O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi a’zam xoliqov


Abul-Qosim Mahmud Ibn Umar Az-Zamaxshariy


Download 2.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/262
Sana25.10.2023
Hajmi2.85 Mb.
#1719321
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   262
Bog'liq
c665ac5f3602bdaa621100d5261f1b7d PEDAGOGIK MAHORAT

Abul-Qosim Mahmud Ibn Umar Az-Zamaxshariy (1075-1144) 
jahon ilm-fani va madaniyatiga salmoqli hissa qo‘shgan mashhur olim va 
adibdir. U o‘z asarlarida halollik va pokizalikni, ilmga muhabbatni, 
mardlik va olijanoblikni ulug‘laydi. Ulug‘ mutafakkir “Navobig‘ ul-
kalim” (“Nozik iboralar”) asarida kishilar ilmli bo‘lish, o‘qitish, yozish 
bilan hosilu mukammal bo‘ladi, olim kishi oqil, bilimdon va chiroyli 
xushxat yozuvga ega bo‘lsa, bu uning kamolotga yetganligidan dalolat-
dir, deydi. Asarda mudarrislar to‘g‘risida noyob fikrlar bildirilgan: 
“Murabbiy o‘qib tursagina murabbiy bo‘la oladi, agar o‘qishni to‘x-
tatib qo‘yar ekan, unda murabbiylik o‘ladi”
 8

Shayx Muslihiddin Sa’diy Sheroziy XIII asrda Eronda yashab ijod 
qilgan yirik shoir va mutafakkirdir. U faylasuf-shoir bo‘lishi bilan birga 
tajribali murabbiy ham bo‘lgan. Shoir “Guliston” asarida o‘z davri 
mudarrislarini turli toifaga bo‘lib, ularni ta’riflaydi. Qattiqqo‘l 
o‘qituvchilarni “..basharasi tirishgan, tili zahar, yomon xulqli, 
odamlarni ranjitadigan, gadoy tabiatlik, ochko‘z, uni ko‘rishi bilan 
shogirdlarining kayfiyati uchar” shogirdlar undan bilim va tarbiya 
ololmaydilar. Yana bir toifadagi o‘qituvchilar “...sodda, yaxshi va 
yumshoq ko‘ngilli odam. Unar-unmasga so‘zlamas edi va bolalarni 
ranjitadigan so‘zlar og‘zidan chiqmas edi. Uning farishtadek axloqliligi 
va mehribonligini ko‘rgan bolalar murabbiyni mensimay qo‘ydilar. 
Uning yumshoq tabiatlik ekanligini bilishib, ilmni ham o‘rganmaydilar. 
Alqissa bolalar o‘yin va to‘polonga berilib vaqtni bekorga o‘tkazdilar”.
 
Bayt: Ustod muallim bo‘lsa beozor, 
Go‘dak eli bozorda xarsang o‘ynar.
Bu holatga Shayx Sa’diy Sheroziy ikki xil ta’rif beradi. Birinchidan, 
Sa’diy yashagan davrda ham, undan keyingi davrlarda ham maktabda 
o‘quvchilarni qattiqqo‘llik bilan o‘qitganlar. Ikkinchidan, Shayx Sa’diy 
8
Abul-Qosim Mahmud az-Zamahshariy. “Nozik iboralar”. – T.: “Kamalak”, 1992, 16-bet. 


39 
bu holatni o‘z ko‘zi bilan ko‘rgan va qattiqqo‘l o‘qituvchiga nisbatan 
norozilik bildirmagan, ilm va tarbiya berishda qattiqqo‘llikni afzal 
ko‘rgan: “jabr ustod boz mehr padar” deb ta’kidlaydi, ya’ni o‘qituv-
chining jabri va jazosi ota mehridan ham afzalligini aytadi.
Buyuk mutafakkir Abdurahmon Jomiy XV asrda yashab ijod 
qilgan. U o‘z asarlarida insonning yuksak axloqiy hislatlarini, go‘zal 
fazilatlarini kuylaydi. «Iskandar xirodnomasi” asarida muallimlar 
to‘g‘risida noyob fikrlarni bildirgan: “muallim aqlli, adolatli, o‘zida 
barcha yuksak fazilatlarni mujassamlashtirgan bo‘lishi kerak. O‘zini 
nomunosib tutgan murabbiy hech vaqt bolalarga bilim bera olmaydi”. 
Shoir muallimning hayotdagi o‘rnini quyidagi baytida bayon qiladi: 
Ustod, muallimsiz qolganda zamon
Nodonlikdan qora bo‘lurdi jahon.

Download 2.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   262




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling