O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi andijon mashinasozlik instituti


Download 3.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet306/318
Sana12.08.2023
Hajmi3.89 Mb.
#1666689
1   ...   302   303   304   305   306   307   308   309   ...   318
Bog'liq
Andijon mashinasozlik instituti

Xattotlik. Yozma adbiyotning keng yoyilishi bir tomondan, badihago‘ylik ravnaqiga chek qo‘ygan bo‘lsa, 
ikkinchi tomondan Yangi san‘at turi xattotlikning vujudga keltirdi. Xattotlik Xitoy, YAponiya, Suriya va musulmon 
mintaqasida va Yevropada keng yoyildi, dastlab unga qimmatbaho kitoblarni chiroyli yozuv bilan ko‘chirib 
ko‘paytirish xunari sifatida qaralgan. Keyinchalik u mustaqil san‘at turiga aylandi. Xattotlik quroli sifatida 
musulmon Sharqida qamish qalam, Budha Sharqida mo‘yqalam, Yevropada –patqalam qo‘llanilgan. Xattotlikda 
harf yoki ieroglif ham aniq, ham chiroyli yozilishi bilan go‘zallikni namoyon etadi. Har bir xattot san‘atkor sifatida 
o‘z yozish uslubiga ega bo‘lgan. Bizning mintaqamizda ushbu san‘at tufayli arab yozuvining turli xil go‘zallashgan 
ko‘rinishi vujudga keldi. Nasta‘liq, nasx, suls, kufiy, Rayhoniy va b. shular jumlasidandir. 
Hukumdorlar devonlaridagi mirzalar ham chiroyli yozuv sohiblari bo‘lgan. Lekin ular farmonlar, 
ko‘rsatmalar, rasmiy maktublar bilan shug‘ullanganlar, ularda real, diplomatik talablar ifoda topgan. Xattotlikda 
harflar go‘zalligi, birinchi o‘rinda turgan. Bunga misol tariqasida Sultonali Mashhadiy ko‘chirgan Navoiy 
devonlarini keltirish mumkin. Xattotlik san‘atining ravnaqi O‘rta asarlarga to‘g‘ri keladi. Tabriziy, Sultonali 
Mashhadiy, Majnun ibn Kamoliddin Rafiqiy, Munis Xorazmiy singari xusnixatning yirik san‘atkorlari ayni paytda 
xattotlik san‘ati to‘g‘risida estetik risolalar ham bitganlar. 
Xattotlikning san‘at tarixidagi yana bir muhim xizmati shuki, u musulmon Sharqida rangtasvir san‘ati 
rivojiga, xususan uning minatyura janri taraqqiyotiga ulkan xissa qo‘shdi. Kitoblar nafaqat o‘simliksimon tasvirlar 
bilan bezatila boshlandi, balki ko‘chirilayotgan asar syujetlariga mos minatyuralar ham rusm bo‘ldi. Bularning 
hamasi Navoiy davrida Hirotda ―Nigoriston‖ miniatyura maktabining vujudga kelishiga olib keldi. SHuningdek
keyinchalik Buxoro, Hindiston, SHeroz minatyura ham paydo bo‘ldi va endi miniatyura maktablari alohida, faol 
janr sifatida ma‘naviy hayotda katta o‘rin egalladi. M., SHafiiy Abbosiyning ―Uxlayotgan darvish‖ (Isfaxon, 1650), 
Mirza Alining ―SHaxmat o‘yini‖ (Mashhad 1556 – 65) Buxoro maktabida yaratilgan ―Ustoz va shogird kurashi‖ 
(XVIasr), ―CHashma bo‘yidagi bazm‖ (1578) kabi minatyuralar ana shunday mustaqil maktablar namunalaridir. 
Ko‘rib o‘tganimizdek, xattotlik san‘ati kitobat, ya‘ni kitobni o‘quvchiga go‘zal shaklda etkazish bilan 
bog‘liq. SHu bois bosma tarzda kitob chop etish vujudga kelgach, xattotlikka ehtiyoj qolmadi va tez orada u san‘at 
sifatida faollikni yo‘qotib, tarixga aylandi. 

Download 3.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   302   303   304   305   306   307   308   309   ...   318




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling