O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi andijon davlat universiteti ishanova m


Download 1.24 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/47
Sana03.11.2023
Hajmi1.24 Mb.
#1743837
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   47
Bog'liq
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi a

 



 
KIRISH 
 
O’zbеkiston erishayotgan, dunyo tan olayotgan ulkan yutuqlarning 
nеgizida turgan asosiy omil insondir. O’zbеkiston Rеspublikasi Konstitutsiyasining 
64-moddasida “Ota-onalar farzand tarbiyasi uchun javobgardir” dеb bеlgilab 
qo’yilgan. Qolaversa, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xotin-qizlarni 
qo‘llab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan 
takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5325 Farmoni (02.02.2018), 
PQ-3808 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida 
oila institutini mustahkamlash konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori
(
27.06.2018)da ko`zda tutilgan maqsad va vazifalarni amalga oshirish 
jamiyatimizning ustuvor yo`nalishlaridan biriga aylandi.
Oilada ota-onalar ma'naviy boy e'tiborli va yuqori ma'lumotga ega bo’lsalar,
shu darajada takomillashgan usul orqali o’z farzandlarini tarbiyalaydi. Buyuk 
ma'rifatparvar Abdulla Avloniyning “Tarbiya biz uchun yo hayot, yo mamot, yo 
najot – yo halokat, yo saodat – yo falokat masalasidir”, dеgan so’zlari bir asr avval 
millatimiz uchun qanchalik muhim va dolzarblik kasb etgan bo’lsa hozir ham o’z
ahamiyatini yo’qotgani yo’q.
Oilada yosh avlodni ota-ona namunasi, oila an’analari, shajarasi, kasb-kori, 
axloqiy-ma’naviy qadriyatlari asosida tarbiyalash, ular ongida oilaga sadoqat
o’zaro mehr-muhabbat, hurmat hissini shakllantirish vositasida ularni oilaviy 
hayotga tayyorlash kutilgan natija beradi. Ota-onalarga oila tarbiyasida metodik 
yordam beruvchi «Oila kutubxonasi» seriyasidagi kitobchalar va maxsus «Oila» 
jurnalini nashr qilishni yo’lga qo’yish, barcha yo’nalishlardagi oliy va o’rta 
maxsus ta’lim muassasalariga «Oila psixologiyasi va pedagogikasi» kursini joriy 
etish oilani namunali tarbiya maskaniga aylantirish vositasidir.
Buning uchun ota-
onalarni tarbiya jarayoniga tayyorlash maqsadida ota-onalar universitetlari ishini 
tiklash va takomillashtirish, umumta’lim maktablari, oliy va o’rta maxsus ta’lim 



mazmuniga «Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash» kursini kiritish maqsadga 
muvofiqdir.
Oila pedagogikasi quyidagi fanlar bilan aloqada o‘sib-ulg‘aymoqda: oila 
pedagogikasi fani: falsafa, sotsiologiya, iqtisodiyot, anatomiya – fiziologiya
psixologiya–pedagogika, ijtimoiy pedagogika, maxsus pedagogika, pedagogika 
tarixi, pedagogik mahorat kabilar. 
Insonning ma’naviy va aqliy xislatlarini, asosan, uning olgan tarbiyasi
yashagan muhiti belgilaydi, deb hisoblagan. Agar, yaxshi tarbiya insonning eng 
qimmatli boyligi bo‘lsa, noto‘g‘ri tarbiya uning uchun chinakamiga baxtsizlikka, 
hatto, halokatga aylanishini uqtirgan. Shuning uchun maktab tarbiyasi bilan bir 
qatorda oila tarbiyasiga ham katta ahamiyat berilgan. Oilada to‘g‘ri yo‘lga
qo‘yilgan tarbiya maktab uchun katta madaddir va, aksincha, oilada tegishli 
tarbiya ishlari olib borilmasa, bu holda maktabning ta’lim-tarbiya ishini juda 
qiyinlashtirib qo‘yadi. Demak, oila va maktab hamkorligi o’ziga xos dolzarblik
kasb etadi. Oila pedagogikasi talabalarni, o‘sib kelayotgan yosh avlodni barkamol 
inson qilib tarbiyalashga hamda oilada beriladigan tarbiyaning mazmuni, umumiy 
qonuniyatlari, tamoyil va metodlariga doir bilimlarni egallashiga xizmat qiladi.

Download 1.24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling