O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi andijon mashinasozlik instituti
Download 3.89 Mb. Pdf ko'rish
|
Andijon mashinasozlik instituti
- Bu sahifa navigatsiya:
- Immanuil Kant
Olmon mumtoz estetikasi
Biz yuqorida ko‘rib o‘tgan ma‘rifatparvarlar va o‘sha davrdagi boshqa nafosatshunoslar nafosatshunoslikning umumnazariy masalalari, estetik idrok eti shva san‘at falsafasi borasida Yevropa estetik tafakkuriga ozmi-ko‘pmi nazariy Yangiliklar kiritdilar. Olmon mumtoz estetikasi ana shunday xazinadan foydalanish natijasida o‘zlari ham tengsiz tafakkur durdonalari yaratib, uni mislsiz boyitdilar. Olmon mumtoz estetikasi ibtidosida buyuk faylasuf Immanuil Kant (1724-1804) turadi. U «Go‘zallik va ulug‘vorlik tuyg‘ulari ustidan kuzatishlar» (1764), «Sof aqlning tanqidi» (1781), «Amaliy aqlning tanqidi» (1788), «Muhokama qobiliyatining tanqidi» (1796) asarlarida estetika muammolariga maxsus to‘xtaladi. Kantning fikriga ko‘ra, estetik hissiyot manfaastiz, beg‘araz va narsa-hodisaga bevosita maftunlikka borib taqaladi. Maftunlikning, muhabbatning ob‘ekti esa shakldan boshqa narsa emas. Xullas, go‘zallik manfaastiz maftunlikning, muhabbatning ob‘ekti. Bu – go‘zallikning birinchi belgisi. Ikkinchi belgisi esa shundaki, u tushunchalar yordamisiz, ya‘ni, aql kategoriyasiz, bizga umumiy maftunlikning narsa-hodisasi sifatida namoyon bo‘ladi; estetik muhokama hech qachon mantiiq qonun-qoidalariga asoslanishi mumkin emas. Go‘zallikning uchinchi belgisi shundaki, u maqsadga muvofiqlik shakliga egaligi, ya‘ni qandaydir aniq maqsad haqida tasavvur hosil qilmasdan turib, narsa-hodisadagi maqsadga muvofiqlikni idrok etish mumkinligi bilan ajralib turadi. Demak, go‘zallik – narsa-hodisaning maqsadga muvofiqlik shakli, zero u maqsad haqida tasavvurga ega bo‘lmasdan turib, idrok etiladi. To‘rtinchi belgi shundaki, go‘zallik bizga tushunchasiz, zaruriy maftunlikning ob‘ekti, narsa-hodisasi sifatida yoqimlidir. SHunday qilib, go‘zallik hammaga hech qanday manfaastiz, shundayligicha, o‘zining sof shakli bilan yoqishi zarur bo‘lmagan narsa-hodisadir: «Nimaiki hammaga tushunchalar yordamisiz yoqimli bo‘lsa, o‘sha – go‘zaldir» . Go‘zallik bilan bir qatorda Kant ulug‘vorlikni ham diqqat bilan tadqiq etadi. Uning fikriga ko‘ra, go‘zallikdan olinadigan lazzat-sifat, ulug‘vorlikdan olinadigan lazzat-miqdorning namoyon bo‘lishi bilan bog‘liq. Ulug‘vorlikni mutafakkir ikkiga ajratadi: matematik va dinamik ulug‘vorlik. Matematik ulug‘vorlik ekstensiv miqdorni – makon va zamondagi ko‘lamli miqdorni, ikkinchisi kuch va qudrat miqdorini o‘z ichiga oladi. Birinchi xil ulug‘vorlikka yulduzli osmonni, okeanni, ikkinchisiga – yong‘in, suv toshqini, dovul, zilzila, momaqaldiroqni misol qilib keltirish mumkin. Har ikkala holatda ham ulug‘vorlik bizning hissiy tasavvurimizdan ustun keladi, uni uzib qo‘yadi. Keyin ezilganlik hissi faoliyatimizning jonlanishi bilan almashinadi, Chunki bunda bizning faqat hissiyotimiz tang qoladi, ma‘naviy jihatimiz, aksincha, yuksaladi. Aql hissiyot olamidagi barcha ulug‘liklardan-da yuksak bo‘lgan ulug‘likni fikrlay bilishga qodir. Chunki biz o‘zimizni hissiyotli mavjudot sifatida buyuk va qudratli sezamiz. Haqiqiy ulug‘vorlik – bu aql, insonning axloqiy tabiati, hissiy anglash chegarasidan narigi tomondagi nimagadir intilishi. SHu bois Kant, haqiqiy ulug‘vorlikni muhokama qilayotgan kishining qalbidan qidirish kerak, deydi. «Nimaiki, u haqda fikrlashning o‘ziyoq qalb qobiliyati har qanday miqyosdagi tashqi hissiyotlardan miqyosliroq ekanini isbotlashi, o‘sha – ulug‘vorlikdir» . Kant san‘atni hunardan ajratib qaraydi: birinchisi – erkin, keyingisi pul topishga qaratilgan, yollangan san‘at. Nimaiki tushunchaga asoslangan bo‘lsa, uni o‘rganish mumkin, lekin ilhomni o‘qib, o‘rganib bo‘lmaydi, deydi faylasuf. Kant did muhokamasining umumiyligi va zarurliygini ta‘kidlaydi; buni u barcha uchun umumiy bo‘lgan hissiyotlarning mavjudligi bilan asoslaydi: Hyumning «Did haqida bahslashish mumkin emas», degan shiori o‘rniga «Did haqida bahslashish mumkin va bahslashish mumkin emas» degan shiorni o‘rtaga tashlaydi. Kant buni estetik g‘oya tushunchasi bilan bog‘laydi; did muhokamasi asosida yotgan tushuncha noaniq, u har bir mushohada zamiridagi nazariy jihatdan aniq ta‘riflab bo‘lmaydigan alo tuyg‘u haqidagi aqlning transstendental (ong va bilish chegarasi ortidagi) tushunchasidir. Yoki boshqacha qilib aytganda: «Estetik g‘oyani tasavvurning tushuntirib bo‘lmaydigan namoyon bo‘lishidir» . Kantning estetik nazariyalari ba‘zi bir «sub‘ektivlik» jihatlariga qaramay, keyingi davrlar Yevropa va jahon nafosatshunosligi taraqqiyoti uchun eskirmaydigan ahamiyatga ega bo‘ldi. Shu jihatdan Fixte, Gyote, SHelling, Gegel, Shopengauer va boshqa ko‘pgina buyuk nafosatshunoslarni muayyan ma‘noda «Kantdan o‘sib chiqqan» deyish mumkin. Bu davrning eng zabardast va o‘ziga xos nafosatshunoslaridan biri buyuk olmon shoiri va dramaturgi Fridrix Download 3.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling