§ 4.2. Internet tarmog’ining tuzilishi
Internet tushunchasi va tarkibi
INTERNET (ingl. International – xalqaro, net – tarmoq, work - ish)
tarkibiy tarmoq yoki quyidagi fizik tarmoqlar asosida quriladigan xalqaro tarmoqdir:
lokal - Local Area Networks (LAN) – katta boʻlmagan hududlardagi (radiusi 1-2 km dan ortiq boʻlmagan) kompyuter tarmoqlari;
global - Wide Area Networks (WAN) – turli shahar va mamlakatlarda joylashgan, territorial taqsimlangan kompyuterlarni birlashtiruvchi tarmoq;
hududiy (yoki megapolislar tarmogʻi) - Metropolitan Area Networks (MAN) – yirik shaharlar- megapolislar hududlariga xizmat koʻrsatish moʻljallangan tarmoqlar.
Tarkibiy tarmoqqa kiruvchi tarmoqlar, quyi tarmoqlar (subnet), tashkil etuvchi tarmoqlar yoki oddiygina tarmoqlar deb ataladi. Tarkibiy tarmoqning komponentlari ham lokal, ham global tarmoqlar boʻlishi mumkin. Bitta quyi tarmoq doirasida barcha uzellar, ular uchun yagona boʻlgan texnologiyadan foydalanib oʻzaro xarakatda boʻlishadi.[19]
Asosiy tushunchalar va taʻriflar
Internet – yer sharining turli burchaklaridagi millionlab hisoblash qurilmalarini yagona butunlikka bogʻlovchi, butun dunyo kompyuter tarmogʻi boʻlib, quyidagi asosiy vositalardan tashkil topadi: (4.2.1- rasm.)
stol ustida turadigan shaxsiy kompyuterlar, serverlar, PDA, televizorlar, mobil kompyuterlar – host tizimlar yoki oxirgi tizimlar;
Ishchi stansiya – kompyuter tarmogʻining abonenti bevosita ishlaydigan kompyuter;
Server – bu kompyuter tarmogʻining umumiy masalalarini bajaruvchi va ishchi stansiyalarga xizmatlarni taqdim etuvchi kompyuter.
Host – bu IP-manzilga ega, Internet tarmogʻiga ulanadigan universal nuqtadir. Bu kompyuter boʻlib, u ilovalarni bajaradi va TCP/IP protokolini qoʻllab-quvvatlovchi, bitta yoki bir nechta foydalanuvchilarga ega boʻladi. Host kommunikatsiya tarmogʻining oxirgi nuqtasi sifatida ishlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |