O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi Andijon davlat universiteti Sirtqi bo’lim btsti yo’nalishi


Download 17.96 Kb.
bet2/2
Sana02.02.2023
Hajmi17.96 Kb.
#1147374
1   2
Bog'liq
Teshaboyeva Muyassar

Dars ishlanma
Mavzu: Non isi (rivoyat)
Darsning maqsadi:
Ta`limiy: o‘quvchilarni «Non isi» rivoyati bilan tanishtirish, ularda to‘g‘ri, va ravon o‘qish malakalarini shakllantirish;
FK1: o`qish uchun kitoblar (badiiy asar namunalari)ni mustaqil tanlay oladi;
Tarbiyaviy: o‘quvchilarda aziz ne`mat bo`lgan nonni qadrlashga, uni asrab-avaylashga, nonni uvol`qilmaslikka o‘rgatish;
TK5: badiiy asarlarda aks etgan ma`naviy va madaniy hodisalar mohiyatini to`g`ri tushunish hamda tushuntirib bera olish;
Rivojlantiruvchi: o‘quvchilarni mustaqil ishlash, matnni qayta hikoya qilish, lug‘at ustida ishlash, erkin fikrlash malakalarini rivojlantirish;
FK2: o`rganilgan asarlarning nomi, qahramonlarini ajrata oladi va o`qituvchi yordamida ularga baho bera oladi.
Darsning turi: yangi bilimlar beruvchi dars.
Darsning metodi: suhbat, ifodali o`qish, hikoya qilish, ko`rgazmalilik,
Darsning jihozi: darslik, multimediya ilovalari, rangli rasmlar, Alisher Navoiy va Husayn Bayqaro rasmlari
Darsning borishi:
Tashkiliy qism: salomlashish, navbatchi axboroti, tozalik, darsga tayyorlanish.
O`tilgan mavzuni mustahkamlash
O`tgan mavzu “Alisherning yoshligi” mavzusi edi. Uyga vazifa shu matnni ifodali o`qib kelish edi.
O`quvchilar bilan mavzu yuzasidan savol-javob o`tkaziladi:
- Kiyikni Alisherga kim olib kelgan edi?
- Alisherning do`sti kim bo`lishni orzu qildi?
- Alisher hayotda nimani zaruriyat deb bildi?
- Nima uchun maktab zaruriyat ekan?
O`quvchilar matnni birin-ketin ifodali o`qiydilar. So`ng yangi mavzu e`lon qilinadi.
Yangi mavzu bayoni
Bolajonlar sizlar bilan bugun “Non isi” nomli rivoyat haqida suhbatlashamiz.
Allomalar rasmlari doska o`rtasiga qo`yilib, rivoyat matni o`qituvchi tomonidan o`quvchilarga ifodali qilib o`qib beriladi. O`quvchilardan diqqat bilan eshitishlari so`raladi. So`ng o`quvchilardan rivoyat voqealari haqida fikrlari so`raladi. Oxirida o`qituvchining fikri bilan to`ldiriladi.
O`quvchilarning o`zlari ham rivoyatni navbatma-navbat o`qishadi. Rivoyat matnida uchragan tushunarsiz so`zlar yuzasidan lug`at ishi olib boriladi.
Lug`at ishi:
- Vazir – qadimda davlat boshlig`ining o`rinbosari
- Sulton – qadimda davlat boshlig`i shunday deb ham atalgan
Quvnoq daqiqa o`tkaziladi
Yangi mavzuni mustahkamlash
Mavzu yuzasidan o`quvchilar bilan suhbat o`tkaziladi? Non qadri, chin do`stlik kabi atamalar haqida suhbat olib boriladi. Savollar beriladi:
- Husayn Boyqaro nima keltirishni buyurdi?
- Navoiy vazirlarga qanday maslahat berdi?
Maqol:
Keksalik – Donishmandlik.
O`quvchilar tez aytish va topishmoqlar aytishib bellashadilar.
Darsni yakunlash va baholash
Darsda o`rganilganlar asosida savol-javob o`tkaziladi. Savol-javobda va darsda faol qatnashgan o`quvchilar baholanadi hamda rag`batlantiriladi.
Uyga vazifa
“Non isi” rivoyatini ifodali o`qib kelish.
Download 17.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling