Oʻzbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi andijon mashinasozlik instituti «Iqtisodiyot»


Download 481.59 Kb.
Pdf ko'rish
bet11/12
Sana16.04.2023
Hajmi481.59 Kb.
#1359017
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
farruh kurs ishi

 
 
 
 
 
 
 
 


26 
Xulosa 
Insoniyat tarixining asosida, uning intilishlari va kurashlari zamirida odamlarni 
harakatga keltiruvchi bir narsa bo'rki, uni biz ehtiyojlar deb ataymiz. Ana shu 
ehtiyojlar ayrim shaxslarni ham, butun oilalar-u xonadonlarni, korxonalar-u 
firmalarni va hatto, mamlakatlar hukumatlarini ham harakatga keltiradi. Tabiatan 
turli-tuman boigan mazkur ehtiyojlarni qondirish uchun boigan xatti-harakatlar va 
kurashlar muayyan xo'jalik faoliyati tusini oladi. Insoniyat ehtiyojlari, bir tomondan, 
turli-tuman (moddiy va ma'naviy) boisa, ikkinchi tomondan, doimo o‘sib boradi. Bu 
masalaning bir tomoni. Uning ikkinchi va muhim tomoni shundaki, ehtiyojlarni 
qondirish imkoniyatlari hamma vaqt ham cheklangan boiadi. Demak, insoniyat 
cheklangan imkoniyatlar doirasida o‘z ehtiyojlarini toiaroq qondirish muammosiga 
doim duch keladi. Ana shu muammo iqtisodiyot ilmining obyektini tashkil etadi. 
Muammoning qay darajada hal qilinishi ko‘p jihatdan mazkur mamlakatdagi 
iqtisodiy tizim va munosabatlarga bog‘Iiq. Chunki har qanday jamiyatda odamlarning 
xo‘jalik faoliyati muayyan iqtisodiy tizim sharoitida kechadi. Insoniyat o‘z 
taraqqiyotida bir necha iqtisodiy tizimlarni kashfetgan. Aziz o'quvchi, sizning 
qo'lingizdagi darslik ..Bozor iqtisodiyoti“ deb ataluvchi tizimga bag'ishlanadi. Siz 
kelajakda fizik yoki matematik, agronom yoki rassom bo'lishlikka jazm qildingiz, 
deylik. U holda sizda „Menga iqtisodiyot ilmini, umuman, bozor iqtisodiyotini o 
‘rganish nima uchun kerak?“ degan savol tug‘ilishi mumkin. Shuning uchun bu ilmni 
o‘rganish zarurligini tasdiqlovchi bir necha sabablarni aytib o‘tamiz. Birinchidan
iqtisodiyot sohasidagi bilimlar sizga erkin, demokratik jamiyatda kamol topayotgan 
shaxs sifatida zarur. Kelajagi buyuk davlat quruvchisi, awalambor, keng va erkin 
fikrlovchi, har tomonlama o'qimishli, savodli va bilimdon shaxs bo'lishi kerak. 
Hozirgi kunda Yurtboshimiz I. A. Karimov tomonidan barkamol avlodni yetishtirish 
va tarbiyalash ustuvor vazifa sifatida kun tartibiga qo'yilgan ekan, barkamollikning 
birinchi va eng muhim belgilari yuqorida aytib o'tilgan xislatlardir. Ikkinchidan, har 
bir inson o ‘z hayoti davomida iste’molchi vazifasini o'taydi. U turli-tuman moddiy 


27 
va ma’naviy ne’matlarni iste’mol qiladi, ya'ni oziq-ovqat, kiyim-kechak, kitoblar 
sotib oladi, www.ziyouz.com kutubxonasi turar joy ehtiyojlarini qondiradi, turli 
tomoshagohlarga boradi, sayohatga chiqadi va hokazo. Iste'molchi sifatida bu 
ehtiyojlarni to'laroq qondirishga qaratilgan intilishlar, albatta, imkoniyatlar 
cheklangan sharoitda sodir bo'ladi. Bunday sharoitda, birinchi navbatda, nimani sotib 
olish kerag-u, nimani keyingi navbatda xarid qilish maqsadga muvofiq yoki 
vaqtincha bo'sh shaxsiy jamg‘armani bank depozitiga qo‘ygan ma'qulmi yoki aksiya 
sotib olganmi — bu ishlarni oqilona hal qilish uchun har bir kishi iqtisodiy jihatdan 
savodxon bo'lishi kerak. Uchinchidart, har bir inson o‘z mamlakatining fuqarosi 
sifatida maydonga chiqadi. Faol fuqaro hech qachon o‘z yurtida, mintaqa yoki 
mamlakatida amalga oshirilayotgan iqtisodiy siyosatdan chetda tura olmaydi va unga 
befarq qaray olmaydi. Prezident va parlament saylovlaridagi nomzodlarning iqtisodiy 
dasturlari va bu saylovlar kampaniyasi uchun sarflanayotgan sarf-xarajatlarni 
mushohada qilish va tegishli xulosalar chiqarish uchun ham iqtisodiy bilimlar zarur. 
To‘rtinchidan, har qanday mamlakatning fuqarosi ayni vaqtda, soliq to'lovchi hamdir. 
Demak, u vaqt-vaqti bilan soliq idoralari va inspektorlari bilan yuzma-yuz bo‘lib 
turadi. Orada paydo bo‘lishi mumkin bo'lgan ixtiloflarni madaniy tarzda bartaraf 
etish uchun esa iqtisodiy bilimlar zarur. Va nihoyat, beshinchidan, siz kelajakda 
fizikmi yoki agronom bo'lmang, baribir, taqdir taqozosi bilan biron bir korxona yoki 
tashkilotga rahbar bo‘lish ehtimolingiz yo‘q emas. Hech qachon, ayniqsa, bozor 
iqtisodiyoti sharoitida iqtisodiy bilimlarsiz samarali rahbarlikni amalga oshirish 
mumkin emas. Qolaversa, yana bir narsani ta'kidlab o ‘tish joizki, bozor 
munosabatlari arnal qiluvchi sharoitda inson turli iqtisodiy xavfxatardan, masalan, 
pul qadrsizlanishining kuchayib ketishi, aksiyalari sotib olingan korxona (firma)ning 
bankrotga uchrab qolishi va hokazolardan kafolatlangan emas. Iqtisodiy bilimlarga 
ega bo‘lgan kishi bunday xavf-xatarlardan kamroq ziyon ko'radi, desak xato 
boMmaydi. Xullas, siz „Bozor iqtisodiyoti“ kursini qancha chuqur va mukammal 
o'rganish uchun sabr-toqat qilsangiz, undan shuncha ko‘proq naf ko'rasiz. 


28 

Download 481.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling