O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi andijon davlat universiteti ishanova m


Boshlang‘ich ijtimoiylashtirish vazifasi


Download 1.24 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/47
Sana03.11.2023
Hajmi1.24 Mb.
#1743837
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   47
Bog'liq
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi a

Boshlang‘ich ijtimoiylashtirish vazifasi - oila bola shaxsi shakllanishida 
faol ta’sir ko‘rsatadigan birinchi va asosiy ijtimoiy guruhdir. Oila ijtimoiy 
mikromuhit bo`lib, ijtimoiy ta’sir ko‘rsatish omilaridan biridir.  
U bolaning jismoniy, ruhiy va ijtimoiy rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatadi. 
Oilaning vazifasi bolaning tabiatiga mos ravishda rivojlanib borishi uchun uni asta 
-sekin jamiyatga kiritib borishdan iboratdir.
Insoniyat to‘plagan ijtimoiy tajribalarga, u tug‘ilib o‘sayotgan mamlakat 
madaniyatiga, uning ma’naviy-axloqiy qoidalariga, xalq an’analariga bolani 
orgatish ota-onalarining majburiy vazifasidir. 
Tarbiyaviy vazifasi - boshlang‘ich ijtimoiylashtirish jarayonida bolani 
oilada tarbiyalash muhim ahamiyatga ega bo‘ladi. Ota-onalar bolaning birinchi 
tarbiyachilari bo‘lganlar va shunday bo‘lib qoladi. Bolani oilada tarbiyalash 
murakkab ijtimoiy-pedagogik jarayondir. Oiladagi sharoit va muhit bola shaxsi
shakilanishiga ta’sir ko‘satadi. Ota va ona o‘z bolasini ardoqlaydilar, erkalaydilar, 
tashvish va qiyinchiliklardan asraydilar. Ota-onalarning shaxsiy ibratlari - bolaning 
tarbiyasiga ta’sir ko‘rsatishning muhim vositasidir. Uning tarbiyaviy ahamiyati 
bolaning taqlid ttishga qiziqishi, havasmandligiga asoslangan. Bilim va tajribaga 
ega bo‘lmay turib bola kattalar qilganini takrorlaydi, ularning harakatlariga 
ta’qlid qiladi. Ba’zan bolaning oilada olgan tajribasi atrof –odamlarga nisbatan 
yagona o‘lchov belgisi bo‘lib qoladi. To‘g‘ri, ba’zi oilalarda ota-onalari bemor 
bo‘lganida, buzuq axloqli hayot kechirganlarida, pedagogik ma’daniyatga ega 
bo‘lmagalarida va shu kabilarda tarbiya buzilishi mumkin. Albatta, oila shaxs 
tarbiyasiga shunchki o‘zining borligi bilan ta’sir ko‘rsatmaydi, balki qulay 


63 
ma’naviy-psixologik muhit, uning a’zolari o‘rtasidagi sog‘lom munosabatlar ta’sir 
ko‘rsatadi

Download 1.24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling