O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi Andijon davlat universiteti Sirtqi bo’lim btsti yo’nalishi


Download 17.96 Kb.
bet1/2
Sana02.02.2023
Hajmi17.96 Kb.
#1147374
  1   2
Bog'liq
Teshaboyeva Muyassar



O’zbekiston Respublikasi
Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi

Andijon davlat universiteti
Sirtqi bo’lim BTSTI yo’nalishi
3-kurs 317-guruh talabasi
Teshaboyeva Muyassarning
Ona tili o’qitish texnologiyasi” fanidan


MUSTAQIL ISHI

Dars ishlanma
Mavzu: Shamol va quyosh (masal) Ezop
Darsning maqsadi:
Ta`limiy: o`quvchilarnini “Shamol va quyosh” masali bilan tanishtirish. Masal matnini ifodali, rollarga bo`lib o`qish, savollar tuzish ko`nikmalarini takomillashtirish;
FK1: asar mazmunini og`zaki bayon qila olish;
Tarbiyaviy: o`quvchilarda do`stlik, hamjihatlik sifatlarini tarbiyalash, maqtanchoqlik yomon odat ekanini uqtirish;
TK4: yaxshi va yomon odatlarni bir-biridan farqlay olish;
Rivojlantiruvchi: o`quvchilarning bog`lanishli nutqini o`stirish, lug`at ustida ishlash, ongli va ifodali o`qish, erkin va mustaqil fikrlashini rivojlantirish;
FK2: o`qilgan asar mazmuniga doir savol va topshiriqlarga javob bera olish.
Darsning turi: Yangi bilim beruvchi dars.
Darsning metodi: Suhbat, tushuntirish, “Zanjir” usuli.
Darsning jihozi: Darslik, multimedia vositalari, ko`rgazma va tarqatma materiallar.
Darsning borishi:
Tashkiliy qism: Salomlashish, navbatchi axborotini tinglash, tozalikka qarash, o`quvchilarning darsga tayyorligini tekshirish.
O`tilgan mavzuni mustahkamlash
Uyga vazifa – Oy allasi (Odil Abdurahmon) she`rini ifodali o`qib kelish edi.
- Oy – ona bolasi yulduzga nimalar haqida so`zladi?
- Quyosh, oy, yulduzlar kimlarga o`xshatilgan?
Har bir o`quvchi birma-bir she`rni ifodali o`qishadi. So`ngra yangi mavzu e`lon qilinadi.
Yangi mavzu bayoni
Qadrli bolajonlar, bugun sizlar bilan Ezopning “Shamol va quyosh” masali bilan tanishamiz. (O`qituvchi muallif haqida qisqacha ma`lumot beradi.)
Monitorga darslikdagi shamol hamda quyosh tasviri chiqariladi. Masalni o`qituvchi ifodali qilib o`qib beradi, o`quvchilar diqqat bilan tinglashadi.
O`quvchilar “Zanjir” usulida matnni qismlarga ajratib, birma-bir o`qiydilar. Matnda uchragan notanish so`zlar yuzasidan lug`at ishi o`tkaziladi.
Lug`at ishi:
- Po`stin – hayvon terisidan tikilgan qalin kiyim
- Taft – harorat, issiqlik
Quvnoq daqiqa o`tkaziladi
Yangi mavzuni mustahkamlash
O`quvchilar bilan masal mazmuni haqida savol-javob o`tkaziladi.
- Shamol va quyosh nima uchunn bahslashib qolishdi?
- Shamol bahsda nima uchun quyoshdan yengildi?
- Oliyjanoblik qanday xislat?
Tez aytish:
Qo`ng`iroq qo`g`irchoqnikimi, qo`zichoqnikimi?
Topishmoq:
Yungi igna,
Burni tugma,
Ko`zi munchoq,
Bag`ri yumshoq.
Darsni yakunlash va baholash
Darsda o`rganilganlar asosida savol-javob o`tkaziladi. Savol-javobda va darsda faol qatnashgan o`quvchilar baholanadi hamda rag`batlantiriladi.
Uyga vazifa
“Shamol va quyosh” masalini ifodali o`qib kelish.


Download 17.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling