O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi andijon mashinasozlik instituti
ikkinchi muammo. Estetika fani san'atning mazmun va shakli singari masala ham muxim o‘rin tutadi. Estetika fani. 3
Download 3.89 Mb. Pdf ko'rish
|
Andijon mashinasozlik instituti
2. ikkinchi muammo. Estetika fani san'atning mazmun va shakli singari masala ham muxim o‘rin tutadi.
Estetika fani. 3. Estetikaning yana bir muxim muammolardan biri badiiy obraz muammosidir. Badiiy obraz hayotni aks ettirishni , uni umumlashtirishning san'atga xos spesifik xususiyatidir. 4. Va nixoyat yana bir muammo badiiy diddir. Badiiy did-kishining adabiyot va san'at asarlaridan ma'naviy quvonch olishi uning badiiy didida namoyon bo‘ladi. Negaki, kishilar san'at va adabiyotni sevadilar. Badiiy ijodiyotsiz insoniyat hayotini tasavvur etish qiyin. San'at asarlarini idrok etganda inson ko‘ngil ila vujudga kelgan tuyg‘ular o‘zini kuchli turkuni , ijtimoiy mazmuni bilan ajralib turadi. Chunki, badiiy ijodiyotdagi har bir obraz, har bir xarakter ma'lum ijtimoiy idealni ifodalaydi, ma'lum axloqiy va estetik g‘oyani ilgari suradi. Bu jihatdan san'atning ijtimoiy ong formalaridan biri sifatida kishilaming tushunchasiga, ijtimoiy faoliyatiga ko‘rsatadigan ta'siri nixoyatda kattadir. San'at universal xususiyatlarga ega bo‘lib, barcha ijtimoiy guruxlarni, voqe'likni estetik jihatdan o‘zlashtirishga da'vat etadi. Estetika tuyg‘ularning ma'naviy tus olishi uchun yetakchi omilga aylanadi. Estetika ishlab chiqarish, kishilarning mehnatiga tobora ko‘proq kirib bormoqda. Endilkda korxonalarda Yangi xil stanoklar, sex jihozlarining estetik sifatini ta'minlash, korxonalarning barcha binolari estetik talablarga javob berishi, go‘zallik tuyg‘ularini uyg‘ota olishi va qondirish uchun g‘amxo‘rlik qilish bilan bevosita mutaxasislar paydo bo‘lmoqda. Bozor iqtisodiyoti sharoitidagi talabalaridan yana biri o‘quv yurtlari, binolari va o‘quvxonalarini yosh avlodning badiiy didiga, hamda estetik ehtiyojlariga javob beradigan tarzda jixozlantirishdir. Maxsus fan ishlab chiqarish estetikasi, texnika estetikasi fani paydo bo‘ldi. Ilgari ishlab chiqarishda uchramagan «texnika estetikasi», «dizayn» kabi tushunchalar hayotimizga kirib keldi. Hozirgi zamon sanoat ishlab chiqarishning estetik tomonining o‘rganadigan fani texnika estetikasi deyiladi. Bu bilan mutaxassis rassomlar shug‘ullanadi. Ularning san'ati «dizayn» degan nom bilan yuritiladi. Dizayn nima? Dizayn- bu ishlab chiqarishda rassomlar, «dizaynerlar» tomonidan bo‘lajak buyum loyixasining yaratilishini o‘z ichiga oladigan estetik faoliyatning turi hamda ijod natijasi sifatga, ega bo‘lgan tayyor sanoat buyumi. Predmetlartarning vazifasi: 1) Predmetlartar tibsizligiga barham berish 2) predmetlar olamini tartibga keltirish 3) texnika estetikasi va dizayn, uning nazariya va amaliyotining vazifasi ana shubdan iborat. Har qanday texnik shaklga dizayn tomonidan qo‘yiladigan asosiy talab - foydalilik qulaylik va go‘zallikdir . Masalan : Dastlabki avtomobil shakl jixatidan oddiy qadimgi ekipajni eslatgan. Uning havo qarshiligiga kamroq uchraydigan, o‘qlarining past tushishi kabi sifatlari bilib olingandan so‘ng, bizning bugungi kunda zavqlantiradigan va ko‘zimizni quvontiradigan o‘sha dinamik shakli yaratilgan . Hozirgi zamon avtomobilining go‘zalligini uning amaliy vazifasidan ajratib bo‘lmaydi . Yaqin kelajak texnikasi yanada mukammalroq va go‘zalroq mashinalar yaratadi. Buning guvohi qudratli kemalar va laboratoriyalarda ranglar tanlab, operatorlik posti signalizasiyasini soddalashtirib, dizayner unga Yangi, go‘zal qiyofa beradi. U avtomobil, samolyot, teploxod, sex, zavodning ichki salonining jihozlashi mumkin. Download 3.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling