Oʻzbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi andijon mashinasozlik instituti «Iqtisodiyot»


Download 481.59 Kb.
Pdf ko'rish
bet10/12
Sana16.04.2023
Hajmi481.59 Kb.
#1359017
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
farruh kurs ishi

Ikkinchi bosqichda investitsiya faoliyatini kuchaytirish, chuqur tarkibiy 
o‘zgarishlarni amalga oshirish va shuning negizida iqtisodiy o‘sishni ta’minlab, bozor 
munosabatlarini to‘liq joriy qilish maqsad qilib qo‘yiladi. Shu maqsaddan kelib 
chiqib I.A.Karimov mazkur bosqichda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan quyidagi bir 
qator vazifalarni ko‘rsatib berdi:
- davlat mulklarini xususiylashtirish sohasida boshlangan ishni oxiriga yetkazish;
- ishlab chiqarishning pasayishiga barham berish va makroiqtisodiy barqarorlikni 
ta’minlash;
- milliy valyuta – so‘mni yanada mustahkamlash;


23 
- iqtisodiyotning tarkibiy tuzilishini tubdan o‘zgartirish, xomashyo yetkazib 
berishdan tayyor mahsulot ishlab chiqarishga o‘tish. 
O‘tish davrining ikkinchi bosqichida aholining kam ta’minlangan qatlamlarini 
ijtimoiy himoyalashni kuchaytirish, ularga tegishli yordam ko‘rsatish borasida 
birinchi bosqichda tutilgan yo‘l davom ettirildi.
Bu esa iqtisodiyot sohasida quyidagi aniq vazifalarni amalga oshirishni ko‘zda 
tutadi:
- iqtisodiyotning barcha sohalari va tarmoqlarida erkinlashtirish jarayonini izchillik 
bilan o‘tkazish va iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish;
- xususiylashtirish jarayonini yanada chuqurlashtirish va shu asosida amalda 
mulkdorlar sinfini shakllantirish;
- mamlakat iqtisodiyotiga xorij sarmoyasini, avvalo, bevosita yo‘naltirilgan 
sarmoyalarni keng jalb etish uchun qulay xuquqiy shart-sharoit, kafolat va iqtisodiy 
omillarni yanada kuchaytirish;
- kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning iqtisodiy taraqqiyotda ustuvor o‘rin 
egallashiga erishish;

mamlakatning 
eksport 
salohiyatini 
rivojlantirish 
va 
mustahkamlash, 
iqtisodiyotimizning jahon iqtisodiy tizimiga keng ko‘lamda integratsiyalashuvini 
ta’minlash; 
- iqtisodiyotda mamlakatimiz iqtisodiy mustaqilligini yanada mustahkamlashga 
qaratilgan tarkibiy o‘zgarishlarni izchil davom ettirish.
Mashhur besh tamoyilga – asoslangan o‘zbek modeli bozor munosabatlariga 
asoslangan huquqiy demokratik davlat qurish strategiyasi sifatida barcha amaliy 
ishlarimizning mustahkam poydevori, taraqqiyotimizning asosiy yo‘nalishiga 
aylandi.


24 
Shu narsani aytish mumkinki, strategik ahamiyatga ega bo‘lgan bu model 
bozor iqtisodiyoti nazariyalarini yanada boyitdi, o‘tish davrini boshidan 
kechirayotgan davlatlar uchun yana bir namunaga aylandi. 
2017 yildan keyingi davrda amalga oshirilayotgan islohotlarga nazar 
tashlaydigan bo‘lsak, bozor iqtisodiyotiga o‘tishning o‘ziga xos xususiyatlariga 
tayangan holda bir qator ishlar amalga oshirilayotganligini ko‘rishimiz mumkin. Bu 
borada bajarilayotgan vazifalarning belgilab berilishida Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev 
tomonidan taklif etilgan hamda xalq referendumi orqali ma’qullangan O‘zbekiston 
Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirishning 
Harakatlar strategiyasi”ni keltirishimiz mumkin. 
Ushbu strategiyaning mazmun-mohiyatiga ko‘ra, 2017−2021 yillarda O‘zbekistonni 
rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini
quyidagicha belgilab berildi. 


25 
 
 
 

Download 481.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling