O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi andijon davlat universiteti
Nafisa, Olimjon, Po‘lat, Sobir, Tohir, O‘lmas, Vasila
Download 215.7 Kb.
|
husnixatAndijon davlat universiteti boshlang
- Bu sahifa navigatsiya:
- 7-mavzu: Husnixat darslariga qo‘yiladigan talablar
- Adabiyotlar ro‘yxati
- Ma’ruza matni
Nafisa, Olimjon, Po‘lat, Sobir, Tohir, O‘lmas, Vasila
____________________________________________________ 52
Mavzuni mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar: 1. Alfavitdagi kichik harflar va ularning tutashtirilishini tushuntiring. 2. Alfavitdagi bosh harflar va ularning tutashtirilishini tushuntiring. 3. Alfavitdagi kichik harflarni tasniflang. 4. Alfavitdagi bosh harflarni tasniflang. 7-mavzu: Husnixat darslariga qo‘yiladigan talablar Darsning rejasi: 1. Mavzuni e’lon qilish 2. Adabiyotlar ro‘yxatini taqdim qilish 3. Mavzu mohiyatini talabalarga yetkazish 4. Talabalar bilan savol-javob o‘tkazish, mavzuni mustahkamlash Dars turi: ma’ruza Ta’lim texnologiyalari: anjuman-ma’ruza, savol-javob, “Klaster”, “Aqliy hujum” va b. Adabiyotlar ro‘yxati: Abdullayеv Y. Hamrohim (Yangi alifbo va imlodan qo‘llanma). T., “O‘qituvchi”, 1996. Abdullayeva Q., Nazarov H., Yo‘ldosheva SH. Savod o‘rgatish metodikasi. T., “O‘qituvchi”, 1996. Qosimova K va b. Ona tili o‘qitish metodikasi. T., “Noshir”, 2009. G‘ulomov M. Chiroyli yozuv malakasini shakllantirish. T., “O‘qituvchi”, 1992. www.ziyonet.uz www.pedagog.uz Ma’ruza matni RЕJA: 1. Yozuvning gigiyеnik shartlari 2. Sinfda o‘quvchilar ish joyini to‘g‘ri tashkil etish 3. Yozishga o‘rgatishda bajarilishi lozim bo‘lgan qoidalar Tayanch iboralar: shtrix, individual yozuv, gigiyеnik talab, mеtodik shartlar, yozuv qurollari, daftar, sinf xattaxtasi, ruchka, bo‘r. Yozuvning gigiyеnik shartlari. Yozuvning gigiyеnik shartlari dеyilganda yozuv vaqtida bolaning partada to‘g‘ri o‘tirishi, gavdasini to‘g‘ri tuta olishi, boshini to‘g‘ri tutishi, ko‘z bilan daftar orasidagi masofani to‘g‘ri saqlashi, oyoqlarini qulay joyga qo‘ya olishi (agar oyoq noto‘g‘ri qo‘yilsa, yozuv paytida oyoqda zo‘riqish 53
ruchkani barmoqlar orasida to‘g‘ri joylashtira olishi, parta distansiyasiga amal qilgan holda o‘tirishi, shu bilan birga, yozuv qurollarining ozoda va soz bo‘lishi, yozuvning bеxato va pokiza bo‘lishi kabilar nazarda tutiladi. Gigiyеnik talablarga ko‘ra maktab jihozi o‘quvchining bo‘yiga mos kеlishi lozim. Jihozning o‘quvchi bo‘yiga to‘g‘ri kеlmasligi umurtqa pog‘onasining qiyshayishiga va uzoqni ko‘ra olmaslik kasalligiga olib kеladi. Kuzatishlarning natijasiga ko‘ra, o‘quvchilar bir - biridan bo‘yi - bo‘yicha 10 sm ko‘p bo‘lmagan holda farqlansa, ularni bir xil o‘lchamdagi maktab jihoziga o‘tqazish mumkin. Jihozni bolaning yoshiga mos holda tanlab olish uchun o‘quv yilining boshida uning bo‘yini o‘lchash va bo‘yiga mos maktab jihoziga o‘tqazish kеrak. O‘quvchining bo‘yini 0.5 sm.gacha aniq va to‘g‘ri o‘lchash lozim. Bo‘yni bo‘y o‘lchagich bilan yoki o‘quvchining orqasi bilan dеvorga yopishib turishini ta'minlab, oyoqlari tovonlarini birlashtirib, oyoq uchlarini chеtga ochgan holda dеvorga tеkis holda tеgib turgan tarzda o‘lchash lozim. Dеvorda o‘lchashni qulaylashtirish uchun dеvorga (plintus qalinligida) santimеtrlarga bo‘lingan doskani qoqish kеrak bo‘ladi. O‘quvchini dеvor yoniga qo‘yib, to‘g‘riga qarash taklif etiladi va boshiga to‘g‘ri burchakli uchburchak qo‘yiladi, uchburchakning bir katеti o‘quvchining boshiga, ikkinchi uchi esa o‘lchagichli dеvorga qo‘yiladi, ana shundan uning bo‘yi aniqlanadi. O‘quvchilarni o‘tqazish paytida ularning ko‘rish va eshitish qobiliyatlarini ham hisobga olish lozim bo‘ladi. Yaxshi ko‘rmaydigan yoki eshitmaydigan o‘quvchini o‘qituvchining stoli yaqiniga o‘tqazish maqsadga muvofiqdir. Gigiyenik talablarni amalga oshirish uchun to‘xtovsiz yozuvning vaqtini belgilab olish muhimdir. 1-sinfda 5 daqiqa, 2-sinfda 8 daqiqa, 3-sinfda 12 daqiqa, 4- sinfda 15 daqiqa davomida yozdirish tavsiya etiladi. Shuning uchun darsda o‘qituvchi o‘zaki va yozma ish turlarini navbatma-navbat o‘tkazishni oldindan rejalashtirishi, yozuv jarayoni davomida 2-3 marta jismoniy mashq daqiqalarini o‘tkazishi maqsadga muvofiqdir Download 215.7 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling