O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi a’zam xoliqov
bir tadbirga puxta tayyorgarlik ko‘rilishi lozim
Download 2.85 Mb. Pdf ko'rish
|
c665ac5f3602bdaa621100d5261f1b7d PEDAGOGIK MAHORAT
bir tadbirga puxta tayyorgarlik ko‘rilishi lozim.
Ijtimoiy psixologik tizim. O‘qituvchining tarbiyachi sifatidagi mahorati – bu tarbiyalanuvchilarni ma’lum bir maqsadga muvofiq tar- biyalash uchun mo‘ljalga olish san’atidir. O‘quvchilar har kuni quvonchli daqiqalarni, katta va kichik ko‘ngilsizliklarni birgalikda boshdan kechiradilar. Ular tarbiyachi-o‘qituvchining o‘zlariga nisbatan yaxshi va yomon, yoki insoniy munosabatlarini tez ajrata oladilar va bunga darhol o‘z “javoblarini” qaytaradilar. Ijtimoiy psixologik bilim va malakaga ega bo‘lish tarbiyachi-o‘qituvchida uddaburonlikni va sezgirlikni shakllan- tiradi. U o‘quvchilar jamoasini uyushtira oladi, o‘quvchilar qalbiga yo‘l topadi. Chunki o‘quvchilar jamoasi umumiy maqsad asosida tashkil top- gan, yuqori darajada uyushtirilgan birlashma bo‘lib, shaxs shaklla- nishining yetakchi omili sifatida ijtimoiy munosabatlar ichida muhim yacheyka hisoblanadi. 228 O‘quvchilar orasidagi munosabatlarga mohirona rahbarlik qilish uchun tarbiyachi jamoaning ichki va jamoalararo ziddiyatlarni ham bilishi kerak. Bu ziddiyatlarning barham topishi tarbiyachi shaxsi, uning tarbiyalanuvchilar bilan yaqin munosabatlariga bog‘liq. Haqiqiy va mohir tarbiyachi-o‘qituvchi bu ziddiyatlarni bartaraf etishda o‘quvchilar jamo- asi, o‘quvchilar o‘zaro munosabatlarining kuchidan foydalanadi. Har bir o‘quvchi o‘zining ijtimoiy va psixik olamiga ega. Uni bilish, o‘rganish o‘qituvchidan psixologik nuqtai nazardan yondashishni talab qiladi. O‘quvchining jamoa bilan yaxshi munosabatda bo‘lishi uchun o‘qituvchi quyidagi omillarga e’tibor berishi shart: - har bir o‘quvchiga alohida pedagogik topshiriqlar qo‘yish; - jamoada o‘zaro xayrixohlik, o‘zaro yordam muhitini shakllantirish; - oilaning tarbiyaviy ta’siridan o‘z o‘rnida fodalanish; - o‘quvchilarning o‘zaro aloqalarini kuchaytiruvchi, ijodiy faoliyatini rivojlantiruvchi faoliyatlarini tashkil qilish; - o‘quvchilarga o‘zaro teng, adolatli munosabatda bo‘lish. Estetik tizim. Agar tarbiyaviy vosita, usul va metodlar orqasida etak- chi g‘oya turmasa, texnologik tizim va ijtimoiy psixologik munosabatlar tizimi maqsadli tarbiyaviy natijalar bermaydi. O‘qituvchining har bir harakati, o‘quvchilarning estetik madaniyatini shakllantirishga xizmat qiladi. Tarbiyachi faoliyati hayotiy me’yor va qadriyatlar asosida olib borilishi kerak, shundagina, o‘quvchining tarbiya jarayonidagi faolligi ta’minlanadi. Dunyoqarashi hali to‘la-to‘kis shakllanmagan o‘quvchilar uchun o‘qituvchining hayotiy tajribalari, shaxsiy namunalari ham estetik tarbiyaviy ta’sir kuchiga egaligini unutmaslik kerak. Shuning uchun o‘qituvchining jamoaga nisbatan diqqat motivlarini shakllantirishda av- valo tarbiyachining estetik jihatdan tarbiyalanganligi muhim ahamiyat kasb etadi. Estetik tizim tarbiyalanganlikning yuqori darajasini belgilov- chi vosita bo‘lib, uning talablarini bir maromda o‘quvchi ongiga singdirib borish uchun har bir o‘quvchi, sinf, maktab jamoasi harakat qiladi. Este- tik tizimda ulkan tarbiyaviy maqsadlarga erishish uchun o‘qituvchidan nihoyatda mohirona talabchanlik, ijobiy ta’sir etish vositalarining birligiga erishish talab etiladi: - tarbiyada o‘quvchilar jamoasi muhitining birligi; - o‘quvchilar mustaqilligi va o‘z-o‘zini tarbiyalashning birligi; - fuqarolik va insoniylikning birligi; - talabchanlik va ishonch birligi; - o‘quvchi shaxsiga ehtiyotkorona munosabat; 229 - jinsiy tafovutlarni hisobga olish; - bolalarning axloqiy va jismoniy sog‘ligi haqida qayg‘urish; - axloq me’yorlariga amal qilish. Download 2.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling