O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi andijon davlat universiteti


Download 1.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/83
Sana08.01.2022
Hajmi1.69 Mb.
#254490
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   83
Bog'liq
1matematikaoqitishmetodikasipdf

1. Mustaqil ish darslari. 
Darsda oldingi amalga oshirilgan barcha ishlar o‘qituv-chining mustaqil ravishda yangi  bayon 
qilingan  qoida-qonunlari  asosida  misol-masala  yechishga  qaratilmog‘i  kerak.  O‘quvchilar  bilan 
yangi  mavzuga  taalluqli  mustaqil  ish  bajarish  o‘qituvchiga  yangi  mavzuni  o‘quvchilar  qanday 
o‘zlash-tirganligi, o‘quvchilar bilimida qanday  kamchiliklar borligi to‘g‘risida  ma’lumot beradi. 
Bu vaqtda o‘quvchilar  o‘zlarining   bilimlarini  mustahkamlaydi,  ba’zi  malakalar  hosil qiladi, uy 
vazifasini bajarishga  tayyorlaydi, yangi mavzuni o‘zlashtirish bilan bog‘liq bo‘lgan qiyinchiliklarni 
yengadi. Mustaqil ish tekshirish va umumlashtiruvchi xulosani takrorlash bilan yakunlanadi. 
Uyga  vazifa.    Uy  vavzifasining  mazmuni  bir  tomondan  darsda  o‘rganilgan  yangi  materialni  
mustahkamlashga qaratilgan  bo‘lsa, ikkinchi tomondan keyingi darsga  tayyorlashga qaratilmog‘i 
kerak. 
 Misol tarzida. 
1-sinf o‘quvchilarini yangi material bilan  tanishtirish darsini  ko‘rib chiqamiz. 
Darsning mavzusi.  4 ni qo‘shish va ayirish. 
Darsning  maqsadi.          Birliklar  guruhi  bilan,  ya’ni    4  ni  ayirish  va    qo‘shish    amallari  bilan 
birinchi bor tanishtirish, malaka va ko‘nikmalarni  mustahkamlash. 
 Ko‘rgazmali qurol: hisoblash uchun didaktik materiallar, hisob cho‘plari, kvadratchalar. 
Dars  rejasi:  1)    uy  vazifasini  tekshirish  va  o‘quvchilarni  yangi    materialni  o‘zlashtirishga 
tayyorlash, uchni birliklarga bo‘lib qo‘shish va ayirishni takrorlash; 
2) mavzuni e’lon qilish va darsning maqsadi; 
3) yangi mavzuni bayon qilish: o‘quvchilar bilan  predmetlar to‘plami  ustida  4 ni qo‘shish va 
ayirishga qaratilgan misol va masalalarni o‘qituvchi rahbarligida  yechish.  O‘quvchilarni qanday 
qilib 4 ni qo‘shish mumkin va qanday qilib 4 ni  ayirish mumkin degan umumlashtiruvchi xulosaga 
olib kelish; 
4)  yangi  materialni    mustahkamlash:    chiqarilgan  xulosalarni    mustaqil  ravishda  misol  va 
masalalar yechishda qo‘llash. 
 O‘quvchilarning  o‘zlariga misol va  masalalar  tuzdirish. 
5) uyga vazifa  berish;     
6) darsni xulosalash. 
2.  Har  xil  mashqlarni  qo‘llash  yordamida    yangi    bilim,  malaka  va  ko‘nikmalarni  
mustahkamlash darsi. 
Yuqorida aytganimizdek har bir darsda o‘quvchilar olg‘a qarab siljiydilar, lekin darslar orasida 
shundayi ham  borki,  bunday darsning asosiy qismi oldindan olgan bilimlarni  mustahkamlashga 
qaratilgan  bo‘ladi. 


30 
 
Darslar  tizimida  mustahkamlash    darsning    har  xil  bosqichlarida  va  har  xil  darajalarida 
o‘tkaziladi. Agar darsning oldiga ko‘nikma ishlab chiqish va birinchi malakalarni hosil qilishdek 
didaktik  maqsad  qo‘yilgan    bo‘lsa,  uning  natijasida  malakalar  hosil  qilinadi.  Bu  esa  darsning  
tizimida, mazmunida va uning ustida  ishlash metodlarida  aks ettirilishi lozim. Mustahkamlash va 
olingan bilim, ko‘nikma va malakalarni hosil qilish uchun darsning tizimi har xil bo‘lishi mumkin.  
Bunday  darsning  tug‘ilishiga    quyidagilar  kiradi:  uy  vazifasini  tekshirish,  mavzuni  va  darsning 
maqsadini e’lon qilish, og‘zaki hisoblash, ifodalarning qiymatlarini hisoblash va masalalar yechish, 
mashqlari natijasini  mustaqil tekshirish va  materialni mustaqil umumlashtirish, o‘quvchilarning 
o‘zlari mustaqil ravishda ifodalar va masalalar tuzishi, o‘lchashi va grafik ishlarini bajarishi va h.k. 
Bunday darsga 3-sinfdan misol keltiramiz. 
Dars mavzusi. 1000  soni ichida  yozma ayirish. 
Darsning maqsadi. Yozma ayirish  amallarini  mustahkamlash. 
Darsning  rejasi.  1)    uy  vazifasini  tekshirish;    o‘quvchilar  sinf  doskasida  yozilgan    uy 
vazifasining javobi bilan daftarda ishlangan javobni solishtiradilar;  
2) og‘zaki hisoblash; 
3)  o‘qituvchining    bevosita    rahbarligida  960–156,  741–237  va    boshqa  misollarni  yozma 
ravishda yechadilar; 
4) ayirishga doir misollar va masalalarni o‘quvchilar  mustaqil  yechadilar; 
5) mustaqil ishlarni tekshirish; 
6) uyga vazifa  berish; 
7) darsni yakunlash.  

Download 1.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling