O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi andijon mashinasozlik instituti


O‟z-o‟zidan tashkillashuv – materiyaning atributi


Download 3.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet78/318
Sana12.08.2023
Hajmi3.89 Mb.
#1666689
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   318
Bog'liq
Andijon mashinasozlik instituti

O‟z-o‟zidan tashkillashuv – materiyaning atributi Hozirgi ilmiy tasavvurlar har qanday jonli organizmni 
ochiq tipdagi o‘z-o‘zini tashkil etuvchi, ya‘ni atrof muhit bilan moddalar, energiya va axborot almashinuvini amalga 
oshiruvchi sistema sifatida tavsiflash imkonini beradi. Jonli narsalarning yana bir o‘ziga xos belgisi shundaki, ular 
ko‘payish qobiliyatiga egadir. Barcha jonsiz narsalardan farqli o‘laroq, faqat jonli organizmlargina o‘ziga o‘xshash 
organizmlarni yaratishi, sirtdan o‘sish va hayotni quvvatlash uchun zarur moddalarni olib, o‘z faoliyati 
chiqindilarini atrof muhitga chiqarib, o‘sishi, rivojlanishi mumkin. Boshqacha aytganda, jonli organizmlar borlig‘i 
funktsionaldir, u jarayon sifatida yuz beradi, ya‘ni muayyan jonli narsa mavjud bo‘ladi yoki, ta‘bir joiz bo‘lsa, u 
faoliyat ko‘rsatayotgani uchun ham unda hayot mavjud bo‘ladi. Bundan tashqari, jonli organizmlar mavjudligi 
uchun tegishli va mutlaqo muayyan fizik va kimyoviy muhit talab etiladi, zero ularning hayot faoliyati faqat 
muayyan sharoitda: joiz tem‘eratura, havo, namlik, oziq va shu kabilar mavjud bo‘lgan holda yuz berishi mumkin.
37
Аристотел // Всемирная энсиклопедия. Философия. -М.: Современний литератор. 2001.-С.69 
38
Қаранг: Вестник Российского университета дружбы народов. Сериа «Философиа». 2006. №1(11). –С. 46.


Qayd etilgan omillar aniq va ularni tekshirish mumkin bo‘lsa-da, jonli va jonsiz narsalar o‘rtasida uzil-kesil 
chegara o‘tkazish oson ish emas. Masalan, virusli zarralar jonli organizm hujayralaridan tashqarida moddalar 
almashinuvini amalga oshirmaydi, ko‘paymaydi va h.k. Bu ayrim olimlar ularni jonli narsalar qatoriga, ayrimlarning 
esa – jonsiz narsalar dunyosiga kiritishiga asos bo‘ladi. CHuqurlikda muzlatilgan taqdirda quritilgan urug‘lar yoki 
o‘ta sodda organizmlarda ham yashash jarayonlari nomuayyan vaqtga to‘xtaydi, ammo ular avvalgi (normal) 
sharoitga qaytarilgach, mazkur jarayonlar tiklanadi. 
Fan rivojlanishi bilan sabab-oqibat aloqalarining statistik qonuniyatlari va ehtimoliy tabiati haqidagi tasavvur 
yuzaga keladi. Murakkab sistemalarning o‘z-o‘zini tashkil etishi haqidagi fan – sinergetika determinizm talqiniga 
ma‘lum aniqliklar kiritdi. Bir qator ilmiy dalillar olimlar har qanday tabiiy hodisalar stoxastik xususiyatga ega va 
muayyan noaniqlik sharoitida yuz beradi, degan xulosa chiqarishiga olib keldi. Murakkab sistemalar uchun, odatda, 
rivojlanishning bir necha muqobil yo‘llari mavjud bo‘ladi. Sinergetika sabab-oqibat aloqalari nomutanosib 
sistemalarda namoyon bo‘lishining o‘ziga xos xususiyatlarini ochib beradi. Bu sistemalarning rivojlanishi ko‘p 
variantlidir. Bunda evolutsiyaning har qanday turi emas, balki yo‘llarning muayyan doirasi mavjud bo‘lishi mumkin. 
Rivojlanishda kutilmagan burilishlar yuz berish ehtimoli mavjud, chunki u tasodifiy aloqalar orqali sodir bo‘ladi. 
Nomutanosib sistemalar tashqi omillarga o‘ta ta‘sirchandir. SHu bois intensivlik darajasiga ko‘ra ahamiyatsiz 
bo‘lgan ta‘sirlar ham kutilmagan natijalarga olib keladigan shikastli oqibatlar sababi bo‘lishi mumkin.

Download 3.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   318




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling