Oʻzbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi andijon mashinasozlik instituti «Iqtisodiyot»


Download 481.59 Kb.
Pdf ko'rish
bet9/12
Sana16.04.2023
Hajmi481.59 Kb.
#1359017
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
farruh kurs ishi

Birinchi bosqichda ikkita hal qiluvchi vazifani birdaniga amalga oshirildi. 
Birinchisi, ma’muriy-buyruqbozlik tizimi oqibatlarini engish, tanglikka barham 
berish, iqtisodiyotni barqarorlashtirish; ikkinchisi, respublikaning o’ziga xos 
sharoitlari va xususiyatlarini hisobga olgan holda bozor munosabatlarining negizini 
shakllantirish. 
Bu vazifalarni bajarish uchun avvalo bozor iqtisodiyotiga o’tishning 
huquqiy asoslarini vujudga keltirish, so’ngra kichik privatizatsiyani amalga oshirish 
iqtisodiyotni barqarorlashtirish va qisman liberallashtirish, bozor infrastrukturasining 
poydevorini, xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoit yaratish, 
moliya va soliq, pul-kredit, narx-navo va pulning qadr-sizlanishiga qarshi siyosat 
sohasida 
ustuvor 
yo’nalishlar 
belgilandi. 
Bugungi bosqichda belgilangan vazifalar umuman muvaffaqiyatli hal etildi. Etakchi, 


21 
tarkibiy jihatdan hal qiluvchi tarmoqlarda ishlab chiqarishning hajmi kamayishi 
to’xtashiga erishildi. Vaholanki, 1991—1992 yillar respublikamiz uchun og’ir sinov 
yili bo’lgan edi. Sobiq Ittifoqning parchalanishi, an’anaviy xo’jalik aloqalarini 
buzilishi bilan respublika moliyaviy va strategik jihatdan muhim xom ashyo 
resurslarining taqchilligi iskanjasida qoldi. Bunda butun diqqat-e’tibor ichki 
resurslarni safarbar etishga qaratildi. O’tkir ijtimoiy va iqtisodiy muammolarni hal 
qilishning eng qulay yo’llari izlandi. Natijada yalpi ichki mahsulotni haddan tashqari 
pasayib ketishiga yo’l qo’yilmadi, O’zbekiston aholisining turmush darajasini
keskin 
pasayishi 
ro’y 
bermadi. 
Iqtisodiy islohotni amalga oshirishning asosiy shartlaridan biri bozor 
iqtisodiyotining huquqiy negizi yaratildi. Xuquqiy asoslarni yaratishda respublikaga 
xos yondashuvlarni, qonun hujjatlarini ishlab chiqish va qabul qilish bo’yicha o’z 
mexanizmimizni vujudga keltirdik. Qonun iqtisodiy hayotni, ijtimoiy munosabatlarni 
tartibga 
solishning 
asosiy 
vositasi 
bo’lib 
qolishi 
kerak. 
Buning uchun puxta, chuqur o’ylab ishlangan, har tomonlama mukammal, uzoq 
muddat davomida amal qiladigan qonunlarga ega bo’lish kerakligini nazarda tutgan 
holda, islohotlar jarayonini davlat huquqiy jihatdan boshqarishining yaxlit tizimi 
tarkib topdi. Eng avvalo asosiy qonun — O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, 
hamda iqtisodiy mustaqillikni ta’minlashning huquqiy negizini barpo etadigan 100 
dan ortiq asosiy qonun hujjatlari qabul qilindi. «O’zbekiston Respublikasi Davlat 
mustaqilligining asoslari to’g’risida», «O’zbekiston Respublikasining Vazirlar 
Mahkamasi to’g’risida», «Joylarda davlat hokimiyati to’g’risida», «Fuqarolarni o’zini 
o’zi boshqarish organlari to’g’risida» va boshqa tarixiy ahamiyatga ega bo’lgan 
qonunlar 
qabul 
qilindi. 
Sifat jihatdan yangi iqtisodiy munosabatlarga, avvalo yangi mulkchilik 
munosabatlariga asos soladigan qonunlar majmui yaratildi. Mulkchilik to’g’risida, er 
to’g’risida, davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to’g’risida, ijara 
to’g’risida, davlat uy-joy fondini xususiylashtirish to’g’risida va boshqa qonunlar shu 
jumlaga 
kiradi. 


22 
Bundan tashqari, xo’jalik yuritish va institutsional o’zgarishlarni bozor 
iqtisodiyoti talablariga mos ravishda amalga oshirishni huquqiy asoslari yaratildi. 
Xo’jalik yuritish faoliyatini tartibga soluvchi korxonalar to’g’risida, kooperatsiya 
to’g’risida, xo’jalik jamiyatlari va shirkatlari to’g’risida, bozor infrastrukturasini 
yaratish va uning faoliyatiga xos jarayonlarni tartibga solishni ta’minlaydigan banklar 
va bank faoliyati to’g’risida, tadbirkorlik to’g’risida, sug’urta to’g’risida, birjalar va 
birja faoliyati to’g’risida, auditorlik faoliyati to’g’risida qimmatli qog’ozlar va fond 
birjalari to’g’risida va boshqa qonunlar qabul qilindi. Iqtisodiy jihatdan erkin bo’lgan 
korxonalar va fuqarolarning davlat bilan o’zaro munosabatlari mexanizmi soliqlar 
tizimi orqali belgilab beriladigan qonun va me’yoriy hujjatlarda o’z aksini topdi. 
Monopolistik faoliyat cheklab qo’yilgan, garov huquqi joriy qilindi. Korxonalarning 
bankrot 
bo’lishi 
qonun 
yo’li 
bilan 
e’tirof 
etildi. 
Shu bilan birga, O’zbekistonning xalqaro munosabatlarda teng huquqli sub’ekt 
sifatida qatnashishini ta’minlovchi huquqiy normalar yaratildi. Tashqi iqtisodiy 
faoliyat to’g’risida O’zbekiston Respublikasining etakchi xalqaro tashkilotlarga 
a’zoligi to’g’risida, asosiy xalqaro paktlar va bitimlarning O’zbekiston tomonidan 
imzolanishi respublikamizning jahon miqyosida tashqi aloqalarini rivojlantirish 
uchun sifat jihatdan yangi sahifalar ochdi. 

Download 481.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling