O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi andijon davlat universiteti ishanova m


Ijtimoiy moslashish tuzilishi uchinchi tashkil etuvchisi - ijtimoiy-


Download 1.24 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/47
Sana03.11.2023
Hajmi1.24 Mb.
#1743837
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   47
Bog'liq
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi a

 Ijtimoiy moslashish tuzilishi uchinchi tashkil etuvchisi - ijtimoiy-
madaniy moslashish.  Oilaning umumiy madaniyatliligini aniqlashda uning 
katta yoshdagi a’zolari bilim darajasini hisobga olish zarur. Kattalarning bilim 
darajasi bolalarni tarbiyalashda muhim omillardan biri hisoblanadi. Bundan 
tashqari oila a’zolarining turmushi va o‘zini tutish madaniyatini ham hisobga olish 
kerak. 
Agarda oila odatlar va an’analarni davom ettiruvchisi, saqlovchisi rolini 
bajara olsa, (oilaviy bayramlar saqlanib qolinsa, xalq og‘zaki ijodi saqlansa), 
oilaning madaniy darajasi yuqori hisoblanadi, qiziqishlari keng bo‘ladi.
Ma’naviy talablari rivojlangan bo‘lsa, oilada turmush to‘g‘ri tashkil etilgan, 
dam olish turli xillarda bo‘ladi, shu bilan birga dam olish va turmush faoliyati 
birgalikda olib boriladi; oila bolani har tomonlama (estetik, jismoniy, emotsional, 
mehnat) tarbiyalash bilan mashg‘ul bo‘ladi va sog‘lom turmush tarzini ta’minlaydi.


68 
Agarda oilaning ma’naviy talablari rivojalanmagan, qiziqishlar doirasi tor 
bo‘lsa, turmushi to`g`ri tashkil etilmagan, uyushmagan, oilani birlashtiruvchi 
birgalikda madaniy hordiq chiqarish va mehnat faoliyati bo‘lmasa, oila
a’zolarining odobini boshqarish bo‘sh bo‘lsa, (huququy boshqarishda majburiyat 
metodlari ustun bo‘ladi): oilada nosog‘lom turmush tarzi olib borilsa, uning 
madaniyat darajasi past bo‘ladi. Agarda oila madaniyati yuqori darajaliligining 
to‘la to‘plamiga ega bo‘lmasa-yu, lekin o‘zining madaniy darajasi muammolarini 
tushunib yetsa va uni oshirish yo‘nalishida faollik ko‘rsatsa, unda oilaning 
ijtimoiy-madaniy mavqei o‘rtachaligi haqida gapirish mumkin bo‘ladi. 
To‘rtinchi ko‘rsatkich – vaziyatli - rolli moslashish. Bu moslashish 
oilada bolaga munosabat bilan bog‘liq bo‘ladi. Bolaga oqilona ijobiy munosabatda 
bo‘lganda bolaning muammosini hal qilishda oilaning yuksak madaniyatliligi va 
faolligi bo‘lgan holda uning vaziyatli - rolli mavqei yuqori bo‘ladi: agarda bolaga 
haddan tashqari e’tiborlilik, uning muammolariga aralashish ko‘p bo‘lsa, unda 
o‘rtacha bo‘ladi: agarda bolaga haddan tashqari e’tibor berilmasa va undan ham 
yomoni bolaga yomon munosabatlar bo‘lsa, bu oilaning past madaniyati va 
faolligi bilan birga vaziyatli - rolli mavqei past bo‘ladi. 

Download 1.24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling