O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi andijon davlat universiteti
Download 1.69 Mb. Pdf ko'rish
|
1matematikaoqitishmetodikasipdf
Analogiya – shunday xulosaki, bunda predmetlar ba’zi belgilarining o‘xshashligi bo‘yicha bu
predmetlar boshqa belgilari bo‘yicha ham o‘xshash, degan taxminiy xulosa chiqariladi. Analogiya “xususiydan xususiyga boradigan”, bir konkret faktdan boshqa konkret faktlarga boradigan xulosadir. Masalan, uch xonali sonlarni qo‘shish va ayirishning yozma usullarini ko‘p xonali sonlarni qo‘shish va ayirishga o‘tkazish analogiya usulini qo‘llashga asoslangan. Shu maqsadda metodik adabiyotlarda ko‘p xonali sonlarni yozma qo‘shish va ayirish bilan tanishtirishda shunday misollarni yechish tavsiya qilinadiki, bunda har bir navbatdagi misol oldingisini o‘z ichiga oladi. Masalan: 126 4752 54752 837 6837 76837 +172 + 3246 +43246 - 425 - 2425 - 52425 Bunday misollarni yechgandan keyin o‘quvchilarning o‘zlari ko‘p xonali sonlarni yozma qo‘shish va ayirish uch xonali sonlarni yozma qo‘shish va ayirishdek bajariladi, deb xulosa chiqaradilar. Yuqorida qaralgan metodlardan (induksiya, deduksiya, analogiya) foydalanishzamirida analiz, sintez, taqqoslash, umumlashtirish va abstraksiyalash kabi aqliy operasiyalar yotadi. 17 Butunni uning tashkil etuvchi qismlariga ajratishga yo‘naltirilgan fikrlash (tafakkur) usuli analiz deb ataladi. Predmetlar yoki hodisalar orasida bog‘lanishlar o‘rnatishga yo‘naltirilgan tafakkur usuli •deb ataladi. 100 sonida nechta o‘nlik va nechta birlik bor, degan savolga javob berishda o‘quvchilar sonni analiz qilishadi. Shu so‘zlarga amal qilishadi (ya’ni noto‘la analiz o‘tkazishadi), bunday qilish esa ko‘pincha xatoga, ya’ni xato sintezga olib keladi. Тaqqoslash usuli qaralayotgan sonlar, arifmetik misollar, masalalarning o‘xshash va farqli alomatlarini ajratishdan iborat. Matematika boshlang‘ich kursi taqqoslash usulining qo‘llanilishi uchun katta imkoniyatlar ochib beradi: sonlarni, ifodalar va sonlarni taqqoslash; ikkita ifodani taqqoslash; masalalarni taqqoslash va h.k. Yangi matematika tushunchalarni, qonunlarni tarkib toptirishda bolalar umumlashtirishga duch keladilar. Umumlashtirish – bu o‘rganilayotgan ob’ektlardan umumiy muhim tomonlarini ajratish va ularni muhim emaslaridan ajratishdan iborat. Nazorat uchun savollar 1. O‘qitish metodlari deyilganda nimani tushunasiz? 2. O‘qitish metodlarining turlarini ayting. 3. Boshlang‘ich sinflarda qanday og‘zaki o‘qitish metodlari ishlatiladi? 4. Induksiya, deduksiya va analogiya metodlarining mohiyati nimadan iborat? O‘quvchilarning faollik darajasiga ko‘ra farqlanuvchi metodlar, o‘quvchilarning mustaqil ishlari Faollashtiruvchi (interfaol) darslar. O‘qituvchi boshchiligada bajariladigan o‘quvchilarning mustaqil ishlari o‘quvchilarning umumiy rivojlanishlariga yo‘naltirilganligini yana bir karra ta’kidlaydi. Didaktik adabiyotlarda mustaqil ish tushunchasini har xil ta’riflanadi. Mustaqil ishlar quyidagilarga ko‘ra o‘zaro farq qilinadi: a) didaktik maqsadlar bo‘yicha: o‘quvchilarni yangi materialni qabul qilishga (idrok qilishga) tayyorlashga, yangi bilimlarni o‘zlashtirishga, mustahkamlashga, ilgari o‘tilgan materialni takrorlashga yo‘naltirilgan bo‘lishi mumkin; b) o‘quvchilar mustaqil ishlayotgan material bo‘yicha: darslik bilan, didaktik material ustida, bosma asosli daftar ustida ishlash va hokazo; d) o‘quvchilardan talab qilinadigan faoliyat xarakteri bo‘yicha: bu nuqtayi nazardan bajariladigan ishlarni berilgan namuna, qoida bo‘yicha va hokazo bir-biridan farq qilinadi; O‘quvchi maxsus topshiriq ustida ishlaydi. Matematikadan deyarli har bir darsda 2–3 ta qisqa vaqtli mustaqil ish o‘tkazish maqsadga muvofiq ekanligini ta’kidlab o‘tamiz. IV. O‘quvchilarni mustaqil faolliklari darajasiga ko‘ra klassifikasiyalanuvchi metodlar 1. Izohli-illyustrativ metod. Yangi axborotlarni ilgari o‘zlashtirilgan axborotlar bilan taqqoslashadi va eslab qolishadi. 2. Reproduktiv metod. Reproduktiv metodning asosiy belgisi faoliyat usulini tiklash va o‘qituvchining topshiriqlari bo‘yicha takrorlashdan iborat. Bu metod yordamida o‘quvchilarda malaka va ko‘nikmalar tarkib topadi. 3. Bilimlarni muammoli bayon qilish. Izlanishlarni olib borishga o‘rgatadi. 4. Qisman izlanish yoki evristik metod. O‘qitishning tadqiqot metodi. Masalan, 1-sinf o‘quvchilarida sonni yig‘indiga qo‘shish uquvini shakllantirish metodikasini qaraylik. O‘quvchilarga ushbu tengliklarni namoyish etuvchi rasmlar ko‘rsatiladi: Download 1.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling