O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi andijon mashinasozlik instituti
Download 442.31 Kb.
|
УМК ИҚТИСОДИЙ ХАВФСИЗЛИК
Iqtisodiy xavfsizlik darajalari
Xalqaro daraja Milliy daraja Mintaqa xavfsizligi Davlat xavfsizligi Global xavfsizlik Xususiy Jamiyat xavfsizligi Mintaqaviy xavfsizlik SHaxs xavfsizligi Firma xavfsizligi 2- rasm. Iqtisodiy xavfsizlik darajalari 9 L.Abalkinning ta’kidlashicha, mamlakatning o’z-o’zidan rivojlanish va taraqqiy etishga qodirligi ayniqsa hozirgi paytda o’ta muhimdir. Investitsiya va innovatsiyalar uchun kerakli muhitni yaratish, ishlab chiqarishni muntazam modernizatsiya qilish, xodimlarnining bilim, kasb-malaka, umumiy madaniy darajasini oshirish kabilar milliy iqtisodiyotning barqarorligining zarur va muhim shartlaridan biri bo’lib hisoblanadi10. Iqtisodiy xavfsizlik iqtisodiyot va hokimiyat institutlarining shunday holatidirki, bunday holatda mamlakat milliy manfaatlarining kafolatli himoyalangani, mamlakat iqtisodiy rivojining ijtimoiy yo’naltirilganligi, ichki va tashqi jarayonlar rivojidagi eng noqulay sharoitda ham mudofaa salohiyatining yetarli darajada ta’minlanganligini ifoda etadi. Iqtisodiy xavfsizlikning quyidagi darajalari mavjud: xalqaro (global va mintaqa darajasida); milliy, lokal (mamlakat ichidagi mintaqa yoki tarmoq darajasida); xususiy (firma va shaxs darajasida). Xalqaro iqtisodiy xavfsizlik – bu har bir davlat, ya’ni dunyo hamjamiyati a’zosining o’z ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyoti strategiyasini erkin tanlash va amalga oshirish imkoniyatlarining ta’minlangandagi holatidir. Xalqaro iqtisodiy xavfsizlikni amalga oshirishda taraqqiyot modellarini zo’rlab o’tkazish, iqtisodiy va siyosiy jihatdan majburlashdan voz kechish, har qanday xalqning o’z mustaqil yo’lini tanlash huquqini tan olish, turli mulkchilik shakllari va manfaatlarning mavjudligini qonuniy ekanligini hurmatlash yo’lidan boriladi. Milliy iqtisodiy xavfsizlik iqtisodiyot va hokimiyat institutlarining milliy manfaatlarni kafolatli himoyalanganligi, mamlakat rivojlanishining ijtimoiy yo’naltirilganligi, yetarli iqtisodiy va mudofaa salohiyatining ta’minlangandagi holatini ifodalaydi. Korxona (firma)ning iqtisodiy xavfsizligi – ma’muriyat va personal tomonidan amalga oshiriladigan huquqiy, tashkiliy- iqtisodiy va injener-texnik chora-tadbirlar tizimi tufayli vujudga keltirilgan hayotiy muhim iqtisodiy manfaatlarning ichki va tashqi xavf-xatarlardan himoyalanganlik holatidir11. Ko’pchilik mutaxassislarning fikricha, iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlash borasida chora-tadbirlarni ishlab chiqishda unga ta’sir etuvchi barcha omillarni va birinchi navbatda iqtisodiyotning samaradorligini oshirishni hisobga olish kerak bo’ladi. SHunday qilib, iqtisodiy xavfsizlik milliy iqtisodiyotning izchil va samarali o’sishini ta’minlay oladigan ichki va tashqi shart-sharoitlar yig’indisini hamda uning jamiyat, davlat, shaxsning ehtiyojlarini qondira olish, tashqi bozorlarda raqobatbardoshligini ta’minlay olish, turli tahdidlardan himoyasini kafolatlay olish qobiliyatini ifodalaydi. Bundan kelib chiqadiki, mamlakatning iqtisodiy xavfsizligi birinchi navbatda iqtisodiyotning samaradorligi bilan ta’minlanishi kerak, ya’ni iqtisodiyot yuqori mehnat unumdorligini ta’minlash, mahsulot sifatini oshirish, raqobatbardoshlikni ta’minlash asosida o’zini o’zi himoya qilishi zarur. Bu esa davlat organlari, iqtisodiyotning barcha bo’g’inlari va tashkiliy tuzilmalari tomonidan qo’llab-quvvatlanishi kerak. Download 442.31 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling