8. Sharq mutafakkirlaridan muomala madaniyati, muloqotga ki-
rishish mahorati, mudarrislarni tanlash haqida o‘z asarlarida noyob
fikrlarni bayon etgan donishmandlarni ko‘rsating?
a. Kayqobus, Xondamir, Ali Yazdiy, Alisher Navoiy, Koshifiy,
Muhammad Rafiq Voiz, Quraysh Saidiy.
b.
Amir Temur, Cho‘lpon, Usmon Nosir, Fitrat, Behbudiy,
Abdulla Avloniy, Hakim at Termiziy.
c. Kayqobus,Mirzakalon Ismoiliy, Ismoilbek G‘aspirali, Husayn
Boyqaro, Imom Buxoriy.
d.
K.D.Ushinskiy, Yan Amos Komenskiy, Abdulla Avloniy, Al
Farg‘oniy.
9. O‘zbekiston Respublikasining «Kadrlar tayyorlash milliy
dasturi»da “Kadrlar tayyorlash milliy modeli”ning asosiy, tarkibiy
qismlari qaysi javobda to‘liq ko‘rsatilgan?
a. Shaxs, davlat va jamiyat, uzluksiz ta’lim, fan, ishlab chiqarish.
b. Ta’limning uzluksizligi, fan va ta’lim jarayonlari aloqalarining
rivojlanishi, ta’lim tizimini moliyalash.
c. Iqtidorli bolalar va iste’dodli yoshlar, fan, uzluksiz ta’lim, ishlab
chiqarish.
d. Shaxs, fan va ta’lim, jamiyat, iqtisodiyot, uzluksiz ta’lim tizimi.
10. Pedagogik mahoratni shakllantirishning ta’minlovchi omil-
lari?
a. Ta’lim oluvchilarning yosh, fiziologik, psixologik hamda shaxsiy
xususiyatlarini hisobga olish, ularning faoliyatini obyektiv nazorat qilish
va baholash.
b. Ta’lim jarayonini demokratlashtirish va insonparvarlashtirish
asosida o‘z faoliyatini tashkil etish.
c. Fanlarni o‘qitish jarayonida texnik vositalar imkoniyatlaridan keng
foydalanish.
d. Barcha javoblar to‘g‘ri.
11. Antik davr mutafakkirlaridan kimlar pedagogning kasbiy
mahorati va notiqlik san’ati haqida fikr bildirganlar?
a. Sokrat, Platon, Demosfen.
b. Aristotel, Gegel, Isey.
c. Sitseron, Esxil, Forobiy.
d. Farg‘oniy, Isokrad, Giperid.
349
Do'stlaringiz bilan baham: |