O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi a’zam xoliqov


 O‘qituvchining kommunikativ vazifalarni bajarishi


Download 2.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/262
Sana25.10.2023
Hajmi2.85 Mb.
#1719321
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   262
Bog'liq
c665ac5f3602bdaa621100d5261f1b7d PEDAGOGIK MAHORAT

5.2. O‘qituvchining kommunikativ vazifalarni bajarishi 
Har xil pedagogik stajga ega bo‘lgan o‘qituvchilar bilan o‘tkazilgan 
so‘rovnomalar natijasida quyidagilar aniqlandi: ularning ko‘pchiligi, 
garchi pedagogik ta’sir vositalarini doimiy qo‘llasalar ham, kommunika-
tiv vazifalarni pedagogik jarayonning muhim zaruriy elementi sifatida 
anglab yetmaydilar. Bunda deyarli barcha o‘qituvchilar o‘z pedagogik 
vazifalarini doimiy ravishda amalga oshirish uchun tanlangan ta’lim va 
tarbiya metodlari tizimini hamda pedagogik ta’sir ko‘rsatish kabi kompo-
nentlarni yaxshi anglab yetadilar.
O‘zining pedagogik amaliyotini doimiy ravishda tahlil qiladigan 
o‘qituvchi uchun kommunikativ vazifalarni o‘z faoliyatining asosiy inst-
rumental komponenti sifatida anglashi qanchalik muhim ekanligini
bunda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan tarbiyaviy ta’sir modeli qanchalik 
oydinlashishini, ta’sirning o‘zi yanada jozibali, aniq, yorqin bo‘lishiga 
ishonch hosil qiladi. 


84 
O‘qituvchi «Favqulotda vaziyatlarda nima qilish kerak?» degan 
savolga yetarlicha muvaffaqiyatli javob bera olsa ham, «Qanday qilib 
amalga oshirish kerak?» degan muammoning javobida ikkilanib, o‘ylanib 
qoladi. Bu savolga javob berish uchun – o‘quvchilar bilan muloqot 
tizimini, mantiq va usullarini aniq belgilab olishi kerak.
A.S.Makarenko o‘z faoliyatida qo‘llagan pedagogik ta’sir ko‘rsatish 
metodikasida foydalanilgan metodlar, aksariyat hollarda ta’lim-tarbiyada 
mo‘ljalni aniq olib, o‘quvchilar bilan muloqotda vaziyatni to‘g‘ri tashkil 
qilish bilan belgilanishini ko‘rish mumkin. Ayrim holatlarda o‘ziga xos 
«yuzma-yuz hujum», ba’zan tarbiyalanuvchining o‘qituvchi bilan bevo-
sita muloqotisiz ham gap nimada ekanligini tushunish imkoniyatini 
beradigan muloqot, yig‘ilishlarda rasmiy suhbat tizimi yoki sinf jamoasi 
bilan turli tadbirlarni birgalikda o‘tkazish, har bir o‘quvchining nima-
larga qodir ekanligini anglab yetish imkoniyatini namoyon etadi. 
O‘qituvchi ta’lim-tarbiya jarayonida foydalanadigan pedagogik ta’sir 
ko‘rsatish metodlari orasida aynan – jamoaviy va yakka tartibdagi suhbat 
metodlari muhim ahamiyatga ega. Biroq bu metodlardan foydalanish 
samaradorligi va muloqot jarayonida paydo bo‘ladigan vaziyatlar turlicha 
bo‘lishi mumkin. Aynan ushbu metodlar ta’lim-tarbiya jarayonida ta’sir 
o‘tkazish metodlarining samaradorligini ta’minlaydi. 
Kishilarning kundalik hayot tarzidagi muloqotiga e’tibor beramiz. 
Tasavvur qiling, notanish kishidan biror narsani so‘rashingiz kerak. 
Tabiiyki, asosiy metod – iltimos qilish. Biroq, bevosita so‘raladigan nar-
sa haqida gapirishdan oldin, sizga muvaffaqiyatni ta’minlaydigan dast-
labki vaziyatni tashkil qilishga intilishingiz kerak. Bu holda siz ma’lum 
kommunikativ metodlardan foydalanib xushmuomalalik bilan psixologik 
muhitni tashkil qilasiz, muloqotingizdagi obyektni psixologik jihatdan 
zabt etishni amalga oshirasiz, keyin esa bevosita ta’sirni amalga 
oshirasiz. Sinfda, o‘quvchilar jamoasi bilan muloqot jarayonida foyda-
laniladigan har bir ta’sir usuli xuddi shu kabi kommunikativ ta’limotga 
ega bo‘lishi kerak. 
Pedagogik vazifalarni bajarishda foydalaniladigan kommunikativ 
metodlarni belgilash doimo murakkab muammo sanalgan. Ayniqsa, yosh 
o‘qituvchilar pedagogik faoliyatlarining dastlabki yillarida bu 
qiyinchiliklarni keskin his qilishadi. 
O‘qituvchining kommunikativ vazifalarni bajarishi – pedagogik 
faoliyatning turli shakllaridan, sinf jamoasining shakllanib ulgurgan 
darajasidan, muloqotni boshqarish tamoyillaridan, vaziyat qatnash-


85 
chilari bo‘lgan o‘quvchilarning individual yosh xususiyatlaridan, 
ta’sirning rejalashtirilayotgan metodlaridan kelib chiqadi. Pedagogik 
vazifaning kommunikativ vazifaga mutanosibligi, kommunikativ vazifani 
tanlangan ta’lim-tarbiyaviy ta’sir metodikasi bilan nisbatlash va ularning 
birligini tashkil etish muloqot jarayoni va umuman pedagogik o‘zaro 
hamkorlikning samaradorligini ta’minlaydi. 
Bu o‘rinda quyidagi bog‘liqlik ko‘zga tashlanadi: birinchidan, sinf 
jamoasi bilan ishlash metodikasi muloqot tizimi bilan vositalanadi, ikkin-
chidan esa, muloqot va joriy kommunikativ vazifalarni hal qilish yo‘llari 
tanlangan pedagogik ta’sir metodikasi strategiyasi bilan belgilanadi. 
Kasbiy-pedagogik muloqot asoslarini bo‘lajak o‘qituvchi oliy pedagogik 
ta’lim muassasalarida, qizg‘in pedagogik faoliyati davomida hamda o‘z-
o‘zini tarbiyalash jarayonida egallashi mumkin. Bunda o‘qituvchi 
quyidagi muhim kommunikativ vazifalarni mukammal bilib bajarishi 
lozim:
9-chizma
Ushbu yo‘nalishlar o‘qituvchining kasbiy muloqot ko‘nikmalarini 
egallash jarayonini to‘la ta’minlay oladi, deb o‘ylash xato bo‘ladi. Umu-
miy ijodiy pozitsiyalarni o‘zining kasbiy-pedagogik, muloqot faoliyati 
tajribasi bilan doimiy ravishda o‘zaro nisbatlash, o‘zi uchun uning tizimi, 

Download 2.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   262




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling