Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi begbo’tayev


Download 7.57 Mb.
bet105/217
Sana05.11.2023
Hajmi7.57 Mb.
#1749389
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   217
Bog'liq
Begbutayev A Yusupov RUquv qollanma tarmoq texnologiyalari Kitob

Kompyuter tarmoqlari tarixi


Bitnet (1981) - bu tarmoq internetda bugungi kun tarmogi deb yuritiladi, bu tarmoqning qulaylik tarafi shundan iboratki, bu tarmoq Nyu-York va Yel universitetlari tomonidan ishlab chiqilgan Yevropa, AQSh qit’asi, Meksika va boshqa mamlakatlarni birlashtiruvchi kompyuter tarmogi bo’lib, u alohida ajratilgan kanallar orqali aloqa boglaydi. Bu tarmoq OSI - ochik xalqaro boglanish tizimi va TCP/IP qaydnomalariga mos tushmaydi. Uning bir xususiyati shundaki uzatilgan axborotlar uchun xaq tulanmaydi.
CSNET- (1981) bu tizim kompyuter va fan tarmogi deb yuritiladi, tizim ish faoliyatini faqat a’zolik badallari va xizmat uchun to’lovlar hisobidan ishlaydi. U butun dunyo olimlarini birlashtiruvchi tarmoq bo’lib, internet tarkibiga kiradi va TCP/IP qaydnomasida ishlaydi.
EARN - Yevropa kompyuter tarmogiga birlashtirilgan bo’lib, juda ko’p ilmiy tadkikot muassasalarini birlashtiradi. Uning qaydnomasi RSES bo’lib, ajratilgan kanallar orqali ma’lumot almashinadi, o’z- o’zini xo’jalik 3 hisobotda qoplash asosida ishlaydi.
EUNET – Europe Union Network (Yevropa kompyuter tarmogi uyushmasi). Uning markaziy qismi Amsterdamda joylashgan. U asosan UNIX amaliyot tizimida va UUCP va TCP/IP da ishlaydi.
FIDONET (1984) – shaxsiy kompyuterlar bilan MS va PS DOS boshqaruvida ishlaydigan tarmoq. Fayllarni telefon simlari orqali uzatadi va UNIX amaliyot tizimida ishlaydigan kompyuterlar bilan boglanishi mumkin. Fayllarni, bildirishni va yangiliklarni UUCP/USWET tarmoqlari bilan uzatilishi mumkin.
USENET (1979) – yangiliklar va elektron pochtaning xalqaro tarmogi. Universitetlar o’rtasida aloqa urnatish maqsadida ish boshlangan bu tarmoq xozirda AQSh ning deyarli barcha universitetlarini KT orqali birlashtiradi. Xatto undan foydalanuvchilar juda ko’payib ketgani tufayli grafikning ancha qismini UUNET tarmogiga topshirgan. UUNET tarmogi shu maqsad uchun xam yaratilgan.
UUNET – savdo-sotiq bilan bog’liq bo’lmagan tarmoq bo’lib, u USENET yangiliklarini UNIXda boshlangich matnlarni olish va boshqa ishlarni bajarishni ta’minlaydi. U Internet bilan tamoklararo interfeysga ega.
UUCPNET – Unix-to Unix Copy – xalqaro elektron pochta bo’lib, ma’lumotlar UUCP – uzatish uchun qaydnoma, kommunikatsiya maqsadlari uchun fayllar to’plami, kommunikatsion dasturlar uchun esa buyruqlar to’plamidir. Undan elektron pochtalar yuborish va telekonferentsiyalarda qatnashish maqsadlarida keng foydalaniladi.

      1. Download 7.57 Mb.

        Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   217




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling