Oʻzbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi andijon mashinasozlik instituti «Iqtisodiyot»


Aholini ijtimoiy himoyalashning bozor xo‘jaligiga mos bo‘lgan tizimini


Download 481.59 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/12
Sana16.04.2023
Hajmi481.59 Kb.
#1359017
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
farruh kurs ishi

7. Aholini ijtimoiy himoyalashning bozor xo‘jaligiga mos bo‘lgan tizimini 
shakllantirish. Bu tizim aholining nisbatan muhtoj qatlamini aniq ijtimoiy 
qo‘llabquvvatlashga o‘tishga yo‘naltirilgan.
Bozor tizimining ko‘rsatib o‘tilgan asosiy unsurlari shakllanishining yakuniga 
etishi o‘tish davri tugaganligidan darak beradi. 
Bozor iqtisodiyotiga oʻtish ning eng soʻnggi modeli sobiq sotsialistik 
mamlakatlar modeli boʻlib, oʻtish bu mamlakatlarda rejalibuyruqbozlik iqtisodiyotini 
qayta qurish asosida bormoqda. Sobiq sotsialistik mamlakatlarda Bozor iqtisodiyotiga 
oʻtishning dastlabki shartsharoiti har xil, shunga koʻra aholi orasida bozor 
koʻnikmalari ham turlicha darajada saqlangan. Bu mamlakatlarda rejali buyruqbozlik 
xoʻjaligidan bozor iqtisodiyotining zamonaviy taraqqiy etgan shakliga utiladi. Oʻtish 


13 
jarayoni tez kechadi, chunki bu sotsializm davridan qolgan moddiy bazaga, malakali 
ish kuchiga va ilmiy texnikaviy salohiyatga tayanadi. Sobiq sotsialistik 
mamlakatlarda Bozor iqtisodiyotiga oʻtish u. ulardan baʼzilarining davlat 
mustaqilligini taʼminlash bilan birgalikda kechmoqda. Bu MDH mamlakatlariga xos. 
Bozor iqtisodiyotiga oʻtish u. keng va teran bozor islohotlarini talab qiladi. 
Oʻzbekistonning Bozor iqtisodiyotiga oʻtish ham milliy mustaqillik va keng koʻlamli 
bozor islohotlarining oʻtkazilishi bilan amalga oshirilmoqda (qarang Bozor 
islohotlari). 
II. Bozor iqtisodiyotiga oʻtish xaqidagi Islom Karimov kontseptsiyasi. 
Markazlashgan ma’muriy-buyruqbozlikka asoslangan iqtisodiyotdan bozor 
iqtisodiyotiga o‘tishda maqsad bir xil bo‘lsa-da, turli mamlakatlar turli yo‘llarni 
tanlashlari mumkin. Yuqorida ta’kidlanganidek, bir tizimdan ikkinchi tizimga 
o‘tishning revolyusion va evolyusion yo‘llari mavjud. Polsha, Chexoslovakiya, 
Rossiya va boshqa ayrim mamlakatlar bozor iqtisodiyotiga o‘tishning revolyusion 
yo‘lini, birdaniga katta to‘ntarishlar qilish yo‘lini tanladilar. O‘zbekistonda esa o‘ziga 
xos madaniy, tarixiy, iqtisodiy va tabiiy xususiyatlarni hamda bu yo‘ldagi jahon 
tajribasini hisobga olgan holda revolyusion to‘ntarishlarsiz, ijtimoiy to‘qnashuvlarsiz, 
ijtimoiy himoyani kuchaytirgan holda asta-sekinlik, lekin qat’iyatlilik bilan 
bosqichma-bosqich rivojlangan bozor iqtisodiyotiga o‘tish yo‘li tanlandi.

Download 481.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling