O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi andijon mashinasozlik instituti


Download 3.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet308/318
Sana12.08.2023
Hajmi3.89 Mb.
#1666689
1   ...   304   305   306   307   308   309   310   311   ...   318
Bog'liq
Andijon mashinasozlik instituti

Ko‟rgazmali-amaliy san‟at. Bu san‘at turiga turli materiallardan turmushda foydalanish maqsadida 
yaratilgan, lekin bir paytning o‘zida estetik ehtiyojni ham qondiradigan, go‘zallik ruhini ufurib turadigan, bezaklilik 
xususiyatiga ega narsalar dunyosi kiradi. Narsalar dunyosi deyishimizning sababi shundaki, ko‘rgazmali-amaliy 
san‘at mohir zargar ishlagan jajji uzukdan tortib, Xiva gilami-yu, ulkan devoriy rasmlar – pannolargacha xilma-xil 
hajm va shakllarda kompozistiya, ritm, ranginlik orqali in‘ikos etgan go‘zallikni o‘z ichiga oladi.
Bu san‘at turining ko‘rinishlari shu qadar xilma-xilki, ularni sanab chiqishning o‘zi juda ko‘p vaqtni oladi. 
Ayni paytda bu ko‘rinishlar aslo bir-birining o‘rnini bosolmaydi, bir-birini takrorlaydi ham. 
Ko‘rgazmali-amaliy san‘at qadimdan, mehnat qurollari, hunarmandchilikning rivojlanib borishi bilan 
kundalik turmush ehtiyoji uchun qo‘llaniladigan ash‘yolarni bezash, me‘morlik inshootlarini turli naqshlar va 
koshinlar vositasida go‘zallashtirish orqali estetik telablarga javob berib keladi. Aynan ana shu san‘at turida 
hunarmandchilikning san‘atga aylanishi ro‘y beradi. M., aytib o‘tganimizdek, XVIII-XIX asrlardagi Buxoro-Qo‘qon 
uslubida naqshlangan go‘zal mis qumg‘onlar dastlab faqat o‘zining muayyan maqsadga xizmat qilishi bilan diqqatga 
sazovor edi. Lekin hozirgi paytda ular har biri betakror san‘at namunasi, misgar ustaning san‘atkorlik mahorati 
tajassum topgan ma‘naviy qadriyat tarzida idrok etiladi. Yoki yog‘och o‘ymakorligini olaylik, uni biz hozirgi paytda 
hunar emas, san‘at mahsuli tarzida qabul qilamiz. 
Ko‘rgazmali-amaliy san‘at turi deganda, yuqorida atganimizdek, biz faqat xalq amaliy san‘atini
tushunmasligimiz kerak. Qadimlardan bizgacha etib kelgan devoriy rasmlarni ham unutmasligimiz lozim. 
Xalchayon, Fayoztepa, Bolalik tepa, Afrosiyobdan topilgan devoriy tasviriy san‘at namunalari o‘zining 
monumentalligi bilan hanuzgacha kishini hayratga soladi. Ana shunday an‘anaviy san‘at namunalarini hozir 
zamonaviy binolarga tatbiq etish yaxshi natijalar berayotgani bizga ma‘lum. M.,CHingiz Ahmarovning Navoiy 
teatri foyesi devorlariga ishlagan, B.Jalolovning «Bahor» konstert zali devorlariga ishlagan monumental ponnolari 
shunday go‘zal va ulug‘vor san‘at asarlaridir. 
Shunday qilib, bu qadimiy va doimo navqiron san‘at turi atrofimizda, shaharsozlikda, oilaviy muhitimizda 
gulzoru manzaralar, gulchin peshtoqlar, o‘ymakor ustunlar, devoriy rasmlar, me‘moriy releflar, uzuklaru sirg‘alar 
197
Qarang: Zоhidоv P. Mе‘mоr оlami. T., Qоmus, 1996, 128 b. 


v.h. shaklida namoyon bo‘lib, o‘zining xilma-xil estetik ko‘rinishlari bilan kundalik hayotimizni go‘zallashtirishga, 
badiiy-estetik didimizning yuksalishiga hissa qo‘shib turadi. 
Haykaltaroshlik. Eng qadimgi, ibtidoiy davrlardan boshlab hozirgacha haykaltaroshlik o‘z maqeini 
yo‘qotmay kelayotgan san‘at turlaridan biri. Haykaltaroshlik materiali bo‘lib, yumshoq (ganch) va qattiq (tosh, 
yog‘och) substrat xizmat qiladi. Lekin haykalning tayyor holatida yumshoq materiallarning ham qattiqlashganini 
ko‘ramiz. M., ganch, eritilgan mis, brinj avval suyuq (yumshoq holida bo‘lib, zarur qoliplarga) solgandan keyin 
qattiqlashadi. 
Bu san‘atning asosida faqat oniy, bir lahzalik san‘at tasviri yotadi. Haykaltarosh tomonidan ana shu eng 
muhim harakatini topish hamda unga mos nur va soyani tanlash yuksak isde‘dodni talab qiladi. Zero o‘sha tanlangan 
oniy harakt bizga avvalgi haraktlar haqida estetik tasavvur beradi va bo‘lajak harakatlarga ishora qiladi. Shu uch – 
(o‘tgan, hozirgi, kelasi) zamondagi harakat ifodasi joy, nur va soyaning o‘rin almashishi bilan o‘zgaradi, ya‘ni 
haykal ma‘lum ma‘noda o‘zgacha tovlanish kasb etadi. Boshqacha qilib aytganda, haykal nur va soya o‘yini bilan 
idrok etuvchini maftun qiladi. Unda estetik hissiyot uyg‘otadi. 
Haykaltaroshlik monumental san‘at deyiladi. Chunki ko‘pincha u katta hajmli haykallar yoki majmularni o‘z 
ichiga oladi. Ayni paytda uning kichik hajmdagi va har biri o‘ziga xos bo‘lgan holda muayyan yuzalikda shakllar 
uyg‘unligini tashkil etadigan ko‘rinishlari ham mavjud. Haykaltaroshlikning birinchi hiliga alohida makonni 
egallagan va har hil rakkursda tomosha qilish mumkin bulgan asarlar kiradi. Unga qadimgi Yunonistonning Rodost 
oralidan chiqqan san‘atkorlar Agesandr, Atenador va Polidor yaratgan mashhur «Lokon» haykallar majmui misol 
bo‘la oladi. Ikkinchi hil haykaltaroshlik releflarda, peshtoqlar va devorlarni bezab turuvchi bo‘rtma shakllarda
asosan me‘morlik san‘atiga singishib ketgan holda namoyon bo‘ladi. Masalan, buddhachilik davriga oid «Ayritom 
musiqachilari» deb shartli nomlanadigan bo‘rtma haykallar guruhi shular jumlasidan.
Haykaltaroshlik hayvonlarni, o‘simliklarni ham tas‘virlaydi. Lekin uning asosiy mazmuni – inson va uning 
ruhiyati. Haykaltarosh, sumba, iskana, qolib yoki lo‘mboz vositasida bizga toshdagi, yog‘ochdagi, (bironza) birinch 
yoki ganchdagi inson qiyofasini taqdim etadi. Badiiy qiyofa qanchalik jonli chiqsa, uni turli nuqtadan tomosha qilish 
imkoni qancha keng bo‘lsa, o‘sha asar haqiqiy san‘at namunasi deb qabul qilinadi. Haykallar san‘at asari sifatida 
bir-birini takrorlamasligi kerak. Shu bois sho‘rolar davrida bir qolipda quyilgan, har bir maydonga, guzarlarga, 
davlat idoralari oldiga o‘rnatilgan ulug‘ rahbarning qiyofasi, bir qolipda quyilgan «dohiylar» haykallari hech qachon 
san‘at asari bo‘lolmaydi.
Ko‘pgina san‘at turlarida bo‘lganidek, haykaltaroshlik ham deyarli barcha estetik xususiyatlarni namoyon 
etadi. M., poytaxtdagi Motamsaro Ona haykali fojeaviylikni, D.Qutimurodov yog‘ochdan ishlagan «Qoraqalpoq 
qizi» go‘zallikni, Toshkent zilzilasiga bag‘ishlangan me‘morial – ulug‘vorlikni o‘zida in‘ikos ettiradi.

Download 3.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   304   305   306   307   308   309   310   311   ...   318




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling