O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi andijon davlat universiteti ishanova m


Oilaning ijtimoiy maqomi va uning turlari


Download 1.24 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/47
Sana03.11.2023
Hajmi1.24 Mb.
#1743837
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   47
Bog'liq
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi a

Oilaning ijtimoiy maqomi va uning turlari 
Oila yaxlit sistemali tashkilotdir. Hozirgi zamonda oila oldida turgan
muammolardan biri - bu oilani jamiyatda moslashtirishdir (lotincha adapto -
moslashish), yani oilaning zamonaviy muhitda (jamiyatda) hayot sharoitlariga 
moslashishi hisoblanadi. Moslashish jaroyonining asosiy harakteri oilaning 
jamiyatdagi ijtimoiy maqomiga bog`liq. Moslashish jarayonidagi holati. Oilaning 
ijtimoiy maqomini aniqlash uchun uning bir qator funksional harakterlari la 
azolarning individual xususiyatlarini bilish kerak.
Oilaning tuzilishi xarakteristikalari 
1. Nikohli sheriklarning mavjudligi (to‘la, rasman to‘la,,to‘la emas). 
2. Oilaning hayotiy sikli bosqichi (yosh, yetuk, qari). 
3..Nikoh tuzish tartibi (birinchi, takroriy...). 
4..Oiladagi avlodlar soni (bitta, yoki bir necha avlodlar). 
5. Bolalar soni (ko‘p bolali, kam bolali...). 
Oila a’zolarining individual xususiyatlari. 
Bularga ijtimoiy-demografik, fiziologik, psixologik, oila katta a’zolarining 
patologik odatlari kiradi hamda bolaning xarakteristikasi kiradi: yoshi, bola 
yoshiga munosib nutqi rivojlanganligi, jismoniy va psixologik rivojlanish 
darajasi; uning qiziqishlari va qobiliyati; u boradigan ta’lim tashkilotlari, 
munosabat va o‘qitishdagi muvaffaqiyatlari: o‘zini tutishdagi chetlashishlar, 
patologik odatlari, ruhiy va psixik buzilishlar mavjudligi. 
Oila a’zolarining individual xususiyatlari uning tuzilishi va funksional
ko‘rsatkichlari bilan birgalikda kompleks xarakteristikasini tashkil etadi – oila 
statusi (lotincha status-holati, vaziyati).


66 
Oilaning ijtimoiy moslashishi birligi tashkil etuvchisi – oilaning moddiy 
ahvoli. 
Oilaning moddiy farovonligi, uning ta’minlanganligi bir necha miqdorli va 
sifatli ko‘rsatkichlar bilan baholanadi. Bular oilaning daromad darajasi, uning 
hayotiy sharoitlari, buyumlari mavjudligi (ya’ni oila ega bo‘lgan buyumlar) hamda 
uning a’zolarining ijtimoiy-demografik xususiyatlaridan iborat, bu oilaning 
ijtimoiy-iqtisodiy mavqeini tashkil etadi. Oilaning daromadlari darajasi hamda 
turar joyi sharoitlari belgilangan normadan past bo‘lsa, (tirikchilik minimumi va 
boshqalar) buning oqibatida oila eng kerakli hisoblangan yegulik, kiyim, turar joyi 
uchun haq to‘lash talablarini qondira olmaydi, bunday oila kambag‘al hisoblanadi 
va uning ijtimoiy-iqtisodiy statusi (maqomi) – past hisoblanadi Agarda oilaning 
moddiy ta`minlanishi ijtimoiy normalar minimumiga mos kelsa, ya’ni ongli hayot 
kechirish uchun asosiy talablarni qondira olsa, lekin moddiy mablag‘i dam olish, 
ta’lim va boshqa talablarni qondirishga etmasa, bunday oila kam ta`minlangan 
hisoblanadi. Daromadi darajasi va yashash sharoiti yuqori bo‘lib (ijtimoiy 
normalardan ikki barobar ko‘p va undan ortiq) faqatgina asosiy talablarini qondirib 
qolmay, yana turli xil xizmatlardan foydalanish imkoni bo‘lsa, bu oila moddiy
ta’minlangan hisoblanadi, ijtimoiy-iqtisodiy mavqega ega bo‘ladi.
Oilaning ijtimoiy moslashishi ikkinchi tashkil etuvchisining psixologik 
muhiti- oila azolari kayfiyati ularning hayotiy kechinmalari, bir-biriga munosabati, 
boshqa odamlarga, ishga, atrofdagi xodimlarga qarashlari natijasi sifatida yuzaga 
keladigan barqaror mustahkam emotsional kayfiyatdir.
Oilaning psixologik kayfiyati holatini baholash uchun er-xotinlar
o‘rtasidagi, bolalar va ota-onalar hamda yaqin qarindoshlar o‘rtasidagi o‘zaro 
munosabatlarini hisobga olish kerak bo‘ladi. Oilaning psixologik kayfiyati holati 
ko‘rsatkichlari quyidagilar hisoblanadi. Emotsional erkinligi darajasi, havotirlanish 
darajasi bir-birini tushinish, hurmat qilish, qo‘llash, yordam ko‘rsatish, 
hamdardligi, bir-biriga ta`siri darajasi, dam olish joyi (oilada yoki undan 
tashqarida) oilaning yaqin atrofdagilar bilan munosabatlari ochiqligi. Teng 
huquqlilik va hamkorlik tamoyillari asosiga qurilgan munosabatlar ma’qul 


67 
hisoblanadi. Oilada bir-birining huquqlarini hurmat qilishadi, bir-biriga
bog‘langanlik, mavjud emotsional yaqinlik his etiladi.
Oilaning har bir a’zosi o‘zaro munosabatlar sifatidan xursand. Bular 
mavjud bo‘lgan holatda - oilaning ijtimoiy-psixologik mavqei yuqori baholanadi. 
Oilada nosog‘lom psixologik muhit er-xotinlar yoki ota-onalar va bolalar 
o‘rtasidagi doimiy qiyinchiliklar va janjallar bo‘lgan holatda yuzaga keladi, oila 
a’zolari doim havotirda bo‘ladilar, o‘zlarini erkin his eta olmaydilar; oila a’zolari 
o‘rtasida begonalik hissi hukmron bo‘ladi. Bularning hammasi oilaning asosiy 
vazifalaridan biri bo‘lgan – psixoterapevtik, ya’ni stressni yo‘qotish, jismoniy va 
ma’naviy kuchlarni tiklab olish kabi vazifalarni bajarishga harakat qilinadi. 
Bunday holatda ijtimoiy-psixlogik muhit past darajali bo‘ladi. Shu bilan birga 
yomon munosabatlar inqirozni, butunlay bir-birini tushunmaslik, bir-biriga 
dushmanlik, jahl bilan kuch ishlatish (jismoniy, seksual), ajratish istagi paydo 
bo‘lishi 
bilan 
ifodalanuvchi 
holatlarga 
aylanishi 
mumkin. 
Inqirozli 
munosabatlarga: ajralish, bolaning uydan qochib ketishi, qarindoshlari bilan 
munosabatlari bo‘sh ifoda etilganda, doimiy bo‘lmaganda, oilaning oraliq holatda 
bo‘lganida oilaning ijtimoiy-psixlogik mavqei o‘rtacha hisoblanadi. 

Download 1.24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling