60
Asosiy adabiyotlar:
1. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi -T., 2012-y.
2. Karimov I.A. “Yuksak ma’naviyat yengilmas kuch”. -T., 2008-y.
3. O‘zbekiston Respublikasining Oila Kodeksi. -T., 1998-y.
4. Musurmonova O. Oila ma’naviyati - milliy g`urur. -T., 1999-y.
5. Hasanboeva . O. va boshqalar. Oila pedagogikasi . -T., 2007-y.
6. Hoshimov K., Ochilv S.. O‘zbek pedagogikasi antologiyasi. –T., 1995-y.
2.2. Oila va uning vazifalari.
REJA:
1. Oila tushunchasi.
2. Oilaning vazifalari.
3. Jamiyatga munosabati bo‘yicha oilaning vazifalari.
4. Odamlarga munosabati bo‘yicha oilaning vazifalari.
Tayanch tushunchalar: oila, jamiyat, oila vazifalari, jamiyatga
munosabat, odamlarga munosabat.
Oila haqida bir necha xil tushunchalar mavjud: birinchidan, oila - bu nikoh
va qon-qaridoshchilikka asoslangan kichik ijtimoiy guruh, uning a’zolari
birgalikda yashaydilar
va uy ishlarini bajaradilar, bir-biriga nisbatan o‘zaro
majburiyatlar bilan birlashganlar. Ikkinchidan, oila bu-ijtimoiy institut bo‘lib, unda
odamlar o‘rtasida o‘zaro munosabatlar barqaror mustahkam shaklda bo‘ladi. Ana
shu o‘zaro munosabatlar doirasida odamlarning kundalik hayoti asosiy qismi
amalga oshiriladi:
intim munosabatlari, farzand ko‘rish va bolaning boshlang‘ich
ijtimoiylashish, tarbiyalash, tibbiy hizmat ko‘rsatish va boshqalar.
Oila - nikoh munosabatlari insoniyatga qadim davrlardan ma’lum. Neolit
davridayoq (15-20 ming yij ilgari) ongli inson paydo bo‘lganda, odamlar jamoasi
paydo bo‘lgandayoq ularning birgalikda xo‘jalik yuritishdagi va bola
61
tarbiyalashdagi
vazifalari tabiiy jinsiyligi, yoshiga qarab (erkak, ayol)
ajratilishiga asoslangan. Tarixda qayd etilgan oilaviy munosabatlarda farqlar
bo‘lishiga qaramay hamma oilalarni birlashtiradigan qandaydir umumiylik bor.
Bu oilaviy
tarzda hayot kechirishdir, bunda insoniyat yashashning yagona
imkoniyatini topgan. Olimlar oilaning turli vazifalarini ko‘rsatadilar. Biz birinchi
navbatda bolani tarbiyalash va rivojlantirishga taalluqlilarigagina to‘xtalib o‘tamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: