Oʻzbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi andijon mashinasozlik instituti «Iqtisodiyot»


«Faqatgina biz tanlagan bosqichma-bosqich, tadrijiy rivojlanish yo‘li


Download 481.59 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/12
Sana16.04.2023
Hajmi481.59 Kb.
#1359017
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
farruh kurs ishi

«Faqatgina biz tanlagan bosqichma-bosqich, tadrijiy rivojlanish yo‘li 
xalqimiz ko‘zlagan ezgu niyatlarga erishishga, zamonaviy demokratik 


14 
talablarga javob beradigan davlat, inson manfaatlari, huquq va erkinliklari eng 
oliy qadriyat bo‘lgan qonun ustuvorligini ta’minlaydigan jamiyat barpo etishga 
olib kelishi muqarrar. Buni hayotimizning o‘zi bugun isbotlab bermoqda» .
O‘zbekistonda bozor munosabatlariga o‘tish va keyingi taraqqiyot yo‘li 
ijtimoiy-yo‘naltirilgan zamonaviy bozor iqtisodiyotini shakllantirishga yo‘l bo‘lib, 
puxta o‘ylab, ishlab chiqilgan, iqtisodiyotni tubdan isloh qilishga qaratilgan “o‘zbek 
modeli” deb nom qozongan taraqqiyot yo‘li edi. Bu yo‘lni amalga oshirishga birinchi 
Prezidentimiz tomonidan ishlab chiqilgan quyidagi beshta muhim tamoyil asos qilib 
olingan:
- iqtisodiyotni mafkuradan xoli qilish, uning siyosatga nisbatan ustuvorligini 
ta’minlash;
- o‘tish davrida davlatning bosh islohotchi bo‘lishi;
- butun yangilanish va taraqqiyot jarayoni qonunlarga asoslanishi, qonunlar 
ustuvorligining ta’minlanishi;
- bozor munosabatlariga o‘tish bilan bir qatorda aholini ijtimoiy himoyalash sohasida 
kuchli chora-tadbirlarni amalga oshirish;
- bozor munosabatlarini bosqichma-bosqich qaror toptirish. Bozor munosabatlariga 
o‘tishda bu tamoyillarning hammasi ham muhim ahamiyatga egadir, lekin ularning 
ichida bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o‘tish tamoyili alohida e’tiborga 
loyiq. Chunki tegishli huquqiy negizni, bozor infratuzilmalarini yaratish, odamlarda 
bozor ko‘nikmalarini hosil qilish, yangi sharoitlarda ishlay oladigan kadrlarni 
tayyorlash uchun vaqt kerak bo‘ladi. 
Birinchi 
tamoyil– iqtisodiyotning 
siyosatdan 
ustun 
bo’lishi. Rejali
iqtisodiyotga asoslangan sobiq ittifoqda “Siyosat iqtisodiyotdan ustun
bo’ladi...” degan qoidaga asoslangan bo’lib, iqtisodiy siyosat ham shu
asosda 
olib 
borilgan. 
Bunday 
iqtisodiyot 
davlat 
manfaatlariga
bo’ysuntirilgan, uning hayot faoliyatini ushlab turish uchun xizmat


15 
qilgan. 
Birinchi 
prezident 
Islom Karimov “iqtisodiyot” va “siyosat”
tushunchalarining o’ziga hos tomonlarini, ularning har biri o’z qonunlari 
asosida 
rivojlanishini 
chuqur 
tahlil 
qilib, 
ular 
o’rtasidagi
nisbatda 
iqtisodiyotning ustunlik 
qilishini 
ko’rsatib 
berdi. 
I.Karimov
qayd 
qilib 
o’tganlaridek, 
iqtisodiyot 
siyosiy 
manfaatlarga
bo’ysundirilgan 
joylarda bunday 
iqtisodiyotning 
butunlay 
barbod
bo’lishi, 
aholining 
turmush 
sharoiti pasayib, 
ijtimoiy ziddiyatlarning
kuchayishi 
kelib 
chiqayotgan 
bo’lsa, 
“Aksincha iqtisodiy 
 islohotlar
izchilik 
bilan 
amalga 
oshirilyotgan 
joylarda 
demokratik 
va 
siyosiy
islohotlar uchun mustahkam moddiy negiz yaratilmoqda. 
Ikkinchi tamoyil – davlat 
bosh 
islohotchi 
bo’lishi 
birinchi 
prezidentimiz. I.Karimov o’zining 
“O’zbekiston 
– 
bozor 
munosabatlariga 
o’tishning 
o’ziga 
xos
yo’li”, “Jaxon moliyaviy – iqtisodiy inqirozi, O’zbekiston sharoitida uni
bartaraf etishning yo’llari va choralari ” asarlarida davlat o’z mavqeiga
ko’ra hamma davrlarda iqtisodiy jarayonlarga ta’sir o’tkazib kelgan,
tom ma’noda o’zini - o’zi tartibga solib turadigan, takomillashgan bozor
munosabatlari amal qilmasligini ko’rsatib o’tadi. Ayniqsa, eski tizim
tugatilgan, yangi tizim hali to’liq shakllanmagan jamiyatda davlat bosh
islohotchi bo’lishi shart, “iqtisodiyotni boshqarishni qo’ldan chiqarib
yuborish”, uning taraqqiyotini o’z holiga tashlab qo’yish mumkin emas.
Bozor iqtisodiyotiga o’tish va uning rivojlanishi davrida davlat bir
qator 
vazifalarni 
bajaradi,shu 
jumladan 
ijtimoiy 
tovarlarni 
ishlab
chiqarish, aholini ijtimoiy himoya qilishning samarali va aniq tizimini
yaratish, 
ekologik 
muvonazatni 
ta’minlash, 
ishbilarmonlik 
tuzilmalari
qaror topishi va rivojlanishiga ko’maklashish , aniq maqsadga qaratilgan
tuzilma siyosatini amalga oshirish. Bular davlat bosh islohotchi bulishi,


16 
islohotlarning 
izchillik 
bilan 
amalga 
oshirilishida 
uning 
muhim 
rol
o’ynashi lozimligini ko’rsatib beradi.
Uchinchi tamoyil 

Download 481.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling