O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi andijon mashinasozlik instituti


Download 442.31 Kb.
bet24/77
Sana30.04.2023
Hajmi442.31 Kb.
#1414247
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   77
Bog'liq
УМК ИҚТИСОДИЙ ХАВФСИЗЛИК

Qisqacha xulosalar
1. Korxonaning iqtisodiy xavfsizligi uning ilmiy-texnikaviy, ishlab chiqarish salohiyatini hamda kadrlarini faol va nofaol iqtisodiy tahdidlardan, masalan, davlatning samarasiz ilmiy-sanoat siyosatidan yoki tashqi muhitda yuzaga kelgan tahdidlardan himoyalanganligidir.
2. Korxonaning iqtisodiy xavfsizlik borasidagi strategiyasini puxta ishlab chiqish va uni samarali amalga oshirish milliy iqtisodiyotning eng muhim dastagi bo’lgan korxonalarning barqaror o’sishi va rivojlanishi uchun mustahkam asos bo’lib xizmat qiladi.
3. Korxonaning iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash bo’yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun uning xavfsizligiga tahdid soladigan xavf-xatarlarni bilish kerak bo’ladi. Buning uchun korxonaning iqtisodiy xavfsizligini ifodalaydigan parametrlarni o’rganish va ularni tahlil qilish kerak bo’ladi.
4. Korxonaning iqtisodiy xavfsizligiga ta’sir ko’rsatadigan xavf-xatarlar kelib chiqish manbalariga ko’ra ichki va tashqi tahdidlarga ajratiladi. Korxonaning iqtisodiy xavfsizligiga ta’sir ko’rsatadigan ichki tahdidlar asosan ishlab chiqarish jarayonida vujudga keladi.


Nazorat savollari
1. Korxonaning iqtisodiy xavfsizligi tushunchasining mazmun va mohiyati .
2. Korxona iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash zaruriyati nimadan kelib chiqadi?
3. Kelajakda korxonaning yuqori o’sish va rivojlanish salohiyatini yaratish uchun nimalar qilish kerak bo’ladi?
4. Korxona iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash strategiyasining mazmuni nimadan iborat?
5. Korxona xo’jalik faoliyatining sifat va miqdor ko’rsatkichlarini tahlili qanday amalga oshiriladi?
Asosiy adabiyotlar
1.Karimov I.A. Asosiy vazifamiz – Vatanimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini yanada yuksaltirishdir. - T.: O’zbekiston, 2010.
2 Karimov I.A. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O’zbekiston sharoitida uni barataf etishning yo’llari va choralari. T.: “O’zbekiston” , 2009
3. Vechkanov G.S.. Ekonomicheskaya bezopasnostь. Uchebnik. –SPb.: Piter, 2007
4. Ekonomicheskaya bezopasnostь: ucheb. posobie dlya studentov ekonomicheskix vuzov, obuchayuщixsya po spetsialьnostyam ekonomiki i upravleniya. V.A.Bogomolov i dr. / Pod red. V.A.Bogomolova. M. YuNITI DANA, 2009



Download 442.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling