O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi andijon davlat universiteti ishanova m


Download 1.24 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/47
Sana03.11.2023
Hajmi1.24 Mb.
#1743837
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   47
Bog'liq
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi a

 
Nazorat uchun savollar: 
1. Oila - mustaqillik yillarida davlat siyosatidagi ustuvor masala sifatida. 
2. Oilada yoshlarni mustaqil oilaviy hayotga tayyorlash.
3. Oilada yoshlarni mustaqil oilaviy hayotga tayyorlashda oila va
jamoatchilik hamkorligi. 


60 
Asosiy adabiyotlar: 
1. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi -T., 2012-y. 
2. Karimov I.A. “Yuksak ma’naviyat yengilmas kuch”. -T., 2008-y. 
3. O‘zbekiston Respublikasining Oila Kodeksi. -T., 1998-y. 
4. Musurmonova O. Oila ma’naviyati - milliy g`urur. -T., 1999-y. 
5. Hasanboeva . O. va boshqalar. Oila pedagogikasi . -T., 2007-y. 
6. Hoshimov K., Ochilv S.. O‘zbek pedagogikasi antologiyasi. –T., 1995-y. 
 
2.2. Oila va uning vazifalari. 
REJA: 
1. Oila tushunchasi.
2. Oilaning vazifalari.
3. Jamiyatga munosabati bo‘yicha oilaning vazifalari.
4. Odamlarga munosabati bo‘yicha oilaning vazifalari. 
Tayanch tushunchalar: oila, jamiyat, oila vazifalari, jamiyatga 
munosabat, odamlarga munosabat. 
Oila haqida bir necha xil tushunchalar mavjud: birinchidan, oila - bu nikoh 
va qon-qaridoshchilikka asoslangan kichik ijtimoiy guruh, uning a’zolari 
birgalikda yashaydilar va uy ishlarini bajaradilar, bir-biriga nisbatan o‘zaro 
majburiyatlar bilan birlashganlar. Ikkinchidan, oila bu-ijtimoiy institut bo‘lib, unda 
odamlar o‘rtasida o‘zaro munosabatlar barqaror mustahkam shaklda bo‘ladi. Ana 
shu o‘zaro munosabatlar doirasida odamlarning kundalik hayoti asosiy qismi 
amalga oshiriladi: intim munosabatlari, farzand ko‘rish va bolaning boshlang‘ich 
ijtimoiylashish, tarbiyalash, tibbiy hizmat ko‘rsatish va boshqalar.
Oila - nikoh munosabatlari insoniyatga qadim davrlardan ma’lum. Neolit 
davridayoq (15-20 ming yij ilgari) ongli inson paydo bo‘lganda, odamlar jamoasi 
paydo bo‘lgandayoq ularning birgalikda xo‘jalik yuritishdagi va bola 


61 
tarbiyalashdagi vazifalari tabiiy jinsiyligi, yoshiga qarab (erkak, ayol) 
ajratilishiga asoslangan. Tarixda qayd etilgan oilaviy munosabatlarda farqlar 
bo‘lishiga qaramay hamma oilalarni birlashtiradigan qandaydir umumiylik bor. 
Bu oilaviy tarzda hayot kechirishdir, bunda insoniyat yashashning yagona 
imkoniyatini topgan. Olimlar oilaning turli vazifalarini ko‘rsatadilar. Biz birinchi 
navbatda bolani tarbiyalash va rivojlantirishga taalluqlilarigagina to‘xtalib o‘tamiz. 

Download 1.24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling