O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi andijon mashinasozlik instituti


Download 3.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet311/318
Sana12.08.2023
Hajmi3.89 Mb.
#1666689
1   ...   307   308   309   310   311   312   313   314   ...   318
Bog'liq
Andijon mashinasozlik instituti

Raqs san‟ati. Bu san‘at turi Yevropada xoreografiya deb ataladi va raqsning barcha turlarini o‘z ichiga oladi. 
Raqs qo‘l va oyoq harakatlariga asoslanadi, lekin bu harakatlar ritm, muqom va badanning plastik egiluvchanligi 
vositasida shiorona xayolot parvozini ifodalaydi. Bu vositalarning hammasi musiqa yordamida (juda bo‘lmaganda 
bir musiqiy asbob ishtirokida) umumiy bir uyg‘unlikni tashkil etadi, ana shu uyg‘unlik raqsning san‘at sifatidagi 
mohiyatini anglatadi. Raqsning ham o‘z ichki turlari ko‘p, diniy-falsafiy raqslar, mehnat raqslari yoki kasbiy raqslar, 
sof o‘yindan iborat raqslar, insoniy kayfiyatni anglatadigan raqslar, maxsus sstenariy (libretto) asosida 
sahnalashtiriladigan va uzoq vaqt davom etadigan raqslar v.h. M., hind mumtoz raqslarida diniy-falsafiy mazmunni 
ifodalash birinchi o‘rinda turadi, qo‘llar, oyoqlar, qosh-ko‘z harakatlari olamning vujudga kelishidan tortib, qadimgi 
Hindiston ma‘budlarining hayotigacha aks ettiradi. Bu raqslar daqiqalar emas, soatlar mobaynida ijro etiladi. 
Zamonaviy balet ham mazmunni aks ettirishda hind raqslariga o‘xshab ketadi, lekin bu erda asarni sahnalashtirish – 
teatrlashtirish muhim o‘rin egallaydi. O‘zbek xalq raqslarida esa egiluvchanlik, o‘yin unsuri bo‘rtib ko‘zga 
tashlanadi va butun xatti-harakat asosan tomoshabin qalbiga quvonch hamda zavq berishga yo‘naltiriladi. Unda ayol
latofatining she‘riyati, nozikligi, noz-karashmasi erkaklarning mardona ulug‘vorligi, qudrat ramzini anglatuvchi 
harakatlari aks etadi. Kasbiy raqslarda esa muayyan mehnat turining shoirona tasviri o‘z ifodasini topadi («CHo‘pon 
raqsi», «Terimchi raqsi» v.h.). 
Raqs san‘ati, yuqorida aytganimizdek, folklorning uzviy qismi tarzidagi va sahnaviy – teatrlashtirilgan 
ko‘rinishlarga egaligi bilan birga, mintaqaviy-mahalliylik xususiyatiga ham ega. M., o‘zbek raqsida uch yo‘nalish 
mavjud: Toshkent-Farg‘ona, Xorazm va Buxoro yo‘llari (ba‘zan usullari ham deyiladi). Ular bir-biridan ifodaviy 
usullarning o‘ziga xosligi bilan farqlanadi, ayni paytda har bir raqqosa yoki raqqosning o‘z uslubi bor. M., 
Mukarrama Turg‘unboeva bilan Galiya Izmaylovaning raqslari bu san‘atning buyuk namunalari bo‘lgani holda, 
uslubiy jihatdan bir-biridan farq qiladi. 
So‘nggi paytlarda raqs san‘ati bizda keng yoyildi va unda havaskorlik unsurlari shu qadar ko‘payib ketdiki, 
natijada istagan qo‘shiqchi o‘zi raqqosalik, raqqoslik qila boshladi, raqsning san‘at turi sifatidagi qonun-qoidalari 
tan olinmay qo‘yildi. Goho bir qo‘shiqchi 6-8 nafar raqqosani, ba‘zan esa ayollar ayollarni «o‘ynatadi». Bunday
hol professional san‘at havaskorlik darajasiga tushirishga, uning tanazzulga uchrashiga xizmat qilmoqda. O‘zbek 
milliy raqsi an‘analari, haqiqiy san‘at «erkin», «ommaviy raqs bo‘tqasi» ichida asl yuzini yo‘qotib bormoqda. Shu 
sababli, ming afsuski, hozirgi paytda kechagina sahnada bo‘lgan qizlarxon Do‘stmuhamedova, Malika Ahmedova, 
Rushana Odamboeva kabi san‘atkorlarning o‘rnini bosish u yoqda tursin, ularning yoniga yaqin keladigan 
raqqosalar yo‘q.
Teatr. Insoniyat ma‘naviy hayotida Teatr san‘ati juda qadamdan o‘z o‘rnini yo‘qotmay keladi. Bundan bir 
necha ming yillar avval qadimgi Hindiston, qadimgi Xitoy va qadimgi Yunonistonda dastlab teatr bir kishilik 
sahnadan iborat bo‘lgan, keyinchalik ikki kishilik sahnadan, undan keyingina jamoviy san‘at turiga aylangan. 
YA‘ni spektakl jamoaviy ijod mahsuli – rejissyor, dramaturg, aktyor va rassomning ijodiy izlanishlari natijasi 
o‘laroq yuzaga keladi. Ayni paytda unda bir necha san‘at turi omuxta tarzda namoyon bo‘ladi: me‘morlik, rassomlik 
(dekorastiya), musiqa va notiqlik san‘atining hamkorligi spektaklning sahnaviy asosini, dinamik tarzda rivojlanib 
boradigan dramatizm esa uning badiiy – estetik mohiyatini belgilab beradi. 
Har bir spektaklning muvaffaqiyatli chiqishi rejissyor va aktyorlik iste‘dodi, mahorati bilan bog‘liq. Rejissyor 
ham, aktyor ham ijodkor. Rejissyor butun spektaklning ibtidodan intihosigacha yaxlit asar tarzida tasavvur qiladi va 
o‘z g‘oyaviy niyatini aktyorlar ovozi, harakati hamda sahnaviy ko‘rinishlardagi moddiy ashyolar orqali ro‘yotga
chiqaradi. U drama yoki dramalashtirilgan epik asar (roman, qissa) asosida undan ma‘lum ma‘noda farqlanadigan 


o‘zining badiiy-estetik talqinidagi Yangi asarni taqdim etadi, ya‘ni drama yozuvchining, spektakl esa asosan 
rejissyorning asari. Rejissyorning mahorati, aktyor va rassom ko‘magida sahnani o‘ziga xos olamga aylantiradi: 
unda biz o‘z zamonamizni ham, kechmish zamonlarni ham ko‘ramiz, ularning eng muhim, xarakterli jihatlarini 
ilg‘ab olamiz. 
Rejissyor o‘ylagan g‘oyani aktyorlar amalga oshiradi. Aktyor – sahnaning joni, uning har bir holati, yuz 
ifodasi, ovozidagi ohang, monolog va dialog paytlaridagi qo‘l harakatlari badiiy qiyofani yaratadi. Zero 
spektaklning o‘zi boshdan-oyoq dinamik harakat mahsulidir. Shu bois ham aktyor mahorati, iste‘dodi sahna asari 
darajasini belgilaydigan asosiy omillardan. M., Otello rolini buyuk aktyor Abror Hidoyatov bilan ijro etgan spektakl 
orasida T. Azizov garchand u ham iste‘dodli aktyor bo‘lsa-da juda katta, qiyoslab bo‘lmaydigan darajada farq bor. 
Teatr san‘atining yana bir o‘ziga xos jihati shundaki, unda sahna asari tomoshabin oldida yaratiladi, o‘sha 
rejissyor, sahnaga qo‘ygan o‘sha aktyorlar o‘ynagan bugungi spektakl kechagidan farq qiladi. Bu sahna san‘atining
doimiy ijodiyligini ko‘rsatadi, bugungi ijroga aktyor nimanidir qo‘shadi yoki undan olib tashlaydi. Bu uning ruhi, 
ijodiy kayfiyati, ikki yoki uch kunlik o‘sishi bilan bog‘liq. 
Teatrning turlari ko‘p: yoshga qarab bo‘linadigan yoshlar teatri, bolalar teatri, jonli aktyor ishtirok 
etmaydigan qo‘g‘irchoq teatri bor. SHuningdek, musiqadan juda keng foydalanadigan, butun boshli piesa yoki 
librettoga bastakor alohida, davomli, kuy bastalaydigan balet musiqali drama, operetta, opera singari estetik 
mohiyatiga qarab ajratiladigan teatr turlari ham mavjud. Lekin qaysi turdagi teatr san‘ati bo‘lmasin, u millat va 
shaxs estetik didini yuksaltirishda katta ahamiyatga ega. 
O‘zbek milliy teatri qadim zamonlarda avval qo‘g‘irchoq («chodir xayol») tarzida mavjud edi. Faqat 
keyinchalik, XX asr boshlarida milliy drama paydo bo‘lgach (M.Behbudiy, «Padarkush»), zamonaviy teatr vujudga 
keldi, deb aytishimiz mumkin. Teatr jadidchilik harakati bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, favqulodda juda tez va keng 
yoyildi. O‘zbekiston hududida XX asr 10-yillarining o‘zida Samarqandda, Toshkentda va Qo‘qonda teatr truppalari 
paydo bo‘ldi, o‘zbek xalqi ma‘naviyati xazinasi yana bir go‘zal san‘at bilan boyidi. Behbudiy, Avloniy, Hamza kabi 
buyuk ziyolilar bunda katta xizmat qildilar. Keyinchalik Mannon Uyg‘ur, Etim Bobojondek ulkan rejissyorlar, 
Abror Hidoyatov, Obid Jalilov, SHukur Burxon, Olim Xo‘jaev, Sora Eshonto‘raeva, Nabi Rahimov, Hamza 
Umarov, Rahim Pirmuhamedov kabi buyuk dramatik aktyorlar etishib chiqdi. Karim Zokirov, Halima Nosirova, 
Bernora Qorieva, Soadat Qobulova, Muyassar Razzoqova, Guli Hamraeva singari opera va baletning mumtoz 
ustalari jahonga tanildilar. Hozirgi o‘zbek teatri ma‘naviy-axloqiy maskan, haqiqiy ibratxona sifatida diqqatga 
sazovordir. «Chunki sahna san‘atining odamlarga nafaqat zavq-shavq baxsh etishi. ayni paytda milliy g‘urur, milliy 
iftixor manbai, qudratli tarbiya vositasi ham bo‘la olishi – bu isbot talab qilmaydigan haqiqatdir»
201
.
Sirk. Sirk eng qadimgi an‘anaviy san‘at turlaridan biri. U Sharqda vujudga kelgan va dorbozlik san‘ati deb 
ham atalgan, ko‘chma tomosha sifatida xalq orasida shuhrat qozongan. Unda dorda langar bilan yurishdan tashqari, 
dorboz havo gimnastikachisi (chig‘iriqda) vazifasini ham bajargan. Pastda albatta nog‘ora dorbozning harakatlariga 
mos ohangda yangrab turgan. Ayni paytda pastda qiziqchi, ko‘zboylog‘ich, akrobat (besuyak), ayiq o‘ynatuvchi 
ishtirok etgan, ba‘zan askiyadan ham foydalanilgan. 
Hozirgi paytda zamonaviy stirk o‘sha unsurlarni asosan saqlab qolgani holda, yanada murakkablashgan inson 
dovyurakligini, tanasining eguluvchiligini, erishib bo‘lmaydigan darajadagi epchillikni aktyor mahorati orqali 
namoyon etadi, unutilmas badiiy qiyofa yaratadi. Endilikda buning uchun maxsus aylana shaklida qurilgan, 
tomoshabinlar o‘rindiqlari ham aylana qilib joylashtirilgan bino va arena deb ataladigan aylana o‘yin maydonidan 
foydalaniladi. Undagi tomoshalarda inson tanasi go‘zalligini kuzatish bilan birga biz aktyor harakatlaridan vujudga 
kelgan insoniy mo‘‘jizalarni ham ko‘ramiz. STirk insonning nafaqat o‘z a‘zolari va hissiyotlari, balki hayvonlar,
o‘yin asbobi bo‘lmish narsalar, makon, tomoshabinlar hissiyotlari, atrof-muhit ustidan, kengroq ma‘noda olganda, 
dunyo ustidan cheksiz hukumronligini namoyish etishi bilan bizni doimo xavotirdan hayratga aylanadigan estetik 
idrok etish jarayonini boshdan kechirishimizni ta‘minlaydi. Zero stirk «sof estetik» san‘at, unda bevosita
manfaatdorlikni uchratmaymiz. M., bir shlyapa ostida ko‘zboylog‘ich uchirgan besh yoki o‘nta kaptardan, olov 
halqa ichidan arslonning sakrab o‘tishidan, hech qaysi sportchi bajarolmaydigan chig‘iriq (gimnastik) yoki 
akrobotik (belsuyak) o‘yinlardan qanday manfaat bo‘lishi mumkin? Chunki stirkda respublika yoki jahon 
birinchiligi uchun (manfaatli) musobaqa o‘tkazilmaydi, umuman, stirk musobaqa degan tushunchani inkor etadi. 
Sirkning yana bir o‘ziga xos xususiyati, unda doimiy masxaraboz-qiziqchining ishtirok etishi, ya‘ni kulgililik 
xususiyatining doimiy mavjud bo‘lishi bilan belgilanadi. Masxaraboz faoliyati stirkdagi barcha narsalarni 
(namoyishlarini), sirtdan bo‘lsa-da, bog‘lab turadigan, tomoshabinni bir hayratlanarli keskin kechinmali, havotirli 
holatdan ikkinchisiga o‘tishi uchun kulgili tanaffusni, muayyan ma‘nodagi forig‘lantirishni o‘z ichiga oladi. 
Masxaraboz mantiqiylik ustidan nomantiqiylikning, absurdning shartli ravishdagi g‘albasini ko‘rsatadigan va shu 
bilan tomoshabinda kulgi uyg‘otadigan, har bir davr uchun zamonaviy bo‘lgan, ya‘ni har bir zamonning «o‘z 
kulgisini» topa oladigan o‘lmas badiiy qiyofa. 
Shuningdek, sirk san‘atida vorisiylik birinchi navbatda oilaviy san‘atkorlik, qolaversa ustoz-shogirdlik 
an‘analari hukumron. M., o‘zbek stirkida Toshkenboevlar oilasi bu san‘atning, deyarli barcha sohalarida faoliyat 
ko‘rsatdilar va ko‘rsatmoqdalar, hozir biz stirkka kirsak, «nevara va evara san‘atkorlar» namoyishlaridan estetik 
zavq olamiz.
201
Karimоv.I.A. Хavfsizlik va tinchlik uchun kurashmоq kеrak. T., O‘zbеkistоn, 2002 y., 55–56-b.


Umuman olganda, stirk san‘ati millatni, ayniqsa yoshlarni mo‘‘jizaviylikdan hayratlanib, kulgililikdan 
forig‘lanib-jismonan baquvat, epchil, o‘z ruhi a‘zoi badani ustidan hukumronlik qila oladigan, katta tabiatining bir 
qismi bo‘lmish hayvonlar tabiatidan xabardor shaxs sifatida kamol topishida muhim ahamiyatga ega. 
Askiya. Baxshilik san‘atiga o‘xshab, askiya ham xalq og‘zaki ijodi mahsuli. U arab tilidagi «o‘tkir zehnli» 
ma‘nosini anglatadigan «zakiya» (ko‘pligi – «azkiya») so‘zidan olingan bo‘lib, qadimgi, xalq sevgan san‘at 
turlaridan biri. U – ikki va undan ortiq kishi tarafma-taraf bo‘lib, davrada, to‘g‘ridan-to‘g‘ri, tomoshabinlar olqishi 
shaklidagi baholash usulida o‘tkaziladigan so‘z o‘yini. 
Ammo askiya oddiy so‘z o‘yinidan qat‘iy belgilangan mavzui bilan ajralib turadi. Uning bu xususiyati payrov 
janrida yaqqol ko‘zga tashlanadi. Bu janr nihoyatda izchillikni talab etadi, payrovdan chiqish, chetga uni chala 
qoldirib ketish, mumkin emas. «To‘laqonli adabiy asarda, masalan, tabiat manzaralari, kishilar obrazi va xarakteri, 
ularning hayotga munosabatlari, voqealarning rivojlanishi va tugallanishi, g‘oya va harakatni to‘lduruvchi detallar 
tasvir etilganday, - deb yozadi askiyashunos R.Muhammadiev, - payrovda ham bu talablar amalga oshirilishi shart, 
aks holda u «chala», «xom» bo‘lib qoladi. SHu jihatdan qaraganda payrov syujetli yaxlit badiiy asar 
hisoblanadi»
202
. M., «Imorat» payrovida olingan eru poyolvorga qazilgan chuqurlindan boshlab, to tom yopilib, 
imorat uvog‘u bo‘yoqdan chiqqunicha bo‘lgan jarayon aks etishi kerak. 
Payrovdan farqli o‘laroq, o‘xshatdim, bo‘lasizmi, gulmisiz, rayhonmisiz qofiya, radif, kabi kichik janrlarda 
askiyachi o‘z raqibining ba‘zi sifatlarini, xislatlarini boshqa narsalarga o‘xshatish, nisbat berish orqali kulgi 
uyg‘otadi. Bunda, R.Muhammadiev ta‘kidlaganidek, ikki tarafning har safargi savol-javobdan keyin mavzu tugashi 
va ikkinchi savol-javobida boshqa mavzuga o‘tish mumkin. 
Askiyaning hamma janrlarida ham so‘z qo‘llashdagi mohirlik, mubolag‘a, kinoya, kessatiq, qo‘l, yuz 
harakatlari singari vositalardan foydalanish katta ahamiyatga ega. Lekin, eng muhimi, bu san‘at turining hamma 
janrlarida belgilovchi xususiyatlardan biri –hozirjavoblik. Raqib tomonning savoliga yoki sifatlashiga sayoz, kulgi 
uyg‘otmaydigan tarzda javob bergan, «hujum»ni munosib rad etolmagan tomon engilgan hisoblanadi, zero 
favqulodda ko‘chma ma‘no, majoziylik qonuniyatiga binoan izchil va nozik fikrlash hozirjavoblikning moyasi 
hisoblanadi. 
Askiyaning yaxlit san‘at turi sifatidagi yashash sharti – bu uning erotik tabiatga egaligi. Unda mazmun 
mehnat turlariga, kasbga, muomalaga doir so‘z va atamalarga nihoyatda nozik, pardali tarzda jinsiy ma‘noni jolash 
orqali ochiladi. Aynan ana shu ko‘chma ma‘no tinglovchi hozirjavobligi tomoshabinda kulgi uyg‘otadi. Zero 
hozirjavoblik erotik-seksual urg‘uga ega bo‘lsagina, askiyaga aylanadi, aks holda u topib aytilgan hazildan nariga
o‘tmaydi. Ayni paytda askiyada laqab ishlatish ham o‘ziga xos o‘rin egallaydi. Lekin laqab askiyada shaxsning
jismoniy nuqsini ochish, hajv uchun emas, balki zaminida mehr yotgan hazil tariqasidagi latifa so‘z o‘yinlari 
vositasida kulgi qo‘zg‘otish uchun qo‘llaniladigan usul hisoblanadi. 
Askiya o‘zbeklarda urug‘chilik-qabilachilik davrida vujudga kelgan degan faraz bor. Zotan, darslikning 
tarixiy qismida ko‘rib o‘tganimizdek, SHrayber-Froyd nazariyasiga binoan qadimgi odam jinsiy munosabatlarga
doir so‘zlarni mehnat turlariga qo‘llab, og‘ir mehnatga huzurbaxshlik berishga intilgan. Askiyaning kelib chiqishi 
ham ehtimol shundadir. Bu san‘at turining eng ravnaq topgan davri ilmda XIV-XV asrlar deb tan olingan. O‘sha 
davrda mavlono Burhon lang, Said G‘iyosiddin Sharfa, Mavlono Xalil Sahof, Mavlono Abdulvose‘ munshiy kabi 
askiyachilar bu boradagi eng kuchli san‘atkorlar hisoblangan. Keyingi davrlarda ham askiya o‘zbek xalqining to‘y-
tomoshalari, tantanali marosimlarida o‘z o‘rniga ega nazokatli san‘at sifatida taraqqiy topib bordi. Biroq sho‘rolar 
davrida u «qayta ishlandi», ya‘ni uning erotik san‘at turi sifatidagi xususiyati inkor etildi. Natijada askiya zo‘raki 
kulgi asosiga qurilgan jiddiy «xalq og‘zaki ijodi janri»ga aylandi. M., biz iqtibos keltirgan «Askiya» kitobida o‘sha 
davrlarda yozib olingan va «Mushtum» jurlarida e‘lon qilingan payrovlar, askiyaning kichik janrlari, 
askiyachilarning mahoratiga qaramasdan, yoniningizda birov qitiqlab tursa ham, sizda kulgi qo‘zg‘otishi mushkul. 
Chunki mazmunan sostialistik, shaklan milliy bo‘lgan bu askiyalarda o‘q tomir – nihoyatda nozik pardalangan 
erotik xususiyat yo‘q. Aynan ana shu xususiyat tufayli boshqa san‘at turlariga (M., badiiy adabiyotga, teatrga v.b.) 
o‘xshab bolalar askiyasi, o‘simirlar askiyasi, yoki yoshlar askiyasi degan tushuncha qo‘llanilmaydi. Askiya faqat 
balog‘atga etgan kishilar uchun mo‘ljallangan san‘at turi. Lekin alohida ayollar askiyasi, erkaklar bilan ayollar 
yonma-yon ishtirok etgan askiyalar mavjud. M., mohir askiyaboz Muhabbatxon Yo‘ldosheva, Muhiddin Darvishov, 
Zaynobidin va Madaminjon YUsupovlar, Abdulhay mahsum Qozoqov kabi erkak askiyabbular davrasida ulardan 
qolishmagan holda ishtirok etib keladi. 
Hozir Mustaqillikdan keyin askiya yana o‘z asl qiyofasiga qaytdi. Haqiqiy askiyani keyingi paytlarda 
askiyabozlar musobaqalarida, respublika miqyosida katta tantanalarda, teleekranda tinglab, tomosha qilyapmiz. 
Bunday askiyalardagi kulgi o‘ziga xos tanqidiy ruhga ega. U jamiyatimizning yanada ravnaq topishi, estetik didni 
yuksaltirish uchun xizmat qilib kelayotgan san‘at turi. Lekin ba‘zi bir bizning mashhur «profesional» 
qiziqchilarimizning azbaroiy odamlarni kuldiraman deb bachkanalikka, bepardalikka yo‘l qo‘yayotgan holatlari ham 
uchrab turishi kishida afsus yug‘otadi. Vaholanki askiya, bir suhbatda ulkan yozuvchimiz Abdulla Qahhor 
aytganidek, usti bir qavat yupqa tuproq bilan yopilgan bir uyum go‘ng ustida o‘sgan atirguldek go‘zal, uning 
rangidan, hididan bahramand bo‘lish lozim, tagidagi tuproqni ochib, go‘ngni titish kerak emas. Aks holda 
askiyaning bor go‘zalligiyu, nozikligi, hayo pardasi yo‘qoladi, u so‘kish va so‘kinishning madaniylashgan shakliga 
aylanadi-qoladi. 
202
Askiya G‘. G‘ulоm nоmidagi Adabiyot va san‘at nashriyoti, T., 1970 y., 6–b. 



Download 3.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   307   308   309   310   311   312   313   314   ...   318




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling