O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi a’zam xoliqov
Download 2.85 Mb. Pdf ko'rish
|
c665ac5f3602bdaa621100d5261f1b7d PEDAGOGIK MAHORAT
249 19 - chizma. Tarbiya qonuniyatnini modellashtirish O‘qituvchi tarbiya mazmunini shaxsning barkamol inson darajasida shakllanishiga qo‘yiluvchi ijtimoiy talablar mohiyatini anglagan holda modellashtiradi. Ushbu modellashtirilgan mohiyat ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot, ijtimoiy muhitda kishilar bilan o‘zaro munosabatlar darajasi, shuningdek, jamiyat mafkurasi g‘oyalari asosida belgilanadi. Modellashtirish asosida o‘qituvchi quyidagi zamonaviy tarbiya mazmunining tamoyillarini belgilab oladi: 1. Maqsadning aniqligi. O‘zbekiston Respublikasi ijtimoiy-siyosiy mustaqillikka erishgan dastlabki yillardayoq yosh avlodni tarbiyalashda aniq maqsadlar belgilab olindi. 1997-yilda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonuni hamda «Kadrlar tay- yorlash Milliy dasturi»da ko‘rsatilgan vazifalarga asosan tarbiyaning asosiy maqsadi – erkin, ijodkor, mustaqil fikrga ega bo‘lgan komil inson va malakali mutaxassisni tarbiyalab voyaga etkazishdan iborat. Ushbu maqsadga erishish yo‘lidagi asosiy vazifa – bo‘lajak kadrlar salohiyatini har tomonlama yuksaltirish, ularda madaniyat va ma’naviyat unsurlarini shakllantirish, ya’ni, har bir shaxsning kasbiy bilimlarni puxta egallashda aqliy, axloqiy, jismoniy, estetik, iqtisodiy, ekologik, huquqiy, siyosiy jihatdan ko‘nikma va malakalarini rivojlantirishdir. 2. Birgalikdagi faoliyat. O‘qituvchilar o‘quvchilar ma’naviy mada- niyatini shakllantirishning eng yaxshi namunalarini izlashi, shu asosda tarbiyaviy faoliyatni hayotiy me’yor va qadriyatlar bilan mutanosibligini ta’minlashi, o‘quvchilarning tarbiyaviy dunyosiga chuqur kirib borib, o‘zaro yaxshi munosabatlar asosida ularning axloqiy tafakkurini shakl- lantirishi lozim. O‘qituvchining pedagogik mahorati, tarbiyaviy faoli- yatda doimo o‘rnak bo‘lishi o‘quvchilar faolligini ta’minlaydi. Zero, dun- yoqarashi hali mukammal shakllanmagan o‘quvchilar uchun o‘qituv- chilarning ma’naviy dunyosi, hayotiy tajribalari, ularning shaxsiy namu- nalari ulkan tarbiyaviy ta’sir kuchiga ega. Ko‘p qirrali jarayon Uzluksiz jarayon Ikki tomonlama aloqa jarayoni Qarama-qarshiliklardan iborat jarayon Uzoq muddatli jarayon Yaxlit tizimli jarayon Download 2.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling