O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi a’zam xoliqov
Download 2.85 Mb. Pdf ko'rish
|
c665ac5f3602bdaa621100d5261f1b7d PEDAGOGIK MAHORAT
Tarbiyaning uzluksizligi. Tarbiyaning yana bir xususiyati uzoq mud-
dat davom etishidir. Tarbiya natijalari tez sur’atda yoki yaqqol ko‘zga tashlanmaydi. O‘zida insoniy sifatlarni namoyon eta olgan shaxsni tarbiyalab voyaga etkazishda uzoq muddatli davr talab etiladi. Shaxsning muayyan vaqtning o‘zida, turli qarashlar mavjud sharoitda harakat qilishi tarbiya jarayonini murakkablashtiradi. Ta’lim muassasalarida olib bori- layotgan tarbiyaviy faoliyat shaxs ongi, dunyoqarashini shakllantirishga qaratilgan. Binobarin, yoshlik yillarida insonning asab tizimi yuqori darajada ta’sirchan hamda beqaror bo‘ladi. Shu bois tarbiyada muvaf- faqiyatga erishish uchun o‘qituvchi bolalarni o‘quvchilik yillarida to‘g‘ri tarbiya berish lozimligini talab etadi. Ta’lim muassasalarida olib borilayotgan tarbiyaviy jarayon bu — o‘qituvchi va o‘quvchilarning birgalikdagi uzluksiz, tizimli harakatlari yig‘indisidir. O‘quvchilarda ijo- biy sifatlarni qaror toptirishda yagona maqsad sari yo‘naltirilgan, bir- birini to‘ldiruvchi, boyitib boruvchi, takomillashtiruvchi faoliyat alohida ahamiyat kasb etadi. Shu bois oila, ta’lim muassasalari, jamoatchilik 231 hamkorligida tashkil etilayotgan tarbiyaviy tadbirlarning uzluksiz o‘tka- zilishiga erishish lozim. Ta’lim muassasalarida o‘qituvchilarning tarbiyaviy faoliyati yetakchi o‘rinni egallasalar ham, ba’zan o‘quvchilarga uzluksiz tarbiyaviy ta’sir o‘tkaza olmaydi, chunki, o‘quvchilar ta’lim muassasalarida ma’lum mud- datgina o‘qituvchining tarbiyaviy ta’siri va nazorati ostida bo‘lib, qolgan bo‘sh vaqtining asosiy qismini oilada, ko‘chada, do‘stlari davrasida, har xil tashqi muhitda o‘tkazadilar. Kuzgi, qishki, bahorgi va ayniqsa, yozgi ta’tillar davrida o‘quvchilar ta’lim muassasasi o‘qituvchisi ta’siridan chetda qoladilar. Demak, ta’lim muassasasida o‘quvchilarni tarbiyalash vaqt jihatdan chegaralangan bo‘lib, sinfdan va maktabdan tashqarida amalga oshiriladigan tarbiyaviy faoliyatlardan holi vaqtda ular o‘qituvchi yoki tarbiyachining ta’siri hamda nazoratida bo‘lishlari kerak. Tarbiyaviy ishlarni rejalashtirish. Tarbiyaviy maqsadlarni amalga oshirish uchun reja tuzish va uni bajarish tarbiya samaradorligini ta’min- lashning asosiy yo‘lidir. O‘qituvchining tarbiyaviy ishlarni rejalashtirishi – ijodiy jarayon. O‘qituvchi tarbiyaviy ishlarni rejalashtirishda asosan «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» g‘oyalariga hamda milliy qadriyat, urf-odatlarimizga tayanadi. Uning mazmuni o‘quvchilarni o‘qishga, ilm olishga, mehnatga ijobiy muno- sabatni tarbiyalashdan iborat. Tarbiyaviy ish rejasida mehnat tarbiyasiga alohida ahamiyat beriladi. O‘qituvchi o‘quvchilarning mehnat tarbiyasi rejasini tuzar ekan, o‘quv- chilar mehnatining mashaqqati, charchoq va hordiq haqida aniq tasav- vurlarga ega bo‘lishlarini hisobga olishlari kerak. Ota-onalar bilan ishlash bo‘limida oila, maktab tarbiyasini tavsiflaydigan qisqa ma’lumotlar beri- ladi. Mohir o‘qituvchi tarbiyaviy ish rejasiga aniq bir maqsadni qo‘yadi. Tarbiyaviy ish amaliyotida xulq me’yorlaridan chetga chiqqan o‘quv- chilar ham uchraydi. Ular tarbiyasi «qiyin» o‘quvchilar. Ular bilan tarbiyaviy faoliyat olib borish – bu alohida e’tiborni, sabr-toqat va mahoratni, qalb sezgirligini talab qiladigan murakkab ishdir. Tarbiyachi bunday o‘quvchilarni pedagogik jihatdan o‘rganish dasturini tuzishda quyidagi jihatlarga e’tibor berishi lozim: shaxsning ijtimoiy kelib chiqi- shi; oilada umumiy rivojlanish darajasi; axloqan tarbiyalanganlik dara- jasi. Dastur asosida quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha alohida tarbiyaviy ishlar rejasi tayyorlanadi: 1. O‘quvchi olamining hayotiy yo‘nalishlarini diqqat bilan o‘rganish. 2. Xarakteri va xulqidagi og‘ishganlik sabablarini o‘rganish. 232 3. Ijobiy yo‘nalishga, o‘zgarishiga ta’sir etuvchi hayotiy ko‘rinish- larni tanlash. 4. Muloqotni o‘smirning «psixologik hudud»idan izlash. 5. O‘quvchilar xulqida namoyon bo‘ladigan har xil o‘zgarishlar usti- dan doimiy nazorat o‘rnatish. Ma’lumki, tarbiyalanganlik natijalarini hisobga olish o‘quvchilar xulqida, ularning o‘qish va mehnatga munosabatlaridagi o‘zgarishlarni ifodalaydigan pedagogik o‘lchamdir. Tarbiyaviy faoliyat samaradorligini aniqlash masalasi murakkab masaladir. Hech qachon tarbiya natijalarini o‘tkazilgan tadbirlar, ishtirok etgan o‘quvchilar soni bilan belgilab bo‘l- maydi. Tarbiyaviy ish samaradorligi o‘quvchilarning tarbiyalanganlik darajasi bilan baholanadi. Tarbiyachi-o‘qituvchi o‘quvchilarning qiziqish va ehtiyojlarini chu- qur his etgan holda, vaziyatni hisobga olib mavzu tanlashi, uni tayyorlash va o‘tkazishda o‘quvchilarni keng ko‘lamda jalb etishi, yuksak samara- dorlikni ta’minlanishiga e’tibor berish bilan birga, har bir o‘quvchiniig xohishini hisobga olishi, keskin rad etmasdan, yana o‘ylab ko‘rish, qizi- qarliroq, soddaliroq yo‘llarini topishing mumkin deb umidvor qilish o‘rinlidir. Tarbiyachi ijodkor bo‘lishi, o‘quvchilarni ham ijodiy faoliyat yuritishga jalb etishi, har bir tarbiyalanuvchida o‘zini va o‘zgalarni hur- mat qilishga ishonch hosil qilishi lozim. Download 2.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling