O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi a’zam xoliqov


Download 2.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet258/262
Sana25.10.2023
Hajmi2.85 Mb.
#1719321
1   ...   254   255   256   257   258   259   260   261   262
Bog'liq
c665ac5f3602bdaa621100d5261f1b7d PEDAGOGIK MAHORAT

a) ha;
b) yo‘q;
v) ba’zan. 
Endi bajarilgan testingiz natijalari bilan tanishing: 

Ko‘proq «a» javob natijalari: Siz umuman har qanday kasbiy fao-
liyatga ijodkorlik bilan yondashishga iqtidoringiz yetarli. Aqliy teranlik, 
ixtirochilik qobiliyatingizni ham yuzaga chiqaradi. Siz hozirgacha birorta 
o‘ziga xos yangilik yaratmadingizmi? Balki, bu holat hali yosh kadr 
ekanligingiz uchundir yoki barcha ijodiy ishlarga birdaniga yondashi-
shingiz tufaylidir. Har qanday sharoitda ham Sizning yaratuvchanlik 
iste’dodingiz namoyon bo‘lgan. Ushbu intilishni yanada takomil-
lashtiring. 

Ko‘proq «b» javob natijalari: Sizni ijodkorlik umuman qiziq-
tirmaydi. Balki, bu holat Sizning judayam kamtar va sustkashligingiz 
sabablidir? Agarda Siz, hozirgi holatingiz haqida o‘ylab ko‘rmasangiz va 
kasbiy faoliyatingizga biror ijobiy o‘zgarish kiritmasangiz, umringiz 
davomida faqat yaxshi ijrochi yoki bajaruvchi bo‘lib qolasiz. Aslini ol-
ganda, bu ham yomon emas. Siz fan olamida qobiliyat tushunchasi yo‘q 
deb hisoblasangiz, aziyat chekmasangiz ham bo‘ladi. Barchamizga ma’-
lumki, hayotda qobiliyatsiz, no‘noq insonlar uchramaydi, aksincha, o‘z 
kasbini noto‘g‘ri tanlagan insonlar uchraydi. 

Ko‘proq «v» javob natijalari: Siz hech ikkilanmasdan, o‘z ijod-
korlik qobiliyatingizni namoyon etishingiz mumkin, biroq negadir bu 
jarayonni xohlamaysiz. Ehtimol, Sizning ijodkorlik aqlingiz tanlash 
xususiyatiga egadir va u kasbiy faoliyatingizning muhim jabhalarida 
o‘zini ko‘rsata olishi mumkin. Misol uchun Eynshteyn, abstrakt g‘oyalar 
to‘g‘risida gap ketganda tengsiz iste’dodli ijodkor edi. Ammo uni 
kundalik kichik ixtirolar mutlaqo qiziqtirmagan va bunga toqati yo‘q edi. 
Shunday bo‘lsada, birgina g‘oyaga ega bo‘lgan inson bo‘lishdan 


415 
qochishga harakat qiling. Yoki, dilingizga yaqin asosiy g‘oyangizni 
qo‘llab-quvvatlash 
maqsadida, 
ko‘proq 
kichik 
g‘oyalaringizni 
shakllantirishga urinib ko‘ring.

Download 2.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   254   255   256   257   258   259   260   261   262




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling