O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi a’zam xoliqov
- tashabbussiz, eski qolipda pedagogik faoliyat olib boradi; -
Download 2.85 Mb. Pdf ko'rish
|
c665ac5f3602bdaa621100d5261f1b7d PEDAGOGIK MAHORAT
- Bu sahifa navigatsiya:
- 7.5. O‘qituvchining sinf jamoasini muloqot asosida boshqarish bosqichlari
- tashabbussiz, eski qolipda pedagogik faoliyat olib boradi;
- sinf jamoasining tarbiyaviy faoliyatiga aslo aralashmaydi; - ta’lim-tarbiyaga oid muammolarga yuzaki qarab chiqadi; - o‘z mustaqil fikriga ega emas, javobgarlikdan o‘zini olib qochadi; - o‘quvchilarga berilgan topshiriqlarning natijalari bilan qiziqmaydi; - o‘quvchilar kelajagiga, taqdiriga e’tiborsiz, beg‘am qaraydi; - o‘z pedagogik faoliyatiga sovuqqonlik bilan munosabatda bo‘ladi. Biroq, yillar o‘tib, zamonlar o‘zgargan sari, XXI asrda jamiyatning ijtimoiy talablaridan kelib chiqib, o‘qituvchining xulq–atvori, pedagogik va psixologik bilimlar saviyasi, o‘z kasbiy faoliyatiga nisbatan muno- sabati, pedagogik va axborot informatsion texnologiyalarini puxta o‘z- lashtirish saviyasi ham o‘zgarmoqda. Shu sababli, o‘qituvchilar o‘z bilim va tafakkurlari nuqtai nazaridan kelib chiqib, sinf jamoasini bosh- qarishning turli shakl va metodlarini amalda qo‘llamoqdalar. Sinf jamo- asining har qanday boshqaruv uslubi o‘qituvchi muloqoti asosida tashkil etiladi. Muloqotdan kutilayotgan natija, tarbiya asosida o‘quvchining ongini va tafakkurini boyitish va o‘zgartirishdir. 7.5. O‘qituvchining sinf jamoasini muloqot asosida boshqarish bosqichlari Biz yuqorida ta’kidlab o‘tilgan fikrlarga asoslanib, muloqot asosida sinf jamoasini boshqarishda o‘qituvchi uchun lozim bo‘lgan quyidagi bosqichlarni tavsiya etamiz: Sinf jamoasi bilan muloqotni tashkil etishning birinchi bosqichi. Mazkur bosqichda talab faqat o‘qituvchilar tomonidan qo‘yiladi. Bu sinf jamoasi shakllanishining boshlang‘ich nuqtasidir. Ushbu davrda o‘quvchilar jamoasi hali tarbiyalanuvchi jamoa bo‘lmay, balki «birlikni tashkil etuvchi» guruh hisoblanadi. Ushbu bosqichda o‘quvchilar o‘qi- tuvchi tomonidan talablarning qo‘yilishiga e’tiborsiz qarashi tabiiy bir holat. O‘qituvchi tashkilotchi sifatida jamoa a’zolarining uzluksiz ijodiy faoliyatlarini tashkil qilishi va ularni yagona maqsad atrofida birlash- tirishga erishishi lozim, shundagina jamoa qaror topadi. O‘qituvchi muloqoti asosida o‘quvchilarning jamoa faoliyatida ishtirok etishi faollashadi, faoliyat natijasini birgalikda muhokama qilish, qilinajak ishlarni rejalashtirish jamoa a’zolarida mas’uliyat, javobgarlik, faoliyat birligi jamoa faoliyatiga nisbatan qiziqishni paydo bo‘lishiga olib keladi. 138 O‘quvchilarning jamoa faoliyatini tashkil etish borasidagi tajribalarga ega emasliklari bois o‘qituvchining asosiy maqsadi muloqot asosida jamoa a’zolarini oddiy tarzda uyushtirishdan iborat. Ushbu bosqichda o‘qituvchining talabchanligi, jamoaning barcha a’zolariga birday talabni qo‘ya olishi, u tomonidan qo‘yilayotgan talab- ning qat’iyligi, izchilligi hamda murosasizligi muhim omil hisoblanadi. Bu vaziyatda o‘qituvchining muloqotda «hukmdorlik» qilishi uzoq davom etishi mumkin. Jamoa hayotining birinchi bosqichida jamoa faol- larining paydo bo‘lishi ushbu davr uchun xarakterli hodisadir. Download 2.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling