O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi andijon mashinasozlik instituti


Download 3.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet292/318
Sana12.08.2023
Hajmi3.89 Mb.
#1666689
1   ...   288   289   290   291   292   293   294   295   ...   318
Bog'liq
Andijon mashinasozlik instituti

Rus mumtoz nafosat falsafasi 
Bu davrga kelib Rossiyada ham falsafiy tafakkur yuksak darajaga ko‘tarildi, rus san‘ati ham mislsiz 
taraqqiyotga etishdi. SHu bois XIX asr oxiri va XX asr boshlarida rus tafakkurini tom ma‘noda mumtoz deb atash 
mumkin. Ana shu mumtoz tafakkurning etakchi vakillaridan biri – shoir, ilohiyotchi, faylasuf Vladimir Sergeevich 
Solovyovdir (1853-1900)
Solovyov go‘zallikni o‘zining ziddidan, ya‘ni xunuklikdan (go‘zal insoniy vujud xunuk embriondan vujudga 
kelganidek), bir-biriga qarama-qarshi ikki ibtido – modda va nurning o‘zaro birikuvidan tug‘iladi deb hisoblaydi. 
Qaerdaki modda nurafshon bo‘lsa, o‘sha erda go‘zallik hodisasini uchratish mumkin. Modda va nurning uzviy 
omuxtaligi – hayot, deydi Solovyov. SHu bois qaerda hayotning ichki to‘laqonligiga erishilsa yoki uning hodisalari 

Qarang: Шопенгауер А. Мир как воля и представление. Т.1. Минск, Попурри, 1998. С. 312-316. 
196
Шопенгауер А. Введение в филосифию. Новые паралипомены. Об интересном. Минск, Попурри, 2000. С. 
397. 


«jonli kuchlar o‘yini taassurotini» qoldirsa, tabiat o‘sha erda o‘zining bor go‘zalligi bilan namoyon bo‘ladi. Nur va 
hayot - tabiatdagi estetik mazmunni baholashning ikki asosiy mezoni. 
Buyuk rus mutaffakiri tabiiy go‘zallikni uning noorganik dunyodan organik dunyoga, undan insonga qarab 
taraqqiy etib borishida ko‘radi. Noorganik dunyoda go‘zallik ikki turda mavjud bo‘ladi; ziyoiy go‘zallik (yulduzli 
osmon, kamalak, olmos) va hayotni oldindan anglatuvchi hodisalar aurasi - ufurishi (shildiragan irmoq, sharshara v.h.) 
sifatidagi go‘zallik. Nabotot dunyosidagi estetik makonda hayratda qoldiradigan bezakdorlikka esa bo‘lgan go‘zallik 
etakchilik qiladi. Bunday go‘zallikning oliy ifodasi gullardir. Hayvonot dunyosida go‘zallik naqshlar (ranginlik) va 
musiqiy shakllarda namoyon bo‘ladi. U go‘zallikni ob‘ektiv asosdan ajrata olmaydi, aksincha u, eng avvalo xususiyat, 
keyin tushuncha: «Go‘zallik, – deb yozadi V.Solovyov «Tabiatdagi go‘zallik» asarida, – haqiqiy voqelik, dunyoda ro‘y 
berayotgan tabiiy jarayonlar asaridir»

. Bu bilan u tor doiradagi «estetlar» va estetik nazariyalarga radiya bildirmoqchi 
bo‘ladi. SHu sababli L.Tolstoy: «Zero go‘zallikka asoslangan, estetik risolalarda bayon etilgan va jamoatchilik 
tomonidan ilg‘ar-ilg‘amas tarzda tushuniladigan san‘at nazariyasi, bizga, ya‘ni ma‘lum bir davradagi odamlarga nima 
yoqqan bo‘lsa va yoqsa o‘shani yaxshi deb tan olinishidan boshqa narsa emas», – deb yozadi o‘zining «San‘at nima?» 
risolasida

. Tabiiy go‘zallik o‘zining oliy ifodasini insonda topadi; u tabiat dunyosidagi estetik idealning eng 
mukammal ko‘rinishi; ong ato etilgan inson tabiati voqeligini ijodiy o‘zlashtirishga qodir. Biroq, Solovyovning 
fikricha, so‘nggi paytlarda tabiat va inson orasida qarama-qarshilik chuqurlashib bormoqda; inson tabiatga, qandaydir 
qiyofasiz bir narsaga qaraganday munosabatda bo‘lmoqda. SHu bois faylasuf ekologik muammoni axloqiy jihatdan hal 
etishning yagona usulini go‘zallikda ko‘radi. Bu o‘rinda san‘at asosiy tarbiyachi rolini o‘taydi. 
Vladimir Solovyov «San‘atning umumiy ma‘nosi» asarida san‘at oldiga uch yoqlama vazifa qo‘yadi; 1) 
tabiatning estetik ifodasida ifoda topilmaydigan jonli g‘oyani, uning ichki mazmunini moddiylashtirish; 2) uning 
estetik borlig‘ini ruhoniylashtirish; 3) uning muayyan hodisalarini mangulikka dahldor hodisalarga aylantirish. – 
Mana shu vazifani bajarib borish jarayonida san‘at

ilhomli kafolatga aylanadi, voqelikning o‘zida esa moddiylikni 
ma‘naviylashtirish jarayonlari kuchayadi. Inson san‘ati insonning o‘zini komil go‘zallikdan bevosita va bilvosita 
ogoh etadi. Bevosita ogoh etish musiqa va lirik she‘riyatda ifodalanadi. Bilvosita ogoh etishning shakli ikki xil 
bo‘ladi: a) tabiiy go‘zallikni kuchaytirish, ideallashtirish (me‘morlik, rangtasvirli manzaralar); b) ideal va 
voqelikning mos kelmasligini ifodalash (qahramonlik eposi, fojea, kulgi (komediya). Xullas, Vladimir 
Solovyovning san‘at falsafasi dunyoni estetik tarzda ro‘yobga chiqarish, voqelikni badiiy jihatdan qayta bunyod 
etish g‘oyasiga asoslanadi. 
Biz mumtoz deb atagan rus estetikasida o‘nlab ulug‘ faylasuflar bilan birgalikda F.M.Dostoevskiy, 
Ya.N.Tolstoy, I.S. Turgenev, A.Fet, A.P.Chexov singari buyuk yozuvchi-shoirlar ham o‘z o‘rniga ega. 
Shulardan biri – Lev Tolstoy (1828 – 1910) qarashlariga qisqacha to‘xtalib o‘tamiz. 
Tolstoy san‘atning mohiyatini aniq-ravshan ifodalashga yo‘l ochish uchun «hamma narsani chalkashtirib 
yuboradigan go‘zallik tushunchasini» bir chetga surib qo‘yishni taklif etadi. Uning fikriga ko‘ra, san‘atning nima 
ekanini aniqlab olish uchun, avvalo unga lazzat vositasi emas, balki inson hayotining shartlaridan biri sifatida qarash 
lozim. San‘at Tolstoyning ta‘biricha, shunday insoniy fazilatki, unda bir kishi ongli ravishda ma‘lum tashqi belgilar 
bilan o‘zi boshidan kechirgan hislarni etkazadi, boshqa odamlar esa o‘sha hislarni o‘ziga yuqtirib, ularni qayta 
ko‘ngildan o‘tkazadi. 
Buyuk rus mutafakkiri ijodning maqsadini «fikrni badiiy ifodalash» deydi. Fan va san‘at bir-biri bilan xuddi 
o‘pka va yurakdek o‘zaro bog‘liq, agar bir a‘zo buzilsa, ikkinchisi ham to‘g‘ri harakat qilolmaydi. Fanning ishi 
muhim haqiqatlarni izlab topish va ularni kishilar ongiga singdirish. San‘at esa ana shu haqiqatlarni ilm-fan 
olamidan hissiyot olamiga o‘tkazish bilan shug‘ullanadi. Tolstoy san‘atdagi g‘oyasizlikni inkor etadi. SHu 
munosabat bilan mazmun va shaklning o‘zaro aloqalariga to‘xtaladi. U shakl va mazmun yaxlitligini tan oladi 
hamda bir tomondan, mazmunni asosiy hodisa sifatida talqin etar ekan, badiiy shaklsiz san‘at asarining bo‘lishi 
mumkin emasligini ta‘kidlaydi. 
Tolstoy Yangilikni haqiqiy san‘at asarining asosiy belgisi deb ataydi. Asl san‘atkor doimo odamlarga 
noma‘lum nimadir, Yangi narsa topishga harakat qiladi. Mazmunni yorqin ifodalash uchun san‘atkor Yangi shakllar 
izlaydi. Tolstoy dekadansni «bema‘nilikning so‘nggi bosqichi» deb ataydi. Nitstsheni dekadansning nazariy 
yo‘lboshchisi sifatida tanqid qiladi, ularning san‘atini, xuddi o‘zlaridek tentaklardan tashkil topgan kichkinagina 
to‘garak a‘zolarigagina yoqadigan «ijod mahsullari», deb ataydi. Haqiqiy san‘at esa eng keng sohalarni qamrab 
oladi. Inson qalbining mohiyatini o‘ziga rom etadi. YUksak va asl san‘at doimo shunday bo‘lib kelgan. 
Ko‘pchilikni hayratda qoldiradigan yana bir narsa borki, bu Tolstoyning SHekspirga munosabati. Buyuk rus 
yozuvchisi «San‘at nima?» risolasi va «SHekspir va drama haqida» maqolasida SHekspirni nafaqat tanqid qiladi, 
balki batamom inkor etadi. Tolstoyning fikriga ko‘ra, SHekspir pesalari asosida «eng tuban, eng qabih dunyoqarash 
yotadi», ularda oliy tabaqalar ko‘klarga ko‘tarilib, omma nafratiga munosib qilib tasvirlanadi, mavjud tuzumni 
o‘zgartirishga bo‘lgan har qanday intilish, xususan, insonparvarlik yo‘nalishidagi intilishlar ham qoralanadi. 
SHekspir ijodi aksildemokratik mohiyatga ega, uning asarlari axloqsiz asoslarga qurilgan. Ular beistisno tarzda 
yuqori sinflar san‘atini tashkil etadi. 

Соловѐв В. Сочинения в 2 т. Второе издание. Т. 2. М., Мысл, 1990. С. 359. 

Толстой Л. Собрание сочинения в 22 т. Т. XV, М., ИХЛ, 1983. С. 74. 



Download 3.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   288   289   290   291   292   293   294   295   ...   318




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling