202
Nutq mazmuni va sharoiti qanday intonatsiya va ritmni talab etadi?
Har qanday ta’lim-tarbiyaviy mashg‘ulot oldidan bir necha bor o‘z
nutqingizni yozib olib (audiodisk, diktofon) tinglang va xatolaringizni
tuzatishga harakat qiling, nutqingizni qaytarib mashq qiling. Nutqingizni
rang-barang badiiy-adabiy so‘zlar bilan boyiting. O‘z taassurotlaringizni
qo‘shgan
holda boyitib, to‘ldirib boring. O‘qituvchi nutqining mukam-
malligi, tozaligi, ta’sirchanligi bilan o‘quvchilar e’tiborini jalb qiladi, ular
qalbiga yo‘l topadi, hech qanday qiyinchiliksiz
kasbiy pedagogik faoli-
yatida duch keladigan barcha ziddiyatlarni bartaraf etadi. Natijada o‘qi-
tuvchi pedagogik faoliyatda aslo toliqmaydi, asab tizimi doimo sog‘lom
bo‘ladi.
Mavzuni o‘zlashtirish uchun savollar
1. Notiqlik san’atining paydo bo‘lishi tarixi?
2. Sharq mutafakkirlarining notiqlik san’ati haqidagi fikrlari?
3.
Nutq texnikasida nutqning asosiy xususiyatlari nimalardan iborat?
4. Nutqning to‘g‘riligi va ravonligi, aniqligi va ta’sirchanligiga
ta’rif bering?
5. Nutqning mantiqiyligi deganda nimani tushunasiz?
6. Til va nutq bir–biridan qanday farqlanadi: ularning qiyosiy tahlili?
7. O‘qituvchi nutqiy faoliyatining
komponentlari nima, ularni
izohlang?
8. O‘qituvchining nutq madaniyatini rivojlantirish vositalari?
9. Nutning ta’sirchanligi va ifodaliligi qanday namoyon bo‘lishini
ta’riflab bering?
10. Tajribali o‘qituvchi nutqida namoyon bo‘luvchi holatlar?
11. O‘qituvchi nutqining funksiyalarini izohlab bering?
12. Bo‘lajak o‘qituvchi nutqiy faoliyatini qanday takomillashtirishi
mumkin?
Do'stlaringiz bilan baham: