“Iqtisodiy xavfsizlik” fanining maqsad va vazifalarini; fanning predmeti va ob’ektini; iqtisodiy xavfsizlik ko’rsatkichlarini; iqtisodiy xavfsizlikka ta’sir etadigan ichki va tashqi tahdidlarni; globallashuv jarayonlarini; davlatning makroiqtisodiy funktsiyalarini; iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish yo’llarini; bozor iqtisodiyotiga o’tishning umumiy strategiyasining nazariy va uslubiy asoslarini bilishi kerak.
iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlashning xorijiy tajribasini qo’llay olishi; mamlakat va korxonalar iqtisodiy xavfsizligiga ta’sir etuvchi asosiy omillarni taxlilini amalga oshirishni; xufyona iqtisodiyot va korruptsiya natijasida vujudga keladigan taxdidlarni iqtisodiyotga ta’sirini hisob-kitob qilish; aholining turmush darajasiga bevosita ta’sir etuvchi ijtimoiy jarayonlarni bashorat qilish va zarur chora – tadbirlarni amalga oshirish bo’yicha ko’nikmalariga ega bo’lishi lozim.
Iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlashning tamoyillari va usullari; iqtisodiy taraqqiyotning xarakterli xususiyatlari; mavjud ijtimoiy-iqtisodiy muammolar va ularni xal etish mexanizmlari; xufyona iqtisodiyot va korruptsiyaga qarshi kurashish yo’llari to’g’risida tasavvur etish malakalarga ega bo’lishi kerak.