Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi begbo’tayev
Download 7.57 Mb.
|
Begbutayev A Yusupov RUquv qollanma tarmoq texnologiyalari Kitob
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tavsifnoma H.320 H.321 H.322
- Ko‘pnuqtali
- Ma’lumotlarni
- Tarmoqli
- Platformali mustaqilligi
- Kodeklar uchun standartlari.
5.1.1 jadval. H.32x standart protokollari
Platformali mustaqilligi. H.323 qurilmalar yoki dasturiy ta’minoti bilan bog‘liq xech qanday texnologik yechimlarga ulanmagan. Bir biri bilan bog‘liq ilovalar xar xil platformalar, xar xil operatsion tizimlari bilan yaratilishi mumkin. Ko‘p nuqtali konferensiyalarni quvvatlash. H.323 tavsifnomalari uchta va undan oshiq qatnashuvchilari bilan konferensiyani tashkil qilish mumkin. Ko‘pnuqtali konferensiyalar markaziy MCU (ko‘pnuqtali konferensiya qurilmasi) ishlatilishi yoki ishlatmasligi bilan o‘tkazilishi mumkin. Ko‘ padresli uzatishni quvvatlash. H.323 agar tarmoq guruhli adresatsiya boshqarish protokolini quvvatlasa (masalan, IGMP) ko‘pnuqtali konferensiyada ko‘padresli uzatishni quvvatlaydi. Ko‘padresli uzatish paytida axborotning bitta paketi ortiqcha dubllashtirishmasdan kerak bo‘lgan manzillarga yuboriladi. Ko‘padresli uzatish o‘tkazish polosani effektiv ishlatadi, chunki xamma qatnashuvchi manzillarga bitta oqim yuboriladi. Kodeklar uchun standartlari. H.323 xar xil ishlab chiqaruvchilar qurilmalarni moslashishni ta’minlab berish maqsadida audio va videooqimlarni kodlash va dekodlash uchun standartlarni o‘rnatadi. Bu standart juda ixcham hisoblanadi. Bajarishni talab qiladigan talablar mavjud va opsial imkoniyatlar xam bor. Bundan tashqari ishlab chiqaruvchi multimedia mahsulotlarga va ilovalarga qushimcha imkonyatlarni kiritish mumkin, agar ular standart talablarga mos bo‘lsa. Moslashish. Konferensiya qatnashuvchilari ular o‘rtasida moslashish masalasi bo‘yicha uylamasdan bir biri bilan muloqotda bo‘ladi. H.323 tavsifnomalari oxirgi foydalanuvchilar qurilmalarning umumiy imkoniyatlarni aniqlashni quvvatlaydi va konferensiya qatnashuvchilari uchun eng yaxshi kodlash, chaqiruv va boshqarish protokollarni o‘rnatadi. Ixchamligi. H.323 konferensiyasi xar xil imkoniyatli oxirgi qurilmalarga ega bo‘lgan qatnashuvchilarni o‘z ichiga olish mumkin. Masalan, qatnashuvchilarning bittasi faqat audio imkoniyatlari bilan terminalni ishlatish mumkin, konferensiyaning boshqa qatnashuvchilari esa xam video xam ma’lumotlarni qabul qilish /uzatish imkoniyatlarga ega bo‘lishi mumkin. Download 7.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling