O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi andijon davlat universiteti
Download 1.69 Mb. Pdf ko'rish
|
1matematikaoqitishmetodikasipdf
3. O‘tilgan materialni takrorlash darsi.
Boshlang‘ich sinflarda matematikadan har bir darsda qandaydir darajada o‘tilgan materiallar takrorlanadi va mustahkamlanadi. Тakrorlash vazifasi faqatgina bilim, ko‘nik-ma va malakalarni mustahkamlash bilangina chegaralanmay, balki bu bilim, ko‘nikma va malakalarni to‘ldirish, chuqurlashtirish va bir tizimga keltirishni ham o‘z ichiga olishi kerak. Тakrorlash o‘qitishning har xil bosqichlarida olib boriladi: o‘quv yili boshidagi takrorlash darsi, kundalik takrorlash, mavzu yuzasidan umumlashtiruvchi takrorlash darsi va yakuniy takrorlash darslarini bir-biridan farq qilish kerak. Barcha sinflarda taxminan birinchi ikki hafta davomida o‘quvchilar olgan bilim, ko‘nikma va malakalarni tiklash maqsadida takrorlash o‘tkaziladi. Mavzu bo‘yicha umumlashtiruvchi va yakunlovchi takrorlash darslari o‘quvchilar olgan bilimlarni mustahkamlash va maqsadini amalga oshiradi. Umumlashtiruvchi va tizimlashtiruvchi takrorlash darsning tizimiga har xil mashqlar, savol-javoblar, suhbatlar kiradi, ular bilimlarni tizimga solish va umumlashtirish maqsadini amalga oshiradi. Umumlashtiruvchi takrorlash darsining tizimi quyidagicha bo‘lishi mumkin: 1. Uy vazifasini tekshirish. 2. Doskada yozilgan takrorlash rejasi bilan o‘quvchilarni tanishtirish. 3. O‘tilgan materialni og‘zaki hisoblash yordamida takrorlash. 4. Har xil vazifalarni bajarish yordamida takrorlash: misol va masalalarni yechish, oldin yechilgan misol va maslalarni qarash va oldingi va keyinga misol va masalalarni yechish usullarini taqqoslash, darslikdan matn o‘qish, o‘lchash, grafik va sxemalar chizish, qoida va xulosalarni qayta esga olish va ularga taalluqli misol va masalalar tuzish va h.k. Darsda takrorlangan mavzu materiali bo‘yicha umumlashtirish beriladi. 5. Uyga vazifa. 4. Keyingi ishlardagi xatolarning oldini olish maqsadida bilim, ko‘nikma va malakalarni tekshirish darsi. O‘quvchilarning bilim, malaka va ko‘nikmalarini tekshirishga alohida dars bag‘ishlanadi. Bunday darsga mavzu va bo‘limni tugatgandan keyin o‘tkaziladigan yozma nazorat ishi darsi misol bo‘ladi. Masalan: 1) darsning maqsadini e’lon qilish, nazorat ishning mazmuni bilan tanishtirish, uni bajarish tartibi haqida qisqacha tushuncha berish; 2) nazorat ishini o‘quvchilarning har biri mustaqil ravishda bajarishi; 3) o‘quvchilar ishini yig‘ish. 31 O‘qituvchi dars tugashiga 3–5 minut qolganda o‘quvchilarni ishni tugatish zarurligi haqida ogohlantiradi, ya’ni ular hamma yozuvlarni va hamma vazifalarni tekshirishni erkin bajarib ulgursin. Qo‘yilgan aniq vaqtda barcha o‘quvchilar vazifalarni topshirishlari zarur. O‘quvchilar vazifalarni tekshirib bo‘lgandan keyin, ikkinchi kun o‘qituvchi nazorat ishining tahlilini o‘tkazadi. U ishning natijasi haqida so‘zlab beradi, yaxshi bajarilgan ishlarni ajratadi, yo‘l qo‘yilgan xatolarni aytib o‘tadi. Yuqorida ko‘rib chiqqan matematika darsining turlarida darsning mazmuniga bog‘liq bo‘lgan ba’zi bir xususiyatlar kelib chiqadi. Ya’ni matematika darsi o‘quvchilarning amaliy ishlariga ham qaratilishi mumkin: o‘lchashga doir, geometrik figura chizish, predmetlarni tortish, o‘qituvchi tomonidan ko‘rsatmalar (instrukturlashni) kiritish, o‘quvchilarni raqobatli ishlarini tashkil qilish, bajarilgan ishlarni o‘qituvchi qabul qilish va boshqa ishlarni amalga oshirishi mumkin. Bunday dasturning xususiyati shundan iboratki, bu yerda o‘quvchilar faqatgina darslik va daftar ustida ishlash bilan shug‘ullanmay, balki o‘lchash, chizish va boshqa qurollar bilan ishlashga o‘rganadilar. Bunday amaliy ishga bog‘liq bo‘lgan darslar quyidagi bo‘limlarni o‘z ichiga olishi mumkin: o‘lchash vaqtida qo‘llaniladigan asbob va qurollarni ko‘rsatish, uning tuzilishini qisqacha bayon qilish; uni qo‘llash qoidasini aytib berish; kesma, og‘irlik va boshqalarni o‘lchash usullarini tasavvur qilish asosida o‘quvchilarga alohida o‘lchatish; amaliy xarakteridagi mustaqil ishlar, bu ishni tekshirish va o‘z-o‘zini tekshirish, xulosa. Amaliy ish darslariga taalluqli ishni har bir o‘quvchi bajarishinii nazorat qilib borish kerak. Ba’zan ishni bajarishda o‘quvchilar guruhlarga bo‘linadi. Bunday holda har guruhning oldiga vazifani shunday qo‘yish kerakki, har bir guruh a’zosi faol ishtirok etish. 5. O‘quvchilarning alohida va guruhli ishlari. Guruhli mashg‘ulotlar butun guruh bilimidagi kamchiliklar bir xil bo‘lgandagina o‘tkaziladi. Individual ishlarni tashkil qilishdan maqsad o‘quvchilarning o‘zlashtirgan bilimlaridagi kamchiliklarni bartaraf qilish uchun kurash, o‘quvchilarnig o‘zlashtirmaslik sabablarining oldini olish va uni bartaraf qilishdan iborat. Guruhli mashg‘ulotlari butun sinf o‘quvchilari bilimidagi kamchiliklar bir xil bo‘lgandagina o‘tkaziladi. Bazan bunday mashg‘ulotlar individual xaraktyerda bo‘lishi mumkin. Bunday mashg‘ulotlarning tafsiloti muvoffaqiyatni erishmoq uchun u yoki bu o‘quvchining o‘zlash-tirmaslik sabablarini aniq bilish, ular yo‘l qo‘yadigan xatolarni aniq hisobga olish kerak... bu o‘quvchi qaysi bosqichda «xatoga yo‘l », nimani yetarlicha o‘zlashtirmaganini aniqlashga yordam beradi deb xulosalanadi. Fоydаlаnilgаn аdаbiyotlаr ro‘yхаti 1,2,3,4,5,6,7,8,9,10,11,12,13,14,15,,16,17,18,19,20. Download 1.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling