kuchaydi. Hegel singari faylasuflar esa 
butun borliqni mantiqiylashtirish yo‘lidan bordilar. Lekin XIX asrning ikkinchi yarmidan keyin G‘arb allomalari bu 
yo‘lning ko‘p jihatdan Yanglish ekanini anglay boshladilar. XX asr mutafakkiri, ruhiy tahlil falsafasidagi Yangi 
froydchilik oqimining atoqli namoyandalaridan biri Karl Yung Tibet mayyitlar kitobi – «Bardo Tyodol»ga yozgan 
sharhida shunday deydi: «G‘arb kishisi, «psixologik» («ruhiy») so‘zini eshitganida, uning uchun u «bor–yo‘g‘i 
psixologik» tarzida jaranglaydi. Uning uchun «psixe» – qalb qandaydir, achinarli darajada kichik, e‘tiborga noloyiq, 
shaxsiy, sub‘ektiv va h.k. SHu sababli «ruh» (qalb) o‘rniga «aql» so‘zini ishlatishni ma‘qul ko‘radi...».
120
Boshqa bir 
o‘rinda barcha metafizik mulohazalar uchun ijodiy zamin aynan ana shu qalb ekanini, ong esa qalbning ko‘zga 
119

Download 3.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   240   241   242   243   244   245   246   247   ...   318




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling