Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi begbo’tayev


Download 7.57 Mb.
bet108/217
Sana05.11.2023
Hajmi7.57 Mb.
#1749389
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   217
Bog'liq
Begbutayev A Yusupov RUquv qollanma tarmoq texnologiyalari Kitob

4.2.1-rasm. Internet tarmogʻining tarkibiy qismlari

IP-manzil qaydlangan 4 bayt (32 bit) uzunlikka ega. IP-manzilning taqdimlanish keng tarqalgan shakli toʻrtta raqam koʻrinishida yozilishidir, xar bir bayt qiymatini nuqtalar bilan ajratilgan oʻnli shaklda taqdimlanishidir, masalan: 128.10.2.30.


Bu manzil ikkilik formatda ham taqdimlanishi mumkin: 10000000 00001010 00000010 00011110
Tarmoqdagi IP-manzillarning maksimal soni 232=4 294 967 296 boʻladi.
Insonga raqamli manzilni eslab qolish ancha mushkuldir, shuning uchun nomlarning domen tizimi (DNS) kiritildi, u raqamli Internet – manzilga mos noyob domen nom qoʻyiladi.
Domen Domain Name Server (DNS – domen nomlari serveri) deb ataluvchi kompʻyuterlar domen nomlarini sonli manzillarga aylantirib beradi. Bu bir qancha belgilar boʻyicha birlashtirilgan kompyuterlar guruhidir. Domen tizimi ierarxik strukturaga ega: yuqori (birinchi) daraja domenlari; ikkinchi daraja domenlari; uchinchi daraja domenlari va x.k (oʻngdan chapga).
Internetdagi biror resursga ulanish kerak bo`lganda, bu resurs joylashgan manzil xaqiqiy IP manzilga aylantirilishi kerak bo`ladi. Bunda sizning kompʻyuteringiz avval sizga xizmat ko`rsatuvchi internet provayderining mahalliy domen nomlari serveriga murojaat qiladi.
Agar bu resurs sizning kompʻyuteringiz joylashgan tarmoqda bo`lsa, resursning IP manzili shu serverdan topiladi va topilgan manzil sizning kompʻyuteringizga jo`natiladi. Sizning kompʻyuteringiz xaqiqiy IP manzilni olgach, bu manzilga murojaat qiladi va kerakli ma`lumotlarni oladi.
Agar so`ralgan resurs mahalliy tarmoqqa tegishli bo`lmasa, domen nomlarining mahalliy serveri bu manzilni topa olmaydi. Bu holda mahalliy server internetga murojaat qiladi va domen nomlari serverlarining eng asosiysi InterNIC ga murojaat qiladi. InterNIC qidirilayotgan resurs nomi qaysi domen nomlari serverida saqlanishini aniqlab, bu server manzilini sizning serveringizga jo`natadi.



Download 7.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   217




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling