Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi begbo’tayev
Download 7.57 Mb.
|
Begbutayev A Yusupov RUquv qollanma tarmoq texnologiyalari Kitob
- Bu sahifa navigatsiya:
- Net BIOS/SMB protokoli
IPX/SPS protokoliIPX/SPS (Internetwork Packet Exchange/Seguenced Packet Exchange) protokollar steki Novell kompaniyasining loyihasi va mulkidir. U Novell Net Ware operatsion tizimiuchun moʻljallab yaratilgan, u tizim yaqin kungacha server operatsion tizimlari oʻrtasida etakchi oʻrinlardan birida edi. IPX/SPS protokollari ISO/OSI modelining tarmoq va transport bosqichlarida ishlaydilar, shuning uchun aʻlo darajada bir-birini kamchiligini toʻldiradi. Afsuski IPX/SPS protokoli steklari azaldan uncha kata boʻlmagan tarmoqlarga xizmat koʻrsatish uchun moʻljallangan, shu tufayli uni katta tarmoqlarda ishlatish kam samara beradi. Net BIOS/SMB protokoliYetarli darajada taniqli protokol steki boʻlib, uni IBM va Microsoft kompaniyalari loyihalashtirgan va shu kompaniyalar mahsulotida foydalanish koʻzda tutilgan. TCP/IP kabi NetBIOS/SMB stek protokollari fizik kanal bosqichida Ethernet, Token-Ring kabi va boshqa standart protokollar ishlaydi. Bu esa har qanday aktiv tarmoq qurilmasi bilan juftlikda ishlash imkonini beradi. Yuqori bosqichlarda esa NetBIOS (Network Basic Input/Output System) va SMB (Server Message Blick) protokollari ishlaydi. NetBIOS oʻtgan asrning 80-yillarida yaratilgan boʻlib lekin tez orada ancha yaxshilangan NetBEUI (NetBIOS Extended User Interface) protokol bilan almashtiriladi, u 200 tagacha kompʻyuteri boʻlgan tarmoqlarda juda samarali axborot almashinuvini tashkil qilish imkonini yaratildi. Kompʻyuterlar oʻrtasida axborot almashinuvini hosil qilish uchun, ulardan har biri mantiqiy nomga bogʻlanishi zarur. Kompʻyuterlarni tarmoqqa ulashda dinamik ravishda har bir kompʻyuterga mantiqiy nom beriladi. Nomlar jadvali tarmoqdagi har bir kompʻyuterga tarqatiladi. Shuningdek, guruhli nomlar bilan ham ishlash qoʻllaniladi, bu esa axborotlarni birdaniga bir necha manzilga uzatish imkonini yaratadi. Net BEUI protokolining asosiy afzalligi ishlash tezligi va resurslarga boʻlgan kam talabidir. Agarda katta boʻlmagan bir segmentdan iborat tarmoqlarda axborot almashinuvini tez tashkil qilish talab etilsa, u holda bu protokoldan yaxshisi topilmaydi. Undan tashqari xabarlarni yetkazish uchun oʻrnatilgan bogʻlanishlar zarur talab emas: protokolda bogʻlanish boʻlmagan holda datagramma usuli qoʻllanilib, xabar joʻnatuvchining va qabul qiluvchining manzili bilan taʻminlanadi va «yoʻlga joʻnatiladi». Lekin NetBEUI ning asosiy kamchiligi ham mavjud boʻlib, u paketni yoʻnaltirish tushunchasidan toʻliq mahrumdir, shuning uchun uni murakkab tarmoqlarda foydalanish maqsadga muvofiq emas. SMB (Server Message Block) protokoli yordamida esa tarmoqning ishini uchta eng yuqori bosqichlarda tashkil etish mumkin. Bular aloqa vaqti, prezentatsiya va amaliy faqat undan foydalanish orqaligina fayllarga bogʻlanish mumkin, yaʻni printer va tarmoqning boshqa resurslariga. Bu protocol bir necha marotaba rivojlantirilgan, shuning uchun uni Microsoft Vista, Windows 7 va Windows 10 zamonaviy operatsion tizimlarda tadbiq qilish mumkin. SMB protokoli universal va u har qanday transport protokoli bilan juftlikda ishlashi mumkin, masalan, TCP/IP va SPX. Download 7.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling