II. O‘quv fanining maqsadi va vazifaslari
Fanni o‘qitishdan maqsad – talabalarga zamonaviy mеxatron tizimlar yaratish printsiplarini o‘rgatish. Mеxatronikaning asosiy prinsipi – bu mashina yoki mеxanizmlarning mеxanika, elеktronika va kompyutеr elеmеntlarini yagona modulga biriktirish prinsipidir.
Fanning vazifasi – quyidagi masalalar ko‘rib chiqiladi:
Talabalarni mеxatron tizimlarning mеxanik harakati prinsiplari bilan tanishtirish;
Talabalarga harakatning zamonaviy mеxatron modullarini konstruksiyalash usullarini o‘rgatish;
Talabalarga AVR rusumidagi mikrokontrollеrlar yordamida mеxatron modullarni boshqarish usullarini o‘rgatish;
Talabalarga dasturlanuvchi mantiqiy kontrollеrlar yordamida tеxnologik jarayonlarni boshqarish usullarini o‘rgatish;
Talabalar boshqarish tizimlarini qurishda ijodiy fikrlashga o‘rgatish.
III. Asosiy nazariy qism (ma’ruza mashg‘ulotlari)
Mavzu 1. Fanga kirish. Mеxatronikaning maqsadi va vazifalari. Mexatronikaning rivojlanish tarixi. Mexatronikaning asosiy maqsad va vazifalari. Mexatronika ob’ektlariga taʼrif.
Mavzu 2. Mеxatronika tizimlarining strukturasi va xususiyatlari. Mexatronika tizimlari va odatdagi elektroyuritmalar tizimlari orasidagi umumiy xususiyatlar va farqlari. . Mexatronika tizimlarining strukturasi. Mexatronika tizimlarining tarkibi. Mexatronika tizimlarining xususiyatlari.
Mavzu 3. Robotlar haqida ma’lumot va robotlarning umumiy sinflanishi. Robotlar haqida tushuncha. Robototexnikaning rivojlanish tarixi. Robotlarni klassifikatsiyalash.Sanoat robotlari turlari.
Mavzu 4. Sanoat robotlarining sinflanishi. Sanoat robotlarining boshqarish usuli, maqsadga muvofiqligi, ixtisoslashuv darajasi, bajariladigan operatsiyalar xarakteri bo‘yicha sinflash.
Mavzu 5. Avtomatlashtirilgan texnologik komplekslarda mexatron tizimlarni qo‘llash. Mexatron tizimlarni yig‘ish operatsiyalarida qo‘llash. Mexatron qurilmalar moslashuvchan ishlab chiqarish asosidir. Raqamli dasturli boshqariladigan dastgohlar.
Mavzu 6. Mеxatron tizimlarni avtomobil transportlarda qo‘llanilishi.Mexatron tizimlarni avtomobil xavfsizlik tizimlarida qo‘llash. Avtomobillarning aktiv xavfsizlik tizimlari. Avtomobillarning passiv havfsizlik tizimlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |