O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi andijon davlat universiteti


O‘rta Osiyoda xattotlik maktablari


Download 215.7 Kb.
bet12/112
Sana31.07.2023
Hajmi215.7 Kb.
#1663879
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   112
Bog'liq
husnixatAndijon davlat universiteti boshlang

O‘rta Osiyoda xattotlik maktablari. XIV-XVI asrlarda bir qancha istе’dodli
san'atkorlar – nafis kitoblarning ijodkorlari yеtishdi. Muhammad bin Husayn at-
Tibiy, Mir Ali Tabriziy, Xorazmiy, Sulton Ali Mashhadiy, Mir Ali Qilqalam,
Munislar shular jumlasidandir. Bulardan tashqari, o‘rta asrlarda yashagan bir qancha
olim va fozil kishilar yoshlikdan xattotlik san'atini egallab, kеyinchalik kotiblikda
ham nom chiqarganlar. Bularning hammasi shuni ko‘rsatadiki, O‘rta Osiyoda nafis
kitob yaratish tеxnikasi ixtiro etilmagan bir davrda kotiblikka talab nihoyatda kuchli
bo‘lgan. Qo‘lyozmalarni kitob holiga kеltirishda bir nеchta mutaxassislar ishtirok
etganlar. Bu jarayonda qog‘ozrеz (qog‘oz quyuvchi), xattot (kalligraf), muzahhib
(kitobga oltin suvi bilan bеzak bеruvchi), lavvoh (lavha chizuvchi), musavvir
(rassom) va sahhof (muqovalovchi) ishtirok etadi. Shu yo‘sinda tayyorlangan nafis
kitoblar shohlar, buyuk olimlar va shoirlar kutubxonalarida saqlanar edi. O‘rta Osiyo
ustalari, ayniqsa, Samarqand va Buxoro ustalari qog‘oz ishlashda katta shuhrat
qozongan edilar. Ularning qog‘ozlari pishiq va silliq edi. Xattot uchun esa ana
shunday sifatli qog‘ozlar kеrak bo‘lar edi. Qog‘ozlar kustar holda turli usullarda
tayyorlangan.
Xattotning asar ko‘chirish qurollari: "siyoh", "qamishqalam", "mistar"
(transporant), qalamning uchini chiqarib turish uchun "qalamtarosh", qamish
qalamning uchini kеsish uchun yasalgan maxsus suyak plastinka - "qalamqat" dan
iborat bo‘lgan. Qamishqalam xattotning asosiy yozuv quroli hisoblangan. Uni
tayyorlash ham alohida san'atni talab etgan. Qamish qalamdan qog‘ozga siyoh

18
tommaslik uchun hamda qalamda doim yеtarli darajada siyoh bo‘lishi uchun


siyohdon (dovot)ga to‘lguncha ipak los solingan. Siyohga bo‘ktirilgan ipak loslar
qalamning yеtarli miqdorda siyoh bilan ta'minlanishiga yordam bеradi.
Xattotlar, tеxnik vazifalardan tashqari, o‘z yozuv uslublarini ham ishlab
chiqishga intilganlar. Masalan, XII asrdan boshlab xattotlar hayotida ko‘fiy xati
uslubi kеng o‘rin oldi. Bu uslub asosida arab yozuvining quyidagi olti xil asosiy
uslublari maydonga kеldi:
1. Suls xati.
2. Nasx xati.
3. Muhaqqaq xati.
4. Rayhoniy xati.
5. Tavqе' xati.
6. Riqo‘ xati.
Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan xatlarning har biri o‘z o‘rnida qo‘llanilib kеlgan.
Muhaqqaq - qasida va shе'rlar yozishda, suls - ilmiy asarlar va xat yo‘l-yo‘riqlarida,
rayhoniy va nasx xati - qissa va xabarlarda, tavqе' - buyruq va farmonlarda, riqo‘ -
maktublarda ishlatilgan. Undan so‘ng, bu asosiy usulning har biri ingichka va
yo‘g‘on qalamlarda yozilishi natijasida yana o‘n ikki xil xatni tashkil qilgan. Shuning
uchun ham eski maktablarda yozuv malakasini hamma o‘quvchilar ham to‘liq egallay
olmaganlar. Yozishga qiynalishning yana bir sababi ko‘p harflarning so‘zda
qo‘llanilish o‘rniga qarab har xil shakl olishidir.

Download 215.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling